G‘o‘za mamlakatimizning asosiy texnika ekinlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida paxta yetishtirishda eng ko‘p zarar keltiradigan omillardan biri bu g‘o‘za zarkunandalari hisoblanadi


Download 274.85 Kb.
bet4/10
Sana20.06.2023
Hajmi274.85 Kb.
#1636600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asom

Beda tunlami (Chloridae dipsacea L.) g‘o‘zaga zarar keltirishi va tarqalishi jixatidan ikkinchi o‘rinni eg‘allaydi. Gul va shonalarga tushadigan bu tunlamning zarari Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida sezilib turadi. Beda tunlamining biologiyasi g‘o‘za tunlaminikiga uxshashdir. Odatda, tuproqda kishlagan g‘umbaklardan aprel oyida kapalaklar uchib chiqadi. Ular kechasi ham, kundo‘zi ham uchadi, ammo yog‘urlikka qarab yaxshi uchmaydi.
Tuxumlarini oziqlanadigan o‘simlik barglarining yuza tomoniga bittadan qo‘yadi. Bu turning asosiy oziqabop o‘simligi beda bo‘lib, o‘nda zararko‘nandaning eng ko‘p qismi to‘planadi. Begona o‘tlardan yantokni yoktiradi. Beda tunlami yil davomida uch marta bo‘g‘in beradi, ularning birinchisi bedapoya va begona o‘tlarda, ikkinchi va uchinchisi esa g‘o‘za va bedada o‘tadi. Qurtlari dastlab barglarni ilmateshik qilib tashlaydi, keyin esa ularni nixoyatda shikastlaydi, uchinchi yoshidan boshlab shona, gullarni zararlay boshlaydi.
Karadrina (Spodoptera exigua Hb.) g‘o‘zaning xavfli zararkunandasi bo‘lib, O‘rta Osiyo va Kavkaz orti respublikalarining barcha paxtakor tumanlarida keng tarqalgan, vaqti-vaqti bilan zo‘r berib ko‘payadi. Karadrinaning tarqalish doirasi juda keng. U 48-57° shimoliy va 35-40° janubiy kenglik o‘rtasida yashaydi. Ekvatorial yo‘nalishda u butun yer kurrasi buylab tarqalgan.
O‘zbekistonda ko‘proq Qorakalpog‘istonda hamda Xorazm, Buxoro va boshqa viloyatlarda uchraydi. Har 4-7 yilda bir marta to‘satdan ko‘payib qoladi, juda kuchli rivojlanib, bir mavsumda juda katta maydonlarni egallaydi va dexqonchilikka katta. talofat keltiradi.
Karadrina hammaxo‘r hasharotdir. U o‘simliklarni 100 dan ortiq turi bilan oziqlanadi. G‘o‘za, beda, tamaki, qand lavlagi, nuxat, makkajo‘xori, kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlarni; yovvoyi o‘simliklardan esa olabuta, qo‘ypechaq yovvoyi tojixUroz, ito‘zum va boshqalarga qattiq shikast yetkazadi.
Kichik yoshdagi qurtlari barg etini yeydi, katta yoshdagilari esa barglarni kemirib, teshik qilib ketadi yoki bargning chekkalarini kemiradi, novdalarning uchlarini, mevabandini kemiradi, gulyonbarglarini, gullarni yeb qo‘yadi, ba’zan hosil nishonalarini teshib ketadi. Karadrina erta bahorda (martdan) ucha boshlaydi va kech ko‘zgacha uchishni davom ettiradi. Karadrinani boshqa tunlamlardan o‘ziga xos belgilariga qarab ajratib olish mumkin.
Kapalak tanasining buyi kichikrok (11-13 mm), qanotlari yozilganda 23-24 mm keladi. Oldingi qanotlari qoramtir kulrang, qanot chekkalari kulrang hoshiyali. Qanotlarining oldingi chekkalarida o‘ncha katta bulmagan to‘q dog‘lar yaxshi ko‘rinib to‘radi. Qanotining taxminan O‘rta qismida buyraksimon ko‘ng‘ir dog bo‘lib, atrofi to‘q-sariq guborli, uning yonida ancha kichik yumaloq dog bor, u zangsimon to‘q sariq tusli bo‘lib, o‘rta qismi ajralib to‘radi. Orqa qanotlari oqish - kulrang, ularning chekkalari va tomirlari kulrang va to‘qlari ok yoki sarg‘ish bo‘ladi. Bahorda kapalaklari jinsiy yetilmagan xolda uchib chiqadi va gullarning nektarlari bilan qushimcha oziqlanishga muhtoj bo‘ladi.
Karadrina g‘o‘za tunlamidan farq, qilib, o‘z tuxumlarini bir necha o‘ntadan to‘p-to‘p qilib qo‘yadi va ularni qorin qismidan olingan tuklar bilan yopadi. Qishlab chikkan kapalaklarning bittasi 2000 tagacha, o‘ndan keyingi bo‘g‘indan chiqqanlari esa 300 dan 600 tagacha tuxum qo‘ya oladi. Tuxumi kukish sariq bo‘lib, sadafsimon tusda tovlanadi, yumshoq diametri 0,5-0,6 mm keladi. Tuxumi asta-sekin qorayib boradi va qurt chiqishiga uch-to‘rt ko‘n kolganda butunlay qorayib qoladi.
Qurti kulrangdan to‘q yashilgacha tovlanadi. Orqasi va yonlari buylab 24-32 ta tulkinsimon to‘q chizik o‘tgan. Bu chiziklarni uchta ok yo‘l to‘rtta tasma yo‘lga bo‘lib turadi. Katta yoshdagi qurtining buyi 30 mm keladi, uning tanasi siyrak qisqa tukchalar bilan koplangan.
Ikkinchi yoshgacha bo‘lgan qurtlar barglarda to‘p-to‘p bo‘lib turishadi va oziqlanishi natijasida barglarni ilma- teshik qilib yuborishadi. Uchinchi marta tullanganlaridan keyin o‘simlik buylab yerga tushishadi va joydan-joyga harakatlanib, oziqa izlashadi. Qattiq zararlangan beda urib olinganidan keyin g‘o‘zaga kuchishi mumkin. Ko‘nning jazirama issiq paytlarida qurtlarning ko‘p qismi yer betiga tushib, to‘proq yog‘iklariga va kesak taglariga kirib oladi.
Qurtlarning ana shu xususiyatlariga qarab ularni zararlangan yem bilan yo‘qotish usuli ishlab chiqilgan. 16-22 ko‘n mobaynida olti yoshni kechirgan qurtlar o‘simlikdan yerga tushadi va 5-15 sm chuqurlikda belanchak yasab, unda g‘umbakka aylanadi.
G‘umbagining buyi 10-15 mm, capg‘ish qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, qorin qismining oxirida ikki tomonga ayrilgan ikkita kichik tikanchasi bor. Bumbaklik davri sakkiz- o‘n ko‘n davom etadi. O‘zbekiston sharoitida karadrina yiliga besh-olti marta bo‘g‘in beradi. Har kaysi bug‘inning rivojlani­shi o‘rtacha 30 ko‘n davom etadi. Karadrinaning kar to‘rt-besh yilda birdan ko‘payib ketishi kayd etilgan.
Biologik xususiyatlari, Karadrinaning kapalaklari o‘suv davri davomida oziqabop yosh o‘simliklarni kiradi. Karadrina erta bahorda usib to‘rgan begona o‘tlar, beda va ekinlarning nihollariga kuchadi, yozda esa g‘o‘za va boshqa ekinlarga yoppasiga o‘tadi. Qurtlar yetilayotgan va eskirayotgan o‘simliklar bilan oziqlanishga majbur bo‘ladi, natijada kapalaklar juda kam tuxum qo‘yadi, tuxumidan chikkan qurtlar esa kamdan-kam yashab qoladi.
Mu’tadil rivojlanish sharoitida va mavjud namlikda kapalaklar kuzda yangidan o‘sadigan o‘simliklarga tuxum qo‘yadi. Shu boisdan joydan-joyga kuchish va oziqabop o‘simliklarni almashtirish yuli bilan zararkunanda kech ko‘zgacha ko‘payaveradi [22].
O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida olib borilgan tadqiqotlarga qo‘ra, karadrina bahorda yosh o‘simliklar bilan oziqlanganda uning faoliyati keskin kuchayadi, pushtliligi nihoyatda (2000 tuxumdan ziyod) oshadi, qurtlarining yashab kolishi 100% gacha yetadi. Xanuzgacha karadrinaning qishlab qoladigan shakli (fazasi) noaniqligicha kolib kelyapti.
Taxmin qilinishicha, karadrinaning juda oz qismi (balki kapalak shaklida) qishlaydi, ammo ularni aniqlash nixoyatda kdyin. Karadrinaning ko‘payish muddati va o‘ning bo‘g‘inlari soniga oid hisoblar kech kuzgacha, chegara hisoblangan o‘rtacha o‘n ko‘nlik harorat 10° ga yetguncha, zararkunandaning rivojlanishi kaysi shaklda tamomlanishi aniqlanganicha davom ettiriladi. O‘zoq muddatga mo‘ljallangan bashoratlar bir bo‘g‘inning rivojlanish muddatlariga doir ma’lumotlar holida to‘zib chiqiladi.
Bunda oxirgi va oxirgidan oldingi b|o‘g‘inlarga oid ma’lumot ayniqsa muximdir, chunki aynan shunga qarab qadarinaning kelgusi yilgi faoliyati aniqanadi. Agar oxirgi va oxirgidan oldingi bug‘in kapalaklari uchayotgan davrda havoning o‘rtacha o‘n ko‘nlik harorati 13,5° dan yuqoriroq bo‘lsa, bu kelgusi yili karadrina oz bo‘lishidan dalolat beradi va aksincha. Har yilgi xdosobotlar oxirgi bug‘in kapalaklari xharorat 13,5° dan past bo‘lganida uchishi uchun qulay keladigan sharoitlar qatorasiga necha yil takrorlanishini aniqlashga imkon beradi.
O‘zbekistonda, ayniqsa Xorazm, Samarqand, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston sharoitida karadrina kelgusi yili juda ko‘payib ketishi uchun sho‘nday 2-3 yil bo‘lishi kifoyadir. Bunday hollarda hayotiy faoliyati shu qadar keskin zo‘rayadiki, o‘rg‘ochilari 2000 tagacha tuxum qo‘yadi va juda ko‘plab yashab qoladi va har 1 m2 da 300 tagacha qurt paydo bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda karadrinaning jinsiy feromoni yaratilib, IBOX tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin.
Karadrinaning kushandalari. O‘zbekistonda karadrinaning 36 turdagi entomofag hasharotlari ma’lum. Kushandalardan eng ko‘p xuruj qiladiganlari brakonidlar, ixnevmonidlar va taxinalardir. Yirtqichlardan chumolilar, oltinko‘zlar, sandala oriuslar, «xonqizi» qo‘ng‘izi va vizillovchi pashshalar uning qurtlariga xujum kiladi. Bu hasharotlar zararko‘nandaning tuxumini ham, qurtlarini ham kolib yo‘qotishi mumkin. Karadrinani hasharot entomofaglardan tashqari kushlar ham ko‘plab yo‘qotadi.
Kurash choralari. 1. Bush yotgan yer va qo‘riqlarni o‘zlashtirish, ekinlardagi begona o‘tlarni mo‘ntazam yuuotib borish, kuzgi shudgorlash, kuzda yaxob suvi berish va o‘simliklarning rivojlanishini tezlatadigan agronomiya tadbirlarini amalga oshirish, ekinlarda ko‘plab qurt paydo bo‘lganda qo‘shimcha sug‘orish.
2.Bahorda va yozning boshlarida zararko‘nanda yoqtiradigan begona o‘tlar o‘sadigan bush yerlarni mo‘ntazam ravishda tekshirib borish. Zararko‘nanda ko‘payishi mumkin bo‘lgan xavfli mintaqalarda bu tadbir ayniqsa zarurdir.
3.G‘o‘za tunlamiga qarshi tavsiya etilgan preparatlarni yuqoridagi sarf- me’yorlarda karadrinaga krrshi ishlatish ham yaxshi samara beradi. Agar bu zararkunandaning paydo bulish muddatlari g‘o‘za tunlamini yo‘qotish vaqtiga tug‘ri kelsa, u holda bo‘nday ishlov berishlar ikkala zararkunandaga ham ta’sir kilaveradi. Karadrinaga qarshi maxsus kurash tadbirlarini o‘tkazish 10-15% o‘simliklar zararlanganida tavsiya etiladi.

Download 274.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling