Grafik qismi iqtisodiy qismi mehnat muhofazasi va tx
Download 225.55 Kb.
|
1 saroy ishi va yo\'nalish lozimligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nashr qilingan asarlari
- Ilmiy adabiyot
II. ASOSIY QISM
2.1. Sayfi saroy ishi tarixi O’zbek mumtoz adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlog’ida tug’ilgan. Oltin O’rda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining so’nggi yillarini Misrda o’tkazgan va u yerda vafot etgan. Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha g’azallari, qasida, qit’a, ruboiylari, “Suhayl va Guldursun” dostoni (1394) hamda Sa’diy Sheroziyning asarining tarjimasi “Gulistoni bit–turkiy”(1390-91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) "Turk adabiyoti namunalari"da berilgan. “Suhayl va Guldursun” dostoni o’zbek epik she’riyati taraqqiyotida o’z o’rniga ega. Doston xalq afsonasi “Guldursun” asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, ya’ni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan. Nashr qilingan asarlari: Sayfi Saroyi. She’rlar, Guliston. – T.: 1968; Sayfi Saroyi. Gulistoni bit turkiy. Kitobda: 14 asr Xorazm yodnomalari. – T.: Fan, 1973; Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun. Kitobda: Uch bulbul gulshani. – T.: G’afur g’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. Ilmiy adabiyot: O’zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. – T.: Fan, 1978. Sayfi Saroyi XIV asrda yashab ijod qilgan turkiy adabiyot vakillaridan biridir. U adabiyotimizda shoir va tarjimon sifatida о‘z о‘rniga ega. Manbalardan ma’lum bо‘lishicha, Sayfi Saroyi 1321 yilda Qamishli yurtida tug‘ilgan. Qamishli-Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi. Ammo u nom Volga bо‘yida ham kо‘p uchraydi. U Qamishlidan bilimini oshirish uchun Saroyga keladi. Saroy-Oltin О‘rda davlatining poytaxtidir. Muhammad ibn Arabshohning yozishicha, «Saroy tutgan о‘rni va xalqining juda kо‘p bо‘lishi bilan eng katta shaharlarning birisi edi. U fan markaziga aylandi. Oz vaqti ichida bu yerda kо‘plab atoqli, mashhur kishilar tо‘plandi». Ular orasida Qutbiddin ar-Roziy, Ma’sud Taftazoniy, Kamoliddin at-Turkmaniy, Hofiz ibn Bazzoziylar bor edi. Shuningdek, mashhur shoir Kamoliddin Xо‘jandiyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yaxshi ma’lum. Shoir shu yerda yashab turgan davrida «Saroyi» degan taxallusini olgan. Sayfi uning ismi bо‘lib, «Qilich» degan ma’noni bildiradi. /B.Tо‘xliyev. 9-sinf. 189-190-betlar/. Sayfi Saroyining yashab ijod qilib о‘tgan davri tarixda О‘zbekxon о‘g‘li Tinibek va Jonibeklarning hukmronligi davriga tо‘g‘ri keladi. XIII asrdagi mо‘g‘ullar istilosi mamlakatni izdan chiqargan edi. Bu bosqin tufayli kо‘plab kishilar qirildi. Kо‘plab shoirlar о‘zga yurtlarga ketib qoldi. Sayfi Saroyi ham shulardan biri edi. U shunday yozadi: О‘sib tuprog‘im uzra nayzalar, men evdin ayrildim, Vatandin benishon о‘ldimda, о‘zga yurtga evrildim. Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor? Iloho ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim. Demak, Sayfi Saroyi Movarounnahrda, Oltin О‘rda davlatining poytaxti Saroyda yashab ijod qilgan. Misr va Turkiyada ham yashagan. «Guliston bit-turkiy» kitobidagi quyidagi misralar shoirning Misr maliklaridan birining xizmatida bо‘lganligi, qarib qolganligi tufayli о‘z vataniga ketish uchun malikdan ruxsat sо‘raganidan dalolat beradi: Ilohiy bu qari miskin qulingni, Bag‘ishla kо‘rguzub tо‘g‘ri yо‘lingni. Maliklar rasmidir dilshod qilmoq, Qarisa qullarin ozod qilmoq. Qari yorli quling Sayfi Saroyi, Faqiru benavo lutfing gadoyi. Ani lutfing bilan dilshod qilg‘il, Bag‘ishlab yozuqin ozod qilg‘il. Adib taxminan 1396 yilda vafot etgan. Sayfi Saroyining о‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qо‘shgan hissasi bebahodir. Undan bizgacha, bir qancha g‘azal, qasida, qit’a, ruboiylar, «Suhayl va Guldursun» dostoni, «Sinbondnoma», «Guliston» kabi asarlarining erkin tarjimalari yetib kelgan. Bulardan tashqari, Sa’diy «Guliston»i tarjimasiga kiritilgan original she’riy parchalar, masnaviylar ham Sayfi Saroyi qalamiga mansubdir. Shoir g‘azallarida shakl va mazmun birligini birinchi о‘ringa qо‘yadi. Shoirning «Shoirlar ta’rifida» degan masnaviysida ijodkorlarga talabchan munosabatda bо‘ladi: Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘, Kimi bulbuldurur sо‘zda, kimi zog‘. Kimi tо‘ti tegin chaynar shakarni, Kimi lafzi bilan о‘rtar durarni. Kimining sо‘zlari mavzunu shirin, Kimining loyiqi ta’rifi tahsin. Kimi о‘zganing ash’orin menim der, Kimi hayvon kabi shalg‘am chо‘pin yer. Kimi ma’ni tuzub vaznin tuzotur, Kimi vaznin buzub, san’at kuzotur. Sayfi Saroyining lirik she’rlari miqdor jihatdan juda oz. Devon tariqasida tartib berilmagan. Bizgacha undan faqat «Gulistoni bit-turkiy» asarining kirish qismidagi va sо‘nggi varaqlaridagi «Kо‘ngul», «Topulmas», «Kо‘zlaring», «Taolalloh zehi surat», «Ul yuzi oy», «Yangi oy», «Qamar yuzingdin», «Yerur», «Tutar», «Meningtek nechalar hayron», «Kо‘rinur» kabi g‘azallari va bir «Bahor tasviri» she’ri yetib kelgan. Shu she’rlar ham shoir she’riyati haqida ma’lum tasavvur uyg‘otadi. Sayfi Saroyi she’rlariga nazar solsak, mavzu jihatdan turlicha ekanligini kо‘ramiz. Ishq-muhabbat, vafodorlik va sadoqat mavzulari yetakchilik qilgani holda, odamiylik, inson qadr-qimmati, ijtimoiy mavzular ham uchraydi. Shoir sо‘z о‘yinlaridan mahorat bilan foydalanadi. «Yerur» radifli g‘azali bu jihatdan xarakterlidir: Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur, Bо‘yina oshiq sanubar, yuzina gul, zor erur. Og‘zi fistuq, kо‘rki tangsuq, о‘zi mushfiq yor erur, Husnining chovi Xitou Chin ichinda bor erur. Asli alchin, sо‘zlari chin, kо‘zlari totor erur, Ming yashar har kim dudog‘i sharbatin totor erur... Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur, Andin о‘zga birla oshiqqa yemak osh, or erur. Sayfi Saroyi g‘azallari о‘zining ohangdorligi, sodda va о‘ynoqiligi bilan ham ajralib turadi. Yangi oydur qoshing, ey kо‘rka boyim, Qilur ta’zim yuzungni kо‘rsa oyim. Su ichkanda dudog‘ingdan su tomsa, Bitar qandu shakar ul yerda doyim... Shoir yaxshilikni ilgari suradi. Yomonlik qilganga ham yaxshilik qil deydi: Yamonlik qilgan erga, ezgulik qil, Qopar it og‘zini luqma otadur. Sayfi Saroyining bunday qarashlari «Gulistoni bit- turkiy»da keltirilgan baytlarda ham kо‘rinadi. Yetganicha kuching kо‘ngul yopqil, Kim xaloyiq senga duo qilg‘ay. Tushgan er hojatin ravo qilsang, Haq sening hojating ravo qilg‘ay. Yoki: Sindirur bо‘lsa urib oltin qadahni katta tosh, Sinmas oltin qiymati, ortmas bahosi toshning. Sayfi Saroyi shoir Xorazmiyning tabiat gо‘zalligini madh qilgan bir g‘azaliga nazira tariqasida yigirma tо‘rt baytlik qasida ham yozgan. Uning bu qasidasi Iskandariya hokimiga bag‘ishlangan. U bizgacha yetib kelgan о‘zbek tilida yozilgan XIV asr qasidasining ilk namunasidir. Sayfi Saroyining «Suhayl va Guldursun» dostoni ham xarakterlidir. Bu doston haqida manbalarda ma’lumot yо‘q edi. 1966-67 yillarda farg‘onalik Kamolxon Sultonov degan kishining qо‘lida saqlangan qо‘lyozma asosida u topildi. Bu qо‘lyozmada Sayfi Saroyiga zamondosh Tug‘lixoja Xorazmiy, Mavlono Ishoq Xorazmiy, Mavlono Ahmad Urganjiy kabi shoirlarning bir qancha g‘azallari berilgan. Sо‘nggida Sayfi Saroyining ikki bayti, uch qit’asi va 82 bayt-164 misradan iborat «Suhayl va Guldursun» dostoni berilgan. Bu liro-yepik asardir. Doston asosida dunyoviy ishq yotadi. Sevgida vafodorlik, mardlik tarannum etiladi. Manbalarda qayd etilishicha, doston 1394 yilda yozilgan. Asar Nizomiyning «Xisrav va Shirin», Navoiyning «Mehr va Suhayl» asarlarini eslatadi. Dostonning qisqacha syujeti shunday: Amir Temur Urganchga hujum qiladi. Kо‘p kishi asir olinadi. Ular orasida Suhayl ham bor edi. Temurning qizi Guldursun Suhaylni kо‘rib sevib qoladi. Guldursun qorovullarni mast qilib, Suhaylni banddan ozod qiladi. Ular qochadilar. Sahroda ochlik va suvsizlikdan Guldursun holsizlanib qoladi. Uzoq qishloqqa suv izlab ketgan Suhayl qaytib kelganda Guldursun vafot etgan bо‘ladi. Dahshatga tushgan Suhayl shunday qarorga keladi: Menga yaxshi bukun yor birla о‘lmak, Na lozim g‘am bilan dunyoda qolmak. U о‘ziga tig‘ sanchadi va halok bо‘ladi. Shamol bо‘lib, ularning jasadini qumlar bilan kо‘madi. Suhayl oh urdi, shu dam qо‘pdi bо‘ron, Aningtekkim, buzuldi charxi davron. Alar uzra tо‘kildi, kо‘mdi tuproq, Bu sirni tanho sahro bildi kо‘proq. Sayfi Saroyining bulardan tashqari, Sa’diyning «Guliston» asarini tarjimasi hisoblangan «Gulistoni bit-turkiy» asari ham yetib kelgan. Olimlarimizning qayd etishicha, hijriy 793, melodiy 1390-91 yillarda tarjima qilingan bu asar fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asarining о‘zbek tilidagi eng birinchi ijodiy tarjimasidir. Sa’diy bu asarni 1258 yilda yozgan edi. Sayfi Saroyi «Gulistoni bit-turkiy» asarining jahon bо‘yicha birdan-bir nusxasi Leyden universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qо‘lyozmaning fotonusxasi Moskva va Toshkentda ham saqlanmoqda. Farg‘onada topilgan «Yodgornoma»da bor.. Sayfi Saroyi «Guliston»ning asosiy mag‘zini olib uni о‘z zamonasi ruhini aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan tо‘ldirib, ona tilida xalqiga taqdim etadi. Sayfi Saroyi «Guliston»idagi hikoyatlar quyidagi boblarga bо‘lingan: Birinchi bob-sultonlar haqidagi hikoyatlar. Ikkinchi bob-faqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar. Uchinchi bob-qanoatning foydasi haqidagi hikoyatlar. Tо‘rtinchi bob-sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar. Beshinchi bob-ishqdagi yigitlik sifati haqidagi hikoyatlar. Oltinchi bob-qarilikdagi zaiflik sifatlari haqida. Yettinchi bob-tarbiyaning ta’siri haqida. Sakkizinchi bob-suhbat odoblari haqida. Har hikoyatning oxirida masal yoki falsafiy chekinishlar mavjud. Masallar, tо‘rtlik, baytlar shoirning mulohazalarini tasdiqlash uchun xizmat qilgan. Asardagi hikoyatlar mavzulari rang-barang bо‘lganidek, obrazlar ham xilma-xildir. Shohlar, vazirlar, amaldorlar, ruhoniylar, olimlar, hunarmandlar, dehqonlar, darveshlar, о‘g‘rilar, pahlavonlar, savdogarlar va boshqalar. Shartli tarzda nomlanuvi «Asir, podsho va vazir» haqidagi (asir podshoni sо‘kishi, ikki vazir ikki xil talqin etishi), («Podsho va uch о‘g‘li») kichik о‘g‘ilning kо‘rimsiz, ammo jasurligi), «Malik, qul va kema», «Nо‘shiravon va kiyik ovlash», «Tosh bilan bog‘liq hikoyat», «Pahlavon va shogirdi» (shogirdning xiyonati va 360 usul), «Pahlavon va sо‘kish», «О‘g‘ri, shoir va itlar» kabi hikoyatlar xarakterlidir. Umuman, «Gulistoni bit-turkiy»dagi hikoyatlarni о‘qish, undagi mazmun va mohiyatni anglash, hikoyatlardagi qiziqarli tasvirlar har bir о‘quvchini о‘ziga rom eta oladi. Download 225.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling