Gorizontal to’g’ri chiziq


-shakl 2.19-shakl 2.20-shakl


Download 30.27 Kb.
bet4/10
Sana04.02.2023
Hajmi30.27 Kb.
#1157073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-22

2.18-shakl 2.19-shakl 2.20-shakl
Ko’pyoqliklarning muhim xossalaridan birini Eyler quyidagicha bayon etgan: Har
qanday qavariq ko’pyoqlikda yoqlar bilan uchlar sonining yig’indisidan qirralar sonining
ayirmasi ikkiga teng bo’ladi (ya’ni Yo+QU-Q=2) (1-jadval)
Muntazam ko’pyoqliklar (1-jadval)
Ko’pyoqlik nomi Ko’pyoqlik nomi
Tetraedr Dodekaedr
Kub – geksaedr
Ikosaedr
75
Oktaedr
Yo + U - Q = 2
Yo – yoqlar soni
U – uchlar soni
Q – qirralar soni
Yon yoqlari turli shakldagi muntazam ko’pburchaklardan iborat bo’lgan ko’pyoqlikni
yarim muntazam ko’pyoqlik deb yuritiladi. Bu ko’pyoqliklar 18 xil bo’lib, ular Arximed
jismlari deb yuritiladi. 2.21-shaklda Arximed jismlaridan biri bo’lgan kesik oktaedrning
yaqqol tasviri keltirilgan.
Ko’pyoqliklar texnikada turli ko’rinishdagi mashina detallari, ko’pyoqli linzalar
yasashda, hamda arxitektura va qurilish ishlarida keng ishlatiladi. Masalan, devor va
poydevor bloklari, tom, ko’priklarning temir-beton panellari va inshootning boshqa qismlari
ko’pyoqliklardan iborat bo’ladi. Ko’pyoqliklardan yana «geodezik» gumbazlar yasashda,
keng oraliqli binolarni ustunsiz yopishda keng foydalaniladi. Qadimiy binolarda esa gumbaz,
gumbaz osti, bino gumbazidan prizmatik qismiga o’tish joylarida bezak-ornament sifatida
ham qo’llanilgan.

Parallel to’g’ri chiziqlar. Agar ikki to’g’ri chiziq bir tekislikka tegishli bo’lib umumiy
kesishuv nuqtasi bo’lmasa yoki cheksiz uzoq (xosmas) nuqtada kesishsa, ular o’zaro
parallel to’g’ri chiziqlar deyiladi.
Parallel proyeksiyalarning xossasiga asosan parallel to’g’ri chiziqlarning bir nomli
proyeksiyalari ham o’zaro parallel bo’ladi (2.23-shakl), ya’ni a||b bo’lsa, u holda a’||b’, a”||b”
va a’"||b’" bo’ladi.
Fazodagi umumiy vaziyatda joylashgan parallel to’g’ri chiziqlarning ikkita bir nomli
proyeksiyalari o’zaro parallel bo’lsa, ularning uchinchi proyeksiyalari ham o’zaro parallel
bo’ladi.
Ammo to’g’ri chiziqlar biror proyeksiyalar tekisligiga parallel va ularning shu
tekislikdagi proyeksiyalari berilmagan bo’lsa, u holda yuqorida keltirilgan shart bajarilmaydi.
Masalan, W tekislikka parallel bo’lgan profil to’g’ri chiziq kesmalarning bir nomli gorizontal
va frontal proyeksiyalari (r1 va r2) ning o’zaro parallel bo’lishi yetarli bo’lmaydi (2.24,ashakl). Bunday hollarda to’g’ri chiziqlarning profil proyeksiyalarini yasash va ularning
paralleligini tekshirish zarur. Shuningdek, bu to’g’ri chiziqlarning o’zaro vaziyatini profil
proyeksiyalaridan foydalanmasdan ham aniqlash mumkin.

Download 30.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling