Go‘sht, parranda, va ularni kimyoviy tarkibi va ozuqlik qiymati. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari. Go‘shtning kimyoviy tarkibi, oziqlik qiymati
Download 28.51 Kb.
|
Goʻsht va goʻsht mahsulotlari ekspertizasi (1)
Brutsellyoz kasalligi yirik shoxli mollar, cho‘chqa, ot va quyonlarda uchraydi. Bu kasallikni brutsellellalar chaqiradi va ular suyaklarni , bo‘g‘inlarni, suyak moylarini jarohatlaydi. Bu kasallikni chaqiruvchilari hayvon organizmiga ovqatlar, suv, hatto teri orqali ham o‘tishi mumkin. Kasallikning shakliga qarab kasal mollarning go‘shtlari sotuvga ruxsat etiladi yoki qayta ishlashga jo‘natiladi. Go‘shtlarni 650C gacha qizdirganda brutsellalar halokatga uchraydi. Ana shu haroratda ishlov berilgan go‘shtlarnigina iste’mol qilish mumkin.
Odamlar kasal mollar bilan muomalada bo‘lganda va brutsellez kasalligi bilan kasallangan mol go‘shtlarini va sutlarini tegishli darajada issiqlik ishlovi bermasdan iste’mol qilganda kasallanishi mumkin. Brutselloz butun dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri sanaladi va hayvonlarning mahsuldorligini kamaytirib katta iqtisodiy zarar keltiradi. Kuydirgi kasalligi-yirik, mayda shoxli mollar va cho‘chqalarning eng xavfli kasalliklaridan biri hisoblanadi. Bu kasalliklarning chaqiruvchilari sporalar hosil qiluvchi tayoqchalar hisoblanadi. Odamlar kuydirgi kasalligiga chalingan mollarni go‘shtini maydalaganda va iste’mol qilganda kasallanishi mumkin. Ayniqsa o‘lgan mollarning tanalari tuproqqa va atrof muhitga kuydirgi tayoqchalarining tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bunday kasallikka chalingan mollarning go‘shti kuydirilib, yo‘q qilib tashlanadi. Yashur - o‘tkir infeksion kasallik hisoblanadi. Bu kasallikning chaqiruvchilari viruslar hisoblanadi. Ko‘pchilik holatlarda bu kasallikka qoramol va cho‘chqalar chalinadi. Kam hollarda qo‘y va echkilar ham bu kasallik bilan kasallanishi mumkin. Ko‘pincha mollarning og‘iz bo‘shlig‘i, tili va emchaklari kasallikka chalinib, shu joyda yara hosil qiladi. Kasallikka chalingan mollarning go‘shtini va bu go‘shtdan tayyorlangan go‘sht mahsulotlarini yaxshilab qaynatganda so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi. Odam yashur kasalligi bilan kasallangan mollarning sutini qaynatmasdan, xom holida iste’mol qilganda shu kasallikka chalinishlari mumkin. Agar kasal mollarning go‘shtini shartli ravishda ovqatga ishlatish mumkin bo‘lsa, u holda maxsus tamg‘a bilan tamg‘alanadi. Masalan, qaynatib ishlatish kerak bo‘lsa, «V proverku», muzlatish zarur bo‘lsa «Finnoz v zamorozku» singari tamg‘alar bosiladi, bundan tashqari yashur kasalligi bilan kasallangan mollarning go‘shtiga qo‘shimcha ravishda «Yahur» tamg‘asi bosiladi. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan go‘shtlarga «Iste’molga yaroqsiz» degan tamg‘a bosiladi. Download 28.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling