G’oyaga qisqacha tarif
Download 1.48 Mb.
|
ferma
G’oyaga qisqacha tarif Men kelajakda fermerlik ishini amaliya oshirmoqchiman. 10 gektar yer maydoni olib u yerda fermerchilikni yo’lga qo’ymoqchiman. Bu fermada asosan 8 gektariga ekin ekiladi 2 gektarini chorvachilik uchun ajratmoqchiman va zottor sigirlarni ko’paytirmoqchiman. Ulardan go’sh va sut olib bu ishni kengaytirmoqchiman. Yani sutni qayta ishlash uchun kerakli anjomlarni sotib olib sutdan qatiq, semetana, pishloq va boshqa sut maxsulotlarini olib atrofdagi bog’cha, maktab, do’konlarga va xalq extiyoji uchun tarqatib berishga harakat qilmoqchiman. Bu orada sigirlarni qo’l mehnatida emas balki hozirgi kompiutirlashtirilgan tehnalo’giyalar sigirlarni sutini olmoqchimiz. Buning uchun albatda ishchilar kerak bo’ladi. Men bu yerga kollejni tamomlagan bituruvchilarni olmoqchiman. 8 gektar yerdan unimli foydalanib zamon talabiga mos ekinlarni yetishtirib foyda ko’rishga harakat qilaman. 8 gektar yerdan unimli foydalanilsa chorvachilikdagi sigir va boshqa hayvonlar uchun ozuqa bo’ladi. Bu esa o’z navbatida chorvachilikdagi hayvonlar ozuqasi uchun kamroq mablag’ sariflashni bildiradi. Xisob 2 gektar uchun: Sigirlar 4-5 milion turadi, demak 10ta sigir 40-50milion turadi. Ular uchun chorvachilik binosi quriladi. Bu esa 90 – 95 millionga tushishi mumkin. 1ta sigir kuniga 5-7litr sut bersin. 10 ta sigir 1 kunda 50-70litr orasida sut beradi. Sut narxi hozirda 1 500 yoki 1 700 so’m. Demak 10ta sigirdan 75 000 –105 000 so’m toppish mumkin. Agar sut narxi 1 500 so’m bo’lsa. Agar 1 700 so’m bo’lsa 85 000 – 119 000 so’m turar ekan. Bu esa oyiga o’rtacha hisobda 2 250 000 so’m demak. Yiliga esa 27 000 000 so’m bo’ladi. Agar bu mahsulotni boshqa mahsulotlarga o’zimiz qayta ishlasekchi-a? Masalan: Semitana yoki qatiq. Hozirda semitana narxi 3 000 so’m, qatiq narxi esa 2 000 so’m. Endi o’rtacha hisobda 60 litir sut qatiqqa aylantirilsa 120 000 so’m demak. Shuncha sut semitanaga aylantirilsa-chi? Kuniga 180 000so’m bo’ladi. Bu esa 1 oyda qatiqqa aylantirilsa 3 600 000 so’m, semitanaga aylantirilsa 5 400 000 so’m bo’lar ekan. Bunday hisobni ancha davom ettirsa bo’ladi. Sut xolida sotsa 5 yil ichida bemalol 2 gektarga olingan kiriditni to’lab foydaga kirishni boshlasa bo’ladi. 8 gektarga o’sha paytdagi eng bozori chaqqon ekinlardan ekib xosil olishga xarakat qilaman. Yertimizga sifatli jaxon talabiga javob beradigon ekinlarini yetkizib bermoqchiman. Asosan yerlarga sigirlarni sutni ko’paytirish uchun lavlagi, qizilcha, kunga boqar va boshqa ekinlar ekib, Sigirlarni sutlarini ko’paydandan so’ng rejamdagi yana bir rejamni amaliya oshiraman. Bunda men sut maxsulotlarini qayta ishlashni amaliya oshiraman. Bunda men sutni qayta ishlash uchun uncha katta bo’lmagan korxona qurmoqchiman. U korxonada sutni qayta ishlashni yo’lga qo’yaman. Bu korxonada sut, qatiq, semitana va pishloq ishlab chiqariladi va qadoqlanadi. Bu payt maxsulotlarni sifatliligini nazorat qilinadi. Bunda xalqimiz extiyoji uchun 0.5 – 1, 1-1.5 litir bolgan sut va qatiq maxsulotlarini qadoqlash uchun. 0.2 – 0.5 gr Simitana qadoqlash uchun. 0.2 – 0.5 gr Pishloq qadoqlash uchun. Bularni xalqimizga ixcham idishlarga qadoqlab xalq extiyoji uchun ishlab chiqariladi. Bularni har biriga turli xil yorliqlar yopishtiriladi. Shu korxonada yorliqlari chiqariladi va yopishtiriladi. Bog’cha, maktab, savdo shohobchalariga va xalqimizga sifatli sut va qatiq maxsulotlarini tayorlab beraman. Bu korxonani asosiy ishchilari kollej bitiruvchilari bo’ladi. Bun bilan men kollej bitiruvchilarini ish bilan taminlayman. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling