Gormonlar. Prostaglondinlar va ularning
Gormonlarning membranali ta’sir qilish mexanizmi
Download 1.26 Mb.
|
Biokimyo.mustaqil ish(1)
Gormonlarning membranali ta’sir qilish mexanizmi. Bu turda hujayra membranasi bilan bog’lanib, glyukoza, aminokislota, ayrim ionlar uchun membrananing o’tkazuvchanligini oshiradi. Bunday holatda gormon membrananing tashuvchi sistemasiga allosterik effektor sifatida ta’sir etadi. Hujayra ichiga glyukoza va aminokislotalarning kirishi o’z navbatida hujayradagi biokimyoviy jarayonlarga membrananing ikkala tomonidan ionlar tarqalishining o’zgarishi elektr potentsiali va hujayraning funktsiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Membrana orqali ta’sir etish kamdan-kam alohida uchraydi. Masalan,insulin ham membrana orqali (ayrim ionlar, glyukoza va aminokislotalar tashilishi uchun membranada mahalliy o’zgarishlarni chaqiradi) va membrana hujayra ichki turdagi ta’sirga ega bo’ladi.
Membrana hujayra ichki turdagi gormonlarning ta’sirida gormonlar bevosita hujayra ichiga kira olmaydi va shu sababli hujayrani ichidagi kimyoviy vositachi (ikkilamchi vositachi yoki ikkilamchi messenjerlar) orqali moddalar almashinuviga ta’sir etadi. Messenjerlar hujayra ichidagi bog’lovchilarni kontsentratsiyasi o’zgarishiga olib keladi. Messenjerlarni miqdori ularni hosil qiluvchi va parchalovchi fermentlarni faolligiga bog’liq. Gormon uchun membrana reseptorlari hujayra metabolizmini boshqarish pultining o’ziga xos “knopka”lari hisoblanadi. Ular orqali hujayra ichki boshqaruvchilari signal sistemalari (odatda fermentlar)ga hujayra ichki vositachilarini hosil bo’lishi va kirishiga ta’sir etadi.Hujayra tashqi regulyatorlari-siklik nukleotidlar hosil bo’lishiga ikki xil signal sistema: adenilatsiklaza yoki guanilatsiklaza orqali ta’sir etadi. Ulardan birinchisi sAMF, ikkinchisi esa sGMF hosil bo’lishini nazorat qiladi. Adenilatsiklaza membranada joylashgan bo’lib, uchta o’zaro bog’langan qismlardan tashkil topgan. 1) R-tashuvchi qism, membrana reseptorlaridan tashkil topgan va tashqi tomonda joylashgan;2)N-maxsus N-oqsildan tashkil topgan bo`lib, membrananing lipid qavatida retseptor bilan katabolik qism o`rtasida bog`lovchi holatni egallaydi. N-oqsil GTF ni bog`lovchi va parchalovchi qismlarga ega.3) C-katalitik qism, ferment oqsili bo`lib, adenilatsiklazani o`zidir, uning faol markazi hujayrani ichki tomoniga qaragan bo`lganligi sababli bu yerdagi ATF ATF→3,5`-AMF+H4P2O7 sxemasi ko`rinisida sAMFga aylanadi. Adenilatsiklaza sistemasi qanday ishlaydi? Gormon reseptor bilan bog`lanishi bilan gormon –reseptor kompleksi N-oqsil bilan bog`lanadi. Natijada N-oqsilning konfiguratsiyasi o`zgaradi, to`g`rirog`i, N-oqsilda faol bo`lmagan GDF GTFga almashinadi. N-oqsil-GTF kompleksi adenilatsiklazaning katalitik qismini allosterik aktivatori bo`lib hisoblanadi. Adenilatsiklazaning faollashuvi hujayra ichida ATFdan sAMF ishlab chiqilishiga olib keladi.Faollashgan proteinkinaza oqsillarning fosforlanishiga olib keladi:Proteinkinaza Oqsil + ATF Fosfoproteid + ADF Turli xil proteinkinazalar har xil oqsillarni fosforillaydi.Gormon-retseptor birlamchi kompleksi sitoplazmaga sitoretseptori molekulasining qayta qurilishi natijasida faollanadi. Gormon- retseptor kompleksi “faollangan” ko’rinishida yadro membranasi orqali yadro xromosomalariga kira oladi va ular bilan ta’sirlashadi. Gormon- retseptor kompleksi xromatinning regulyator oqsillari (gistonlar, giston bo’lmagan oqsillar) yoki DNK bilan bog’lanib, hujayra bo’linishini yoki bo’linmaydigan hujayralarda “o’zlarining” genlarini transkripsiyasini va spetsifik oqsillarining sintezini boshqaradi. Har bir gormonning spetsifik ta’siri shu bilan aniqlanadi.Steroid gormonlar faqat xromosomadagi genlarning faolligiga ta’sir etar ekan, ular uchun hujayraning o’sishi va differentsiyalanishi, ya’ni organizmning rivojlanishi xos bo’ladi.
Add your words here,according to your need to draw the text box size.Please read the instructions and more work at the end of the manual template. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling