G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar


Download 61.42 Kb.
bet8/14
Sana01.03.2023
Hajmi61.42 Kb.
#1243038
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Diniy aqidaparastlik - bu:
Islomni asl holida saqlab qolish uchun harakat qilib, odamlarni bir-biriga qarshi qo’yib, qon to’kishni tashkil qilayotgan, amalda o’zining huzur-halovatini o’ylayotgan kimsalarni Yevropada fundamentalistlar deb ataydilar.
«Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari, avvalambor o’z dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir»1.
Islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularning yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g’oyasini asoslashga harakat qiladi. Bu oqim tarafdorlari xalifalik bayrog’i ostida birlashishni noislomiy dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog’lashlarini ham ta’kidlash zarur.
Mas’uliyatli davrda, istiqlolimiz uchun kurash jarayonida yoshlarimizni axloqiy yetuk inson sifatida tarbiyalashda din barcha illatlardan poklanishga, yuksak axloqiy negizlar va ma’naviy fazilatlarni tiklashga ko’maklashadi.
Din yimon, e’tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy qadriyatlarni hurmat qilgan holda, yoshlarni zamonaviy dunyoviy fanlar asosida tarbiyalash mutlaqo zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak.
Prezidentimiz «O’zbekiston buyuk kelajak sari» asarida «Biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz, lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. CHunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz», degan edi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish zarurki, aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy tarbiya tizimini izchil ravishda yo’lga qo’yish davr talabidir. SHu o’rinda Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin. «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p mushohada qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir. CHunki ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi»2.
Mashg’ulot jarayonida g’arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo’lidagi mafkuraviy ta’sir omillariga to’xtalib o’tiladi. Ulardan biri «bo’lib tashla va hukmronlik qil» degan qadimiy tamoyilga asoslangan urinishdir. Bu tamoyilni ro’yobga chiqarish yo’llari quyidagilar:
1. Mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarish; 2. Mintaqa davlatlari o’rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirish; 3. Xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto’g’ri, noxolis tasavvurlarni shakllantirishdir.

3-masala. Mafkuraviy ta’sir va tahdidlar, hozirgi zamonda inson ongi va qalbi uchun kurash haqida gapirganda quyidagi tushunchalarning mazmun-mohiyatini yoritish zarur:
1. Mafkuraviy immunitet - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim.
2. Mafkuraviy bo’shliq - g’oyaviy tarbiya olib borilmaslik, e’tibordan chetda qolish natijasida vujudga keladigan g’oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati.
3. Mafkuraviy profilaktika - zararli g’oyalarning kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi.
4. Mafkuraviy tarbiya tizimi - tarbiyaning alohida tizimi bo’lib, milliy g’oyaning aholi, ayniqsa yoshlar ongi va qalbiga chuqur singdirish mexanizmini nazarda tutadi.
Prezident I.Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri bilan suhbatda jahon falsafa fanida yangi iborani olib kirib, begona g’oyalar o’z ta’sirini o’tkaza olmaydigan, unga qarshi kurasha oladigan immunitet zarurligi haqida to’xtaldi: «Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, kuchaytirishimiz zarur»,1 deb ta’kidladi yurtboshimiz.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta. Zero, u o’z mohiyatiga ko’ra, yot g’oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga oladi. Demak, mafkuraviy profilaktika xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini, bir so’z bilan aytganda, bu sohada to’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.
XX asrning so’nggida jahon siyosiy xaritasida amalga oshgan serqirra jarayonlar Markaziy Osiyoda ham keskin o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Mintaqamizda ro’y berayotgan g’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar ana shu o’zgarishlar bilan uzviy bog’liqdir.
Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida jahon, Markaziy Osiyo mintaqasi va respublikamizda qaysi omillar xavfsizlikka qanday tahdid solayotgani aniq ko’rsatib berilgan.
Hozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaqasida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid muammolar to’planib qolgan. Bu joydagi yalpi xavfsizlikka mintaqaviy, milliy, mahalliy mojarolar, diniy ekstremizm va jangari separatizm tahdid solmoqda. Bunday qarama-qarshiliklarda chetdagi ayrim yirik mamlakatlarning o’z manfaatlarini va ta’sir doiralarini saqlab qolish, kuchlar muvozanatini o’z foydalariga o’zgartirish uchun olib borayotgan harakatlari ham o’z o’rniga ega.
Tahdid tug’diruvchi sabablardan yana biri mintaqa o’zining jug’rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo’lga qo’yilmagan hududda joylashganligi bilan bog’liq.
Butun dunyo, Yevropa va Osiyo kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan energiya, gaz va neftga boy konlar Markaziy Osiyoda joylashgan. Buning ustiga biz SHarq va G’arb mamlakatlarining manfaatlari bir-biriga mos kelmaydigan mintaqaning bir qismimiz. Bizning hududimizdan ko’pgina qudratli mamlakatlar ham o’z manfaatlarini izlaydi.
Yana bir tahdid manbai - O’zbekistonni etnik, demokratik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan ba’zi mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag’batlantirib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan Afg’oniston kabi beqarorlik o’chog’i bilan chegaradosh.
Xullas, xavfsizlikka solinayotgan tahdidlar siyosiy ekstremizm, shu jumladan diniy ruhdagi ekstremizmni, millatchilik va milliy mahdudlikni, etnik, millatlararo, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik asosidagi ziddiyatlarni, korruptsiya va jinoyatchilikni, ekologik muammolarini o’z ichiga oladi. Ular garchi turlicha namoyon bo’lsa-da, har birimizni hushyor va ogoh bo’lishga undaydi.



Download 61.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling