G‘oyalar iqtisodiyoti reja


Download 123.76 Kb.
bet7/10
Sana08.04.2023
Hajmi123.76 Kb.
#1342629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-mavzu G`oyalar iqtisodiyoti

Intellektual mulk va kapital

Intellektual mulk obyektlarini boshqarishda, vujudga kelgan muammolarga huquqiy jihatdan yondashuv borasida huquqiy


kategoriyalarning o‘rni katta. Moddiy mol-mulkka egalik qilishda bo‘lgani kabi intellektual mulk ham egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqi mavjudligini belgilaydi. Biroq, himoya obyektlarining nomoddiyligi intellektual mulkning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi, ya’ni intellektual mulk qancha iste’mol qilinmasin, u tugamaslik tavsifiga ega bo‘lib qolaveradi. Agar siz biror bir mulkdordan moddiy buyum yoki ashyo olar ekansiz, ushbu vaziyatda u o‘z moddiy mulkidan ayriladi va mulk huquqi bevosita sizga o‘tadi. Mabodo siz o‘zgalarning intellektual faoliyati natijalariga egalik qiladigan bo‘lsangiz, siz o‘zingizga tegishli bo‘lmagan bilimlarga ega bo‘lasiz, bundan mavjud bilimlar kamaymaydi, tugamaydi va hatto o‘zining dastlabki egasini o‘zgartirmaydi ham. Intellektual mulk masalalarini qarab chiqar ekanmiz, ko‘pincha intellektual mulkning bir qismi sifatida sanoat mulki tushunchasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Intellektual mulk huquqiga oid qonunchilik tarixan ikki yo‘nalishda rivojlanib kelgan: 1) mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik va 2) sanoat mulki to‘g‘risidagi qonunchilik. Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq, sanoat mulki ttıshunchasi nafaqat sanoat yoki savdoga nisbatan qo‘llaniladi, balki keng ma’noda qishloq xo‘jaligi, undiruvchi sanoat va kelib chiqishi tabiiy yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan: sharob, g‘alla, meva, qoramol, foydali qazilınalar, mineral suvlar, gullar, un kabi barcha mahsulotlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Shunday qilib, “sanoat mulki” atamasi yetarlicha shartli hisoblanadi va intellektual mulkning ishlab chiqarishda (faqat sanoatda emas) foydalanilayotgan bir qismini ifoda etadi. Bular ixtiro patentlari, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgiladi, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tovarlarning kelib chiqish joy nomlari kabilar bo‘lishi mumkin. 1970-yi1lardan boshlab sanoat mulkining zamonaviy konsepsiyasi “nou-xau” ni o‘z ichiga qamrab ola boshladi, so‘nggi paytlarda seleksiya yutuqlari va integral mikrosxemalar topologiyasini ham ular tarkibiga kiritish holati kuzatilmoqda. Ta’kid1ash joizki, sanoat mulki obyektlari va mualliflik huquqi obyektlari innovatsion faoliyat mahsulotlariga bevosita bog‘liqdir.
Iqtisodiyotni innovatsion tarzda rivojlantirishda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha harakatlar rejasiga
muvofiq, “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qonun loyihasini tayyorlashning zaruriyati bir necha sabablarga asoslangan. Birinchidan, foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan patentga layoqatli obyektlar doirasini kengaytirish. Ikkinchidan, muallifning patent olish uchun talabnoma topshirish hamda sanoat mulki obyektidan foydalanish tartibini aniqlashtirish. Uchincliidan, talabnoma beruvchiga uning istagi bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini berish. To‘rtinchidan, talabnoma beruvchining seleksiya yutug‘iga patent berish jarayonini tezlashtirish hamda patent berish muddatlarini qisqartirish. Beshin- chidan, talabnoma beruvchiga seleksiya yutug‘iga patent amal qilish muddatini tiklash imkoniyatini berish hamda intellektual mulk muhofazasini ta’minlash. Oltinchidan, tovar belgisiga doir guvohnomani berish muddatlarini aniqlashtirish.
Intellektual mulk instituti mazkur mulk obyektlariga intellektual mulk huquqlarining mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu huquqlar qonunchilik tomonidan kafolatlanadi va quyidagilar:

  • uchinchi shaxslarga nisbatan mutlaq tavsifga ega bo‘lishi;

  • u muhofaza qilinuvchi mamlakat chegaralari bilan cheklanishi;

  • amal qilish muddatlarining cheklanganligi bilan tavsiflanadi.

Intellektual mulk huquqining mutlaq tavsifga ega bo‘lishi shunda ko‘rinadiki, u mulkdorning roziligisiz o‘zgalaming intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yib bergan har qanday shaxsning harakatlariga nisbatan qarshi chiqadi. Intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan intellektual huquqlar mutlaq (mulk) huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa huquqlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Moddiy naf olish imkonini beruvchi mutlaq huquq:

  • eng awal intellektual faoliyat natijalarining muallifida vujudga

Download 123.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling