G‘o‘za kemiruvchi va sо‘ruvchi zararkunadalari reja 1 G’oza zararkunandalarining turkumlari


Zararlangan G’o’za barglari yoki hosil organlari to’kiladi


Download 339.76 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi339.76 Kb.
#1521194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shoxidilla ko\'sak qurtiga qarshi kurash.

Zararlangan G’o’za barglari yoki hosil organlari to’kiladi.

Kurash choralari. Dastavval eng chidamli navlarni ekish, almashlab ekishni joriy etish, G’o’zapoyaalarni kuzda tozalab olish, dalani kuzda yaxshilab shudgor qilish, tevarak atrofdagi begona o’tlarni yo’qotish ishlariga alohida e `tibor berish zarur.

G’o’zani yagana qilishda zararlangan G’o’za nixollarini yo’qotish kerak. Ariq, yo’l yoqalaridagi begona o’tlarni yo’qotish maqsadida korbalenium, nitrofen eritmasi sepiladi. o’rgimchakkanaga qarshi G’o’za maydonlariga sepishda, etanol, antio, fosfomid (B – 58), zolon, korbofos, tedion, trixlormetafos, etafos kabi ximiyaviy preparatlardan foydalaniladi. Albatta bu kimyoviy dorilarning biri sepiladi. Ularning sepish me `yorlari turlicha.

O’rgimchakkanaga qarshi biologik yo’l bilan ham kurashish mumkin. Buning uchun uning ayrim kushandalaridan jumladan, setorus qo’ng’izidan, kanaxo’r tripsidon, yirtkich qandala va oltinko’zlardan foydalanish mumkin.

O’simlik bitlari. G’o’zaga asosan, beda akatsiya biti, poliz va katta G’o’za biti katta zarar keltiradi. Akatsiya biti G’o’zadan boshqa beda, yeryong’oq, akatsiya, no’xat hamda poliz ekinlarini zararlaydi. G’o’zaga may, iyun oylarida katta zarar keltiradi. U G’o’zaning o’sishi va rivojlanishini susaytiradi. Tirik tug’uvchi urg’ochisining tanasi yaltiroq, qora bo’lib, bo’yi 1,3 – 2,1 mm bo’ladi. Akatsiya biti bedada, u dag’allashguncha rivojlanadi.

U G’o’zada 30 kunga yaqin yashab, so’ngra, qanot xosil qilgandan so’ng bedapoyalarga o’tib u yerda kech kuzgacha o’simliklarning ildiz bo’g’zida yashaydi va keyin tuxum qo’yadigan Urg’ochilari paydo bo’ladi.

Poliz biti G’o’za, poliz ekinlari, yeryong’oq va boshqalarga katta zarar keltiradi.

U begona o’tlarda lichinka va yetuk bit xolida qishlaydi va may oyining boshlarida G’o’za va poliz ekinlariga o’tadi va sentyabr oyigacha o’rchib ko’payadi.

Katta G’o’za biti G’o’za, mosh, loviyaga ko’plab tushadi. Tanasining uzunligi 3,5 – 4 mm ga boradi. Tanasi ko’kish, sarg’ish ko’zlari qizil, oyoqlari qo’ng’ir tusli bo’ladi. U G’o’zapoyada, yantoqda tuxum fazasida qishlaydi. Bahorda mayning ikkinchi yarmida G’o’zada paydo bo’ladi. Yozda partenogenez yo’l bilan, kuzda jinsiy yo’l bilan ko’payadi.


Download 339.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling