Kurash choralari agrotexnika ishlarini o’z vaqtida amalga oshirib turish, atrofdagi bo’sh yerlarni o’zlashtirish dala chetidagi qizilmiya va yantoqlarni yo’qotish asosiy choralar hisoblanadi. Kemiruvchi zararkunandalarga kuzgi tuplam, ko’sak qurti, karadrinalar kiradi. Ular G’o’zaning o’suv nuqtasini, bargi, xosil organlarini kemirib zarar keltiradi. Kuzgi tuplam sug’oriladigan yerlarda tarqalgan. G’o’za, beda, poliz, makkajuxori ekinlariga katta zarar yetkazadi. Kuzgi tuplam o’zining rivojlanishida 4 stadiyani boshdan kechiradi; urug’i, lichinka, voyaga yetgan qurti va kapalagi. Kemiruvchi zararkunandalar ichida eng yirigidir. Uning kapalak qurtlari tuproqning 5 – 10 sm chuqurlikdagi qatlamida qishlaydi. Martda u qurt shaklidan G’umbak shakliga o’tadi, aprelda kapalaklar uchaboshlaydi va tuxum qo’yadi. Kuzgi tunlam G’o’za maysalari o’nib chiqayotgan vaqtidan kemirib zararlaydi. Hasharotning birinchi avlodi asosan G’o’zaga zarar yetkazadi. Qurtlar yoppasiga ko’paygan yillari G’o’za nixollari o’ta siyraklashib, hatto qayta ekish xollari uchraydi. Uning yetuk qurti 5 – 6 sm ga yetadi. Kapalaklar 20 – 40 kun yashab, tuxum qo’yadi. Harbir kapalak ko’pi bilan 2000 gacha, odatda 500 – 600 tuxum qo’yadi. U tuxumlarini ildizga yaqin qismlariga, tuproq betiga qo’yadi, 3 – 7 kundan so’ng tuxumlaridan mayda to’q kulrang qurtlar chiqadi. Ular barglarga o’tib uni iste `mol qiladi va yiriklashib tuproqqa tushadi. Ular 30 – 40 kun yashaydi. Oltinchi yoshdagi qurt oziqlanib bo’lgan tuproqdagi inchasida g’umbakka aylanadi. Bir mavsumda 3 – 4 avlod beradi. Kurash choralari. 2. Begona o’tlarni yo’qotish, qator oralariga ishlov berish. 3. G’o’za nixollari o’sib chiqqandan so’ng xlorofos purkash. 4. Hashoratlarning katta yoshdagi qurtlariga qarshi gektariga 20 – 50 kg xlorofos bilan dorilangan aldamchi yem ishlatiladi. 5. Kapalaklari tuxum qo’yish davrida uning kushandasi xisoblangan trixogramma quyidagi 3 davrda chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |