G‘o‘za kemiruvchi va sо‘ruvchi zararkunadalari reja 1 G’oza zararkunandalarining turkumlari


Download 339.76 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi339.76 Kb.
#1521194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shoxidilla ko\'sak qurtiga qarshi kurash.

Kurashish choralari. G’o’zapoyalardagi uning tuxumlarini yo’qotish uchun o’rgimchakkanaga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy dorilardan foydalaniladi. Bundan tashqari biologik kurash yo’li bilan bit qo’ng’izi, vizillovchi chivinlar, xon qizi, oltinko’z va gallitsa pashshalaridan foydalaniladi. masalan oltinko’z 1 kunda lichinkasi 300 gacha, xon qizi 50 – 200 dan 300 – 600 gacha o’simlik bitlarini yo’qotadi.

Beda qandalasi asosan og’iz apparati bilan G’o’zaning shona, gul, ko’saklariga sanchib – so’rib zararlaydi. Qattiq zararlangan gul qurib qoladi. Beda handalasi cho’zinchoq 6,5 – 9,5 mm kattalikda bo’ladi. Qandala o’simlik poyalari, beda va begona o’tlar ichida tuxum xolida qishlaydi. U bir mavsumda 3 – 4 avlod beradi. U beda o’rib olinishi bilan yoppasiga boshqa ekinlarga uchib o’tadi.

Dala qandalasi beda qandalasiga o’xshash lekin birmuncha kichik, bo’yi 3,5 – 4,0 mm rangi yashil, begona o’tlar qoldig’ida qishlab chiqadi, u barg bandlari orasiga tuxum qo’yadi, G’o’zani butun o’suv davrida shikastlaydi, 1 mavsumda 3 – 4 avlod beradi.

Kurash choralari. o’rgimchakkanalarga va bitlarga qarshi qo’llaniladigan dorilardan foydalaniladi.

Tamaki tripsi mayda xashorat, bo’yi 0,8 – 0,9 mm keladi. Og’iz apparatini sanchib so’rishga moslashgan. U yer betiga to’kilgan barg va o’simlik qoldiqlarida qishlaydi. May oyida begona o’tlarda rivojlanadi. Keyin G’o’zaga o’tadi. Urg’ochisi 1 oyga yaqin yashaydi va shu davrda 100 ga yaqin tuxum qo’yadi. Rivojlanish davomida 3 stadiyani kechiradi. 1 mavsumda 7 – 8 avlod beradi. G’o’zaning yosh barglari va o’suv nuqtalarini zararlaydi.

Kurash choralari. o’rgamchikkana va bitlarga qarshi kurash choralariga o’xshash.

Sikodalar sanchish yo’li bilan G’o’za va boshqa o’simliklar barglari, barg bandi, poyalarini shikastlaydi. Bular ichida eng zararlisi sariq sikodadir, iyul oyida tuxum qo’yadi, tuxumlardan chiqqan lichinkalar tuproq ichiga kirib harxil o’simliklar ildizi bilan oziqlanadi. Nimfa xoliga yetguncha 3 yil o’tadi, so’ngra yetuk xashoratga aylanib may oyida uchib chiqadi, ya `ni avlod berish davri 4 yilga cho’ziladi.


Download 339.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling