Go'sht va go'sht mahsulotlari texnologiyasi reja go'sht sanoatining rivojlanishi so'YILADIGAN HAYVONLARNING TAVSIFI go'shtning tarkibi, OZIQAVIYLIK QIYMATI VA OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI go'sht va go'sht mahsulotlarini sovitish


Download 167.57 Kb.
bet1/6
Sana13.12.2022
Hajmi167.57 Kb.
#1000636
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GO\'SHT VA GO\'SHT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI

GO'SHT VA GO'SHT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI Reja 1. GO'SHT SANOATINING RIVOJLANISHI 2. SO'YILADIGAN HAYVONLARNING TAVSIFI 3. GO'SHTNING TARKIBI, OZIQAVIYLIK QIYMATI VA OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI 4. GO'SHT VA GO'SHT MAHSULOTLARINI SOVITISH, MUZLATISH VA SAQLASH


GO'SHT SANOATINING RIVOJLANISHI
Mustaqillik yillarida O'zbekistonning barcha viloyatlarida go'sht sanoati o'zining texnikaviy potensiaiini tiklab oldi va taraqqiy eta boshladi. Yangi kichik kushxonalar va go'shtga dastlabki ishlov berish korxonalari Ьафо etildi. Mahsulot ishlab chiqariladigan asosiy bo'limlar qurilma va uskunalar
bilan jihozlandi. Umuman hozirgi vaqtda barcha jarayonlar uskuna va texnik vositalar yordamida ishlashga o'tgan.
Bulardan tashqari sanoat korxonalarida lexnik mahsulotlar, hayvonlar uchun oqsil, oziqalar, tibbiy preparatlar va galantereya buyumlari tayyorlash ishlari ham amalga oshirilmoqda
So'nggi yillarda go'sht sanoati tizimida barcha texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sotuv tashkilotlariga sifatli go'sht va go'sht mahsulotlari yetkazib berish chora-tadbirlari tobora jadallashmoqda.
SO'YILADIGAN HAYVONLARNING TAVSIFI
Xomashyoning sifati ko'p jihatdan hayvonlarning oriq-semizligi, yoshi, jinsi, zoti hamda fiziologik holati bilan belgilanadi.
Go'shtga boqilgan hayvonlar birmuncha go'shtdor bo'lganlari holda, ulardan go'shtni qayta ishlash korxonalari sifatli va ko'proq xomashyo olishlari mumkin. Bunday hayvonlarning vazni birmuncha og'ir, go'sht va yog'ning chiqishi yuqori darajada bo'ladi. Umuman go'shtga boqiladigan zotli hayvonlarning suyaklari ingichka, bo'yni kichikroq va sergo'sht, boshi kalta, ko'kragi keng va go'shtdor, ya'ni to'shi bo'rtib chiqqan, orqasi, beli, sag'risi keng va sergo'sht, terisi cho'ziluvchan qalin bo'lib, mayin jun bilan qoplangan bo'ladi. Bu tipdagi hayvonlar tez yetiluvchan, o'z tanasida qisqa vaqt ichida ko'proq go'sht yetishtira oladigan, muskul to'qimalari salmoqli boiadi
Agar qoramollardan go'sht yetishtirish borasida so'z yuritsak, go'shtdor zotli mollarning tashqi ko'rinishi bochkasimon, oyoqlari kalta va yo'g'on, boshi kichik va yumaloq, bo'yni yo'g'on va kalta, juni yaltiroq va birmuncha mayin hamda kamharakat bo'ladi. Bunday zotlar respublikamizda nihoyatda kam tarqalgan bo'lib, ular atigi 5-6% ni tashkil etadi. Jumladan, qozoqi oqbosh, qalmoqi, santa-gerdruda, aberdin-angus, gereford kabi zotlar bunga misol bo'la oladi.
Go'shtdor zotli sigirlar sog'ilmaydi, chunki ularning suti nihoyatda oz bo'lib, o'z buzog'ini boqish uchun sarflanadi. Aks holda uning yosh buzog'i o'smay, yaxshi rivojlanmay qolishi mumkin.

Download 167.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling