Gorizontal shaklda yotgan jinslar tasvirlangan geologik xarita bilan ishlash


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1532096
Bog'liq
10-карта



XARITA № 10 
MAVZU: XARITA № 10 (ATLASDAN). TO'NKARILGAN BURMALAR VA 
GORIZONTAL SHAKLDA YOTGAN JINSLAR TASVIRLANGAN GEOLOGIK 
XARITA BILAN ISHLASH 
Ishning maqsadi: Nomuvofiq xolda yotgan ikki geologik majmualar tasvirlangan 
geologik xaritani rasmiylashtirish va geologik tuzilishi tahlili. 
Ishning bajarilish tartibi:
1. Trias (T
1
-T
3
), yura (J
1
-J
3
) va bo'r (K
1
) va neogen (miotsen, pliotsen) davr yotqiziqlarini 
geoxronologik jadval asosida bo'yash. 
2. To'nkarilgan burmalar qanoatlarini yotish elementlarini aniqlash. 
3. Geologik xaritada submeridional yo'nalishda o'tuvchi darzliklarning yotish 
elementlarini aniqlash. 
4. Trias, yura va bo'r davr qatlamlarining yo'nalishiga perpendikulyar ravishda 1:25000 
masshtabda geologik kesma tuzish. 
5. Trias, yura va bo'r davr qatlamlarining yo'nalishiga perpendikulyar bo'lmagan 
ravishda 1:25000 masshtabda geologik kesma tuzish (kesma chizig'i albatta neogen 
davrining andezit-bazalt va datsit yotqiziqlarini kesib o'tishi shart). 
6. Xaritadagi yer yorig'ini turini va surilish amplitudasini aniqlash. 
7. Qatlamlarning xaqiqiy qalinligini aniqlash. 
8. Nomuvofiqlik turini aniqlash. 
9. Trias, yura, bo'r va neogen yotqiziqlari bo'yicha 1:25000 masshtabda umumiy 
stratigrafik ustun tuzish. 
10. Xaritaning geologik tuzilishi to'g'risida qisqacha ta'rif yozish. 
Amaliy ishni topshirilishi:
1. Geoxronologik jadval asosida bo'lgan geologik xarita topshiriladi. 
2. Trias, yura, bo'r va neogen yotqiziqlari va darzlik yo'nalishiga perpendikulyar xolda 
tuzilgan I-I geologik kesma topshiriladi. 
3. Trias, yura, bo'r va neogen yotqiziqlari yo'nalishiga perpendikulyar bo'lmagan 
xolda tuzilgan II-II geologik kesma topshiriladi. 
4. Darzlik turi va uning siljish amplitudasi aniqlaniladi. 
5. Geologik xaritadagi turli yoshdagi mezazoy va kaynazoy yotqiziqlarining tavsiliy 
1:25000 masshtabdagi stratigrafik ustuni topshiriladi. 
6. Xaritaning geologik tuzilishi to'g'risida qisqacha ta'rif yozma ravishda topshiriladi. 
Nazorat savollari: 
1. Burmalarnig morfologik turlari. 
2. Geologik xaritada qanday strukturalar ajratilgan va ularning bir biridan farqi. 
3. Geologik xaritada aniqlangan dez'yunktiv buzilma turi nima deb ataladi.
4. Geologik xaritada aniqlangan burmaning turi nima deb ataladi va uning asosiy 
xususiyati.
5. Geologik xaritadagi vulkanogen yotqiziqlarning qanday morfologik turlari mavjud. 
6. Effuziv yotqiziqlarni shartli belgilari va indekslarini yozib bering. 
 
 





Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling