Go'sht va go'sht mahsulotlari texnologiyasi reja go'sht sanoatining rivojlanishi so'YILADIGAN HAYVONLARNING TAVSIFI go'shtning tarkibi, OZIQAVIYLIK QIYMATI VA OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI go'sht va go'sht mahsulotlarini sovitish


Download 167.57 Kb.
bet4/6
Sana13.12.2022
Hajmi167.57 Kb.
#1000636
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GO\'SHT VA GO\'SHT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI

Biriktiruvchi to'qima. Biriktiruvchi to'qima ko'pincha yulduzsimon, ba'zan cho'ziq holda uchraydi. Bu to'qima organizmning barcha sohasida uchraydi va hujayralararo moddaiar kollagen (yelim beruvchi) va elastik (qayishqoq) tolalardan tashkil topgan. U ko'pincha shakllanmagan (shaklsiz) ko'rinishda uchraydi va semiz mollar go'shtida 9-10%, oriq mollarda 14-15% atrofida bo'lishi mumkin.
Suyak to'qima. Suyak to'qima zich serkovak suyak hujayralaridan va shaklsiz moddalardan tashkil topgan. Shuningdek, mayda kovakli yoki teshik-teshikli bo'lishi aniqlangan. Suyak to'qimasi o'z shakliga ko'ra yassi va naysimon bo'ladi. Hayvonlarning turi, yoshi va vazniga ko'ra uning lanasidagi suyak to'qima salmog'i har xil bo'ladi.
Qon qoramol va qo'ylar tirik vaznining taxminan 7% ini, cho'chqada 4,5 %ga yaqinini tashkil etadi. Qon yuqori oziqaviylik qiymatiga ega, undan kolbasa ishlab chiqarish, dori tayyorlash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
L i m f a qon bilan barcha organlardagi to'qimalar o'rtasida vositachi vazifasini bajaradi, qondagi oziqaviy moddalarni to'qimalarga uzatadi, to'qima va organlar ishlab chiqargan mahsulotlarni qonga beradi. Limfa hujayra (limfosit)lar va suyuq plazmaga bo'linadi
Nerv to'qimasi hayvon organizmining barcha to'qimalari orasi-da bo'lib, asosan, bosh va orqa miyada joylashgan. Nerv to'qimasi nerv hujayrasi, nerv tolasi va nerv bog'laridan tashkil topgan.
GO'SHTNI TAMG'ALASH
Go'sht semizligiga qarab kategoriyalarga bo'linadi. Barcha turdagi go'shtning semiz-oriqligi muskul va yog' to'qimalarining rivojlanganligiga, ba'zan skelet suyaklarining chiqib turganligiga qarab belgilanadi.
Har bir tana, nimtalik yoki chorak tushaga uning semizlik katego-riyasi uchun ma'lum shakldagi tamg'a (shtamp) belgilangan. Tamg'aning rangi go'shtning turi, semizligi va nimaga mo'ljallanganligiga bog'liq.
Sog'lom, sotish, saqlash va jo'natishga mo'ljallangan mol, qo'y va cho'chqa go'shtlariga (oriq go'shtdan tashqari) binafsha rangli tamg'a bosiladi

Download 167.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling