Chigit iliq suvda ivitilsa, uning ichki qismlari juda yaxshi ko‘rinadi. Iliq suvda bo‘rtgan chigit qobig‘ini avvaylab olib tashlansa, unda zarodishni o‘rab turgan po‘st borligi ko‘rinib turadi. - Chigit iliq suvda ivitilsa, uning ichki qismlari juda yaxshi ko‘rinadi. Iliq suvda bo‘rtgan chigit qobig‘ini avvaylab olib tashlansa, unda zarodishni o‘rab turgan po‘st borligi ko‘rinib turadi.
- Zarodishni lupa ostiga qo‘yib qaralsa, unda g‘ijimlanib yotgan ikkita urug‘barg boshlang‘ichini,ular o‘rtasida kelajakdagi o‘simlikning o‘sish nuqtasini va dastlabki ildiz boshlang‘ichlarini ko‘rish mumkin. Chigit ko‘ndalangiga kesilsa, unda ko‘pdan-ko‘p qoramtir mayda doqchalar, moy bezlari ko‘rinib turadi. Bu moy zarodishning o‘sish va rivojlanishida sarf etiladigan oziq moddalardan iborat.
Nam va havo yetarlik miqdorda kirib turishi bilan birga harorat 10-12 drajadan yuqori bo‘lsa, chigit bo‘rtib qobiqi yoriladi, ana shu yorilgan joyidan g‘o‘zaning - Nam va havo yetarlik miqdorda kirib turishi bilan birga harorat 10-12 drajadan yuqori bo‘lsa, chigit bo‘rtib qobiqi yoriladi, ana shu yorilgan joyidan g‘o‘zaning
- ildizchasi chiqadi. Chigit yerda qanday joylashgan bo‘lmasin, undan chiqqan ildizcha pastga-tuproq ichiga qarab o‘sadi. Ayni vaqtda, keyinchalik g‘o‘za poyasiga aylanadigan urug‘barg osti tirsagi rivojlanadi. Urug‘barg osti tirsagi o‘sgan sari chigit qobig‘ini tashlab, yoki ko‘tarib yer betiga chiqadi.
- To‘la shakllangan va yetilgan chigit tuxumsimon yoki noto‘g‘ri noksimon shaklda bo‘ladi. G‘o‘za chigiti naviga qarab uzunchoq sal o‘zunchoq, yoki deyarli dumaloq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |