G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar


Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishidir


Download 61.42 Kb.
bet3/14
Sana01.03.2023
Hajmi61.42 Kb.
#1243038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishidir.
Demak, milliy g’oyaning zarurligi, eng avvalo, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash uchun zarurdir. Uning zarurati quyidagi maqsadlarni amalga oshirish bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi:
1. Oldimizga qo’ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga, ya’ni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish.
2. Eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish.
3. Foyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik.
4. Uzoq davrlar mobaynida odamlar ongida hukmron bo’lgan begona va yot g’oyalarning yanada qaytadan tiklanishiga yo’l qo’ymaslik.
5. Xalqimiz tabiatiga zid bo’lgan o’zga g’oyalardan, ayniqsa, yosh avlodni himoya qilish.
6. Har qanday tajovvuzkor g’oyalarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish zaruratining mustaqillikni mustahkamlashdagi o’rnini anglash orqali harakat dasturiga ega bo’lish.
7. Mustaqillikni davlatimizning har bir fuqarosida Vatan taqdiri uchun ma’ullik tuyg’usi bo’lishi uchun ham zarur.
Mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  1. Odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish va mo’ljallash funktsiyasi.


  2. SHu g’oya atrofida kishilarni uyushtirish va birlashtirish funktsiyasi.


  3. Foyani amalga oshirish uchun safarbar etish.


  4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag’batlantirish.


  5. Foyaviy tarbiyalash.


  6. Foyaviy immunitetni shakllantirish.


  7. Harakat dasturi bo’lish.


  8. Amortizatsiyalash, ijtimoiy keskinlikni yumshatish funktsiyasi.


  9. Muayyan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etish va himoyalash funktsiyasi.


Ana shu yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun bir qator quyidagi vazifalarni bajarish lozim:


1. Mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirish. Buning uchun tafakkur to’la ozod bo’lishi lozim.
2. Jamiyatda sog’lom ma’naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu hurfikrlilik bilan uzviy bog’liq bo’lgan jarayondir.
3. Millatning o’zligini anglashi, muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylashi, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni kamol toptirish.
4. Imon-e’tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yuksaltirish.
5. Mamlakat ko’p millatli xalqi ongi va qalbida «O’zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirish va mustahkamlash.
6. Milliy istiqlol g’oyasini xalq ongi va qalbiga singdirish uchun eng zamonaviy, qulay mafkuraviy vosita va usullardan foydalanish lozim.
7. Milliy mafkura hayot hodisalariga hozirjavob bo’lishi, yot va zararli g’oyalarning hurujiga o’z vaqtida javob berishi kerak.
8. Har bir yurtdoshimizning intellektual-ma’naviy salohiyatini ro’yobga chiqarish zarur.
9. Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi darkor, chunki u g’oyaviy himoya vositasi hamdir.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- mamlakatning mustaqilligini mustahkamlash, uning hududiy yaxlit-ligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlashda yordam berish;
- qonunning ustuvorligi, demokratiya va o’z-o’zini boshqarishning hayotda mustahkam o’rin egallayotganiga asoslanganlik;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligiga tayanish;
- xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi;
- davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy barqa-rorlikning ta’minlanganligi, o’tish davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi, jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning tadrijiyligi tamoyillarga xizmat qiladi.




    1. Download 61.42 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling