FIZIK MASALA YECHIMINING TO’G’RILIGINI QANDAY TEKSHIRISH MUMKIN?
Fizikadan istalgan, jumladan, murakkab masala yechilganida olingan yechim yoki javobning to’g’riligini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Ana shu javobning to’g’riligini tekshirish masalani ishlagan o’quvchi yoki talabada katta qiziqish uyg’otadi. Masalaning to’g’ri yoki noto’g’ri ishlanganligini tekshirishning turli usullari mavjud. Ular yordamida masalani yechishda yo’l qo’yilgan xatoni tezda topish mumkin. Masalan, o’quvchi yoki talaba o’zi ishlagan masala javobini ushbu masalani boshqa usul bilan yechgan o’quvchi yoki talabaning javobi bilan taqqoslashi mumkin. Ammo bunday imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi.
Shu sababli yuqorida qo’yilgan masalaning yechimini topish uchun ushbu maqolada fiziklar keng qo’llaydigan bir necha usullar ko’rib chiqiladi. Ular quyidagilar: 1. Masala yechimi o’lchamligini tekshirish. 2. Masala yechimining simmetrikligini tekshirish. 3. Masala yechimining xususiy yoki chegaraviy holini tekshirish. 4. Masala yechimining qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlari sohasini tekshirish.
Ana shu usullarning birortasini qo’llash uchun tekshirilayotgan masala yechimining algebraik ifodasi, ya’ni formulasidan foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan usullarning qisqacha sharhi va ularga doir misollar quyidagicha bo’ladi.
1 . Masala yechimi o’lchamligini tekshirish. Masala yechimini aks ettiruvchi oxirgi formulaga kirgan fizik kattaliklarning birliklarini xalqaro birliklar sistemasida qo’yilganida qidirilayotgan fizik kattalikning bu sistemadagi birligi kelib chiqishi kerak. Shu nuqtai‑nazardan masala yechimini uning o’lchov birligi shundoqqina ko’rinadigan shaklda yozib olish lozim. Bunday hollarda o’lchamligi yo’q yoki o’lchamligi turg’un, ya’ni avvaldan ma’lum bo’lgan munosabatlar alohida ajratib olinadi. Bularga o’lchamsiz ba’zi fizik doimiylar (ishqalanish va foydali ish koeffitsiyentlari, dielektrik singdiruvchanlik,magnit kirituvchanlik va hokazo), bir xil fizik kattaliklarning nisbati, o’lchov birligi ma’lum bo’lgan ba’zi fizik munosabatlar, masalan, (bosim o’lchamligi), (vaqt o’lchamligi) va hokazolar kiradi.
Misol tariqasida quyidagi ma’lum masalani ko’rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |