Kurs ishimizning amaliy ahmiyati shundan iboratki
« Go’sht va go’shtli mahsulotlardan taom tayyorlash texnologiyasi » mavzusini Bumerang metodi asosida o’qitish metodikasi bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar mehhat ta’limi o’qituvchilari,hamda kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari, o’quv ustalari, amaliyotchi talabalar va shu soha bo’yicha ilmiy tadqiqotchilarga foydalanish uchun imkoniyat yaratadi.
Tadqiqot metodlari:
Nazariy tahlil, noan’anaviy metodlar, pedagogik kuzatish, anketa, savol-javob, pedagogik loyihalash, test so‘rovlari, sistemalashtirish.
Tadqiqotning metodologik asosi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Miliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining buyruqlari, Prezident I.A.Karimovning ta’lim tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlarga tayanilgan.
Kurs ishimizning ilmiy yangiligi: Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri – ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmasdan , qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan sistemali, bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Kurs ishining mazmuni:
Ishning birinchi bobida, go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish haqida ma`lumotlar keltirilgan.
BMIning ikkinchi bobida, kasb-hunar kollеjlari va maktablarda «Go’sht va go’shtli maxsulotlardan taom tayyorlash texnologiyasi» mavzusini o’qitishda Bumerahg mеtodidan foydalanish texnologiyasi yoritilgan. O‘qitish jaryonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘llari, vositalari va afzalliklari ilmiy asoslangan. Mehnat ta’limi fanini o‘qitish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar berilgan.
Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot natijasida olingan ilmiy xulosalar, ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilariga va amaliyotchi talabalarga, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilariga ham uslubiy yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |