Grafik masalalarni yechish xususiyatlari
FIZIK MASALALARNI YECHISH METODLARI
Download 0.6 Mb.
|
Grafik maslalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arifmetik metod.
1.4. FIZIK MASALALARNI YECHISH METODLARI.
Masalalani yechish metodlari, masalalarning sodda yoki murakkabligiga, o’qituvchilaning qo’ygan maqsadiga, o’quvchilaning bilim darajasi va boshqa talaygina sabablarga bog’liq. Masalalani yechish metodlari ulami yechishda qo’llaniladigan matematik apparatlarga ko’ra: 1. Arifmetik metod. 2. Algebraik metod. 3. Geometrik metod. 4. Grafik metodlarga bo’linadi. Masalalani yechish jarayonida foydalaniladigan mantiqiy amallar xarakteriga ko’ra analitik, sintetik yoki analitika-sintetik metodlarga bo’linadi. Arifmetik metod. Masalani arifmetik metod bilan yechilganda, masaladagi fizik kattaliklar ustida faqat arifmetik amallar bajariladi. Ya’ni fizikaviy masalalarni arifmetika darslaridagi singari yechiladi.Formulalarni qo’llamasdan savollar yoziladi.Bu metoddan, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida fizika o’qitishning boshlang’ich davrida hali o’quvchilar algebradan tegishli bilimga ega bo’lmagan yoki fizik formulalarga kirgan kattaliklar orasidagi bog’lanishni chuqur tushunmagan paytda qo’llaniladi. Arifmetik metodning yana o’ziga xos bir xususiyati, unda tenglamalar tuzulmasligida va tenglamalar yechilmasligidadir. Harfiy ifodalami qo’llab arifmetik metod yordamida masala yechishga misol keltiraylik. Geometrik metod. Agarda masalani yechishda o’quvchilarga ma’lum bo’lgan geometrik munosabatlardan foydalanilsa, bunday metod geometrik metod deyiladi. Bu metoddan statikada, elektrostatikada geometrik optikada ko’proq foydalaniladi. Geometrik metod bilan masala yechishga misol keltiramiz. Grafik metod. Grafik masalalarni yechish bilan grafik metod chambarchas bog’langan. Grafik metodda masalada topilishi kerak bo’lgan fizik kattalik grafikdan foydalanib topiladi. 2-rasmda massasi 2kg bo’lgan jism tezligining vaqtga bog’liq o’zgarishi grafigi berilgan. Grafikning oa, av, vs qismlarida jismga fa’sir qilayotgan kuchlarni toping? Yechish. Yuqorida aytganimizdek tezlik o’zgarishining vaqtga bog’liq grafigidan foydalanamiz. Sintetik metod. Mulohaza qilishning sintetik usulida izlanayotgan fizik kattalikning aniqlanishiga asos yaratiladi. Buning uchun dastlab berilgan fizik kattaliklar orasidagi oraliq munosabatlar aniqlanadi. Ma’lum amallarni bajarish natijasida izlanayotgan kattalik topiladigan ifoda hosil qilinadi. O’quvchilar ko’pincha masalalani sintetik usulda yechishga moyil bo’ladilar. Ya’ni ular izlanayotgan kattalikni topishga imkon beradigan, o’zlari biladigan formulalarni yozadilar. Formulalani istalgan kattalikni topishga imkon berguncha o’zaro bog’lab yozadilar. Bunday bog’lanishlarda, izlanayotgan kattalikni topishga imkon bermaydigan yo’llarga ham ketib qolishi mumkin. Yechilishning sintetik usuli sodda bo’lib, hamma vaqt ham istalgan natijani beravermaydi. Analitik usul qiyin, chunki amallaming qat’iy mantiqiy tartibda bo’lishini talab qiladi, natijada masalani yechish tezroq bo’ladi. Yuqori sinflarda masala yechishda analitik usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki bu usul mantiqiy fikrlashning rivojlanishiga yordam beradi. masalalami yechishda analitik va sintetik usullarni bir-biridan ajratish qiyin, ular hamma vaqt bir-biri bilan bog’langan holda keladi. Shuning uchun masalalar yechishning analitik-sintetik usuli haqida gapiriladi. Har doim masalani yechish masalaning mazmunini muhokama qilishdan, nima so’ralayotganini aniqlashdan boshlangani uchun analitik usul analiyeik usul birinchi o’rinda bo’ladi. Masalani yechish uchun umumiy formulani yig’ayotganda sintez qilinadi. Bunday hollarda masalani yechishning bu usulini analitik usul deyish mumkin. Analitik usul. Masala mazmunini mulohaza qilish orqali sirtmoqning pastki nuqtasiga qanday kuchlar ta’sir qilishi aniqlanadi. Bu kuchlar og’irlik kuchi , tayanchning sharchaga reaksiya kuchi n dir. Og’irlik kuchi pastga, tayanchning reaksiya kuchi markazga tomon yo’nalishini chizmada ko’rsatamiz. (4rasm). Nyutonning uchinchi qonuniga ko’ra sharcha harakat davomida tayanchga qanday kuch bilan bosgan bo’lsa, sharcha ham tayanchga shunday kuch bilan ta’sir qiladi. demak sharcha sirtmoqning pastki nuqtasiga qanday kuch bilan bossa, nuqta sharchaga xuddi shunday kuch bilan qarama-qarshi yo’nalishda ta’sir qiladi. Bundan sharchaning sirtmoqning pastki nuqtasiga bosim kuchi, tayanchning reaksiya kuchiga son jihatidan teng bo’lib, pastga qarab yo’nalganligi kelib chiqadi. Sintetik usulda bu masalani yechishda avval energiyaning saqlanish qonunidan foydalanib, sharcha sirtmoqning pastki nuqtasidan qanday tezlik bilan o’tishi aniqlanadi. Izlanayotgan kattalikni topishga asos yaratiladi. Keyin esa Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalanib tayanchning reaksiya kuchi topiladi.Natijada bu holda ham n q 7mg ekanligi kelib chiqadi. tajribalar bunday masalalami analitik usulda yechish afzalligini ko’rsatadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling