Gormonlar (qadimgi yunoncha: ὁρμάω hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar
Download 150.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqGormonlar - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tireotrop gormon
Gormonlar Gormonlar (qadimgi yunoncha: ὁρμάω - hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi. Baʼzilari muayyan aʼzolarga, mas: Tireotrop gormon - asosan qalqonsimon bezda, Adrenokortikotrop gormon (AKTG) - buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga, Estrogenlar bachadonga taʼsir etadi va h.k. Boshqalari (qalqonsimon bez Gormonlari, kortikosteroidlar, oʻsish gormoni va boshqalar) organizmning hamma toʻqimalariga (umumiy) taʼsir koʻrsatadi. Chapda: ayoldagi gormonlarning o'zaro ta'siri. (1) follikullarni ogohlantiruvchi gormon, (2) luteinlashtiruvchi gormon, (3) progesteron, (4) estradiol. O'ngda: o'simliklardagi gormonlar harakati. Barglardan ildizgacha (Arabidopsis thaliana). Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq, mas: Insulin, Uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi. Testosteron va boshqa Androgenlar assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot toʻplanishiga sabab boʻladi, Glyukokortikoidlar moddalar almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid toʻqimada oqsillarning parchalanishini, Estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini kuchaytiradi, Oʻsish gormoni (Somatotrop Gormonlar) Yogʻ, Fosfor va Kalsiy almashinuviga taʼsir etadi. Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy Gormonlar organizmning oʻsishini, balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf- xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda Adrenalin koʻproq chiqib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun Gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi. Qorin nervi taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab chiqishi shundan dalolat beradi. Baʼzan qoʻzgʻalish nerv tolalari orqali gipotalamusa boradi, bu yerda rilizing gormonlar (gipofiz Gormonlarni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil boʻladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofizar (trop) Gormonlarning qoʻshimcha chiqishiga sabab boʻladi, bular esa periferiyadagi ichki sekreksiya bezidan Gormonlar chiqishini kuchaytiradi. Organizmda qandaydir biror sabab bilan Gormonlar koʻpayib ketsa, gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi toʻxtaydi, natijada gipofiz tegishli trop Gormonlarni kamroq chiqaradi, shundan keyin periferiyadagi ichki sekresiya bezidan Gormonlar chiqishi ham kamayadi. Qonda biror Gormonlar kamayib ketsa (mas. Toʻqimalarda Gormonlar tez parchalanganda) rilizing Gormonlar chiqishi kuchayadi, gipofiz trop Gormonlarni koʻproq ishlaydi, shundan keyin periferik bez Gormonlarni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda gipofizning baʼzi Gormonlarini ingibirlovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chiqariladi. Ular taʼsirida tegishli gipofiz Gormonlarining hosil boʻlishi kamayadi. Qondagi Gormonlar miqdori oʻz-oʻzidan ham boshqariladi. Mas. glyukoza koʻpayib ketganda u glikogenning parchalanishini tezlatib, glyukoza miqdorini orttiruvchi adrenalin konsentratsiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy tuzlari yetishmasa, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalarida natriy tuzlari koʻproq qayta soʻrilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, Gormonlar maʼlum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarini taʼminlaydi. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Turakulov Ya. X., Tireoidnie gormoni, T., 1972: Reznikov A. Gormonlar, Polovie gormoni i differensiatsiya mozga, Adabiyotlar Kiyev, 1982; Korn ye va Ye. A., Gormoni i immunnaya sistema, L., 1988; Konoplya Ye. F., Membrannie mexanizmi gormonalnoy regulyatsii. Minsk, 1991. Zoirxoʻja Akbarov. Download 150.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling