G‘oyalar iqtisodiyoti reja


Download 123.76 Kb.
bet1/10
Sana08.04.2023
Hajmi123.76 Kb.
#1342629
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-mavzu G`oyalar iqtisodiyoti


G‘OYALAR IQTISODIYOTI
Reja:



    1. Inson kapitali

    2. Texnologiya

5d. Intellektual mulk va kapital


Asosiy atama va tushunchalar:Inson kapitali va texnologiya. Iqtisodiy o‘sishning sodda, endogen modeli. Ta’lim va endogen iqtisodiy o‘sish. Intellektual mulk, intellektual huquq, intellektual faoliyat, mulk huquqi, intellektual faoliyat natijalari, intellektual mulk obyektlari, tovar belgisi, litsenziya, patent, mualliflik huquqi, patent huquqi, turdosh huquqlar, sanoat namunasi, ixtiro, foydali model, litsenziya turlari, royalti, intellektual mulkni boshqarish.



    1. Inson kapitali

Neoklassik nazariyasiga ko‘ra, bunda neoklassik texnologiya va raqobatchilik iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari deb belgilangan. Ammo iqtisodchilar qaysi yo‘l bilan fan-texnika taraqqiyotiga erishiladi. 80-yil1ardan boshlab ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy o‘sishning aniq omilini o zlarining izlanishlarini qaratganlar. Natijada «iqtisodiy o‘sishning yangi nazariyasi» yoki «endogen iqtisodiy o‘sish» kabi ishlar qilingan. Albatta bunday ishlar mazmunini bir bobda qisqacha yoritib berish qiyin, shuning uchun izlanish predmetini uchta keng kategoriyaga bo‘lib chiqiladi.


Yuqorida aytilganidek mehnat unumdorligi yoki malakasi oshishini faqatgina ularga kiritilgan investitsiya orqali ko‘paytirish mumkin. Bu jarayon ta’lim (bilim) deya yuritiladi, ammo aytib o‘tganimizdek bu jarayonni ishdan uzluksiz ravishda ham olish mumkin. Biz daromadni qisqarib ketish qonuniyatini rad etishimiz mumkin, agar biz bir vaqtning o‘zida investitsiyani inson kapitaliga hamda fizik kapitaliga kiritsak. Bu model doimiy samaradorlikni nazarda tutganligi uchun (fizik va inson kapitallarining yig‘indisidan olinadigan doimiy daromad), unda agar fizik va inson kapitalini ikki barovarga oshirsak, u holda bizda ikki barobar daı‘omad olish imkoniyatlari bo‘ladi.
Inson kapitalini yoki malakani oshirishning asosiy omili bo‘lib uzluksiz ravishda olib boriladigan ta’lim tizimi hisoblanadi. Insonlar maktab va boshqa o‘quv muassalarida ta’lim olib ish haqlaridan voz kechganlar deb hisoblaymiz. Chunki agar ular ta’lim olish o‘miga biron-bir korxonada ishlayotganlarida ma’lum bir maosh olgan bo‘lar edilar. Bunday jarayonni iqtisodchilar inson kapitaliga kiritilgan investitsiya deb yuritadilar.
Ammo fuqarolarga qanday ta’lim berishni ta’minlash kerak? Boshqacha qilib aytganda iqtisodiy o‘sishni qaysi muqobil yo‘lini tanlashimiz lozim? Birinchi variantni biz elitizm deb atagan edik: ma’1um bir guruh insonlar yaxshi ma’1umot oladilar, chunki iqtisodiyot rivojlanishi ularning qay darajada davlatni boshqarishiga bog‘liq. Bu nazariyaga ko‘ra agar y e takchilar yaxshi ma’lumotga e ga bo‘lsalar, u holda mamlakat barqaror rivojlanadi deb yuritiladi.
Ikkinchi variantni biz universalizm deb atadik: har bir inson minimum bilim olishi kerak. Bu variantning mazmuni, har bir ishchidan iqtisodiy o‘sish yangi texnologiyalarni tezkorlikda kiritish kerakligidan iborat. Oxirgi 30 yillar ichida Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish avval tikuvchilik, keyin soatlar va radiomahsulotlar ishlab chiqarishdan boshlangan. Sifat darajasi bu davlatlarda asta- sekinlik bilan oshib bordi va undan keyin esa bu davlatlar boshqa davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni boshladilar.
Bunday iqtisodiy tizimda har bir ishchi turli xil kasblami egallashi lozim. Shuııing uchun bunday sharoitlarda, shunday ta’lim tizimi tuzilishi kerakki, bu ta’Jim tizimi ishchilar uchun turli xil kasblarni egallashiga ko‘ınaklashishi kerak. Oxirgi 30 yillar ichida inson kapitalini to‘plash modelı universalızmga asoslangan bo‘lib, u elitizmga asoslangan modelidan ko‘ra afzalroqdir.
Jahon mamlakatlari o‘z rivojlanish darajasi bo‘yicha odatda quyidagi bosqichlarda deb hisoblanadilar:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling