Birinchi marta tuxum qo’yaboshlaganda, gektariga 60 mingta. Ikkinchi marta 5 – 6 kundan so’ng gektariga 80 mingta. Uchinchisi yana 5 – 6 kundan so’ng gektariga 60 mingta qo’yiladi. Ko’sak qurti barcha paxta ekiladigan respublikalarda uchraydi. U G’o’za, makkajuxori, pomidor, dukkaklilar, oshqovoq, yeryong’oq va boshqalarni zararlaydi. Ko’sak qurtining G’o’zaga zarar keltirish davri yoppasiga gullash vaqtiga to’g’rikeladi. Tunlam G’o’zaning gullari, tugunchalari va ko’saklarini shikastlaydi. Kichik yoshdagi qurtlar G’o’zaning yuqori qismidagi barglarini yeydi va shonalar bilan oziqlanadi. Zararlangan shona va gullar to’kilib ketadi. Aprel, may oylarida tuproq xarorati 160 S dan oshganda qapalaklar uchib chiqadi, uchishi 30 kun davom etadi. Tunlari urug’larini ko’pincha begona o’tlarga qo’yadi, tuxumlari 4 – 6 kundan so’ng ochib chiqadi. Oziqlanib bo’lgach oxirgi yoshdagi qurtlar tuproqqa tushib 5 – 12 sm chuqurlikda in xosil qilib G’umbakka aylanadi. Oradan 8 – 12 kun o’tgach G’umbakdan kapalak uchib chiqib yana tuxum qo’yishga kirishadi va o’z faoliyati davomida 400 dan 1000 gacha tuxum qo’yadi. Shu yo’sinda hayotini davom ettirib, 1 mavsumda 3 – 4 avlod beradi. G’o’za to’plami o’zining to’la rivojlanish davrini ya `ni tuxumdan kapalakkacha 30 – 40 kun mobaynida o’tkazadi. Kurash choralari kuzgi to’plamga qarshi kurash choralariga o’xshashdir. Bundan tashqari ko’sak qurtiga qarshi kurashda biologik usul keng qo’llanilmoqda. Bunda trixofammalardan keng foydalaniladi. Karadrina (barg qurti) G’o’zaning xavfli zararkunandasi bo’lib, paxta ekiladigan maydonlarda keng tarqalgan. U G’o’za, makkajuxori, beda, lavlagi, kartoshka, sabzavot ekinlarini zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |