Grafik qismi iqtisodiy qismi mehnat muhofazasi va tx
II. Versal sulg shartnomasiga
Download 225.55 Kb.
|
1 saroy ishi va yo\'nalish lozimligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sen-Jermen- Sulx shartnomasiga
- Trianon-sulg shartnomasiga
- Sevr- sulg shartnomasiga kura
- Genuya konferensiyasi 1922 yil 10 apreldan 19 maygacha davom etdi.
II. Versal sulg shartnomasiga muvofik Germaniya va uning ittifokchilari urushning aybdorlari deb xisoblandi.Germaniyaning xamma mustamlakalari tortib olinib, Angliya, Fransiya, Belgiya va Yaponiyatasida taksimlandi. Fransiya va Angliya Afrikadagi Togo va Kamerunni taksimlab oldilar. Germaniya Yevropadagi anyaagina xududlaridan ajraldi.Fransiya ilgari kўldan ketgan Elzas va Lotaringiyani kaytarib oldi. U 15 yil davomida Saar oblasti kўmiriga egalik kiladigan bўldi. Bu oblast Millatlar Ittifoki tomonidan idora kiladigan bўldi. Reyn oblasti esa demilitarizasiya (de bekor kilish)-xalkaro shartnoma, muayan xududda mavjud garbiy istekkomlarni va inshootlarni saklab turish yoki yangilari kurish kilindi. Gdansk (Dansig) dan Germaniya voz kechdi. U millatlar ittifoki xuzuridagi “Erkin shaxarga” aylantirildi. Klaypeda (Memel) xam Germaniyadan ajratib keyinchalik Litvaga berildi.Lekin Germaniya-Polsha chegarasi Polsha zarariga xal kilindi. Polshaning 100 000 kv. Km. Yer va ancha polyak axolisi Germaniya sostavida koldi. Polsha koridori orkali tutashdi xolos. Germaniya-Polsha, Chexoslavakiya, Avstriya va Finlandiyaning mustakilligini tanidi. Elba, Oder, Neman, Dunay xalkaro suv yўli deb e'lon kilindi. Germaniya Garbiy tomondan sikib kuyildi. Germaniya umumiy xarbiy majburiyat bekor kilindi. Armiyaning soni 100 000 kishidan oshmasligi belgilandi.
1921 yil 1-mayigacha reparasiya tulovlarini aniklash belgtlandi. Golib davlatlarga 20 mlrd marka mikdorida oltin va turli mollar tulash majburiyati yuklandi. Deyarli majburiyat yuzasidan golib davlatlarga deyarli butun savdo flotini, 8 ming paravoz, 230 000 vagon, 40 ming ot, 140 000 bosh koramol va xakozalarni topshirdi. Reynning sul kirgogi Antanta kushinlari tomonidan 1935 yilgacha ishgol kilib turiladigan bўldi. Sen-Jermen- Sulx shartnomasiga muvofik Yuliya Krayna, Treist, Istriya, Karantiyaning bir kismi, Janubiy Tiroya va Trentino oblasti Italiyaga berildi. Avstriya Chexoslavakiya va Yugoslaviyaning mustakilligini tan oldi. Galisiya Polshaga, Bukovina Ruminiyaga kaytariladi. Sulx Avstriyadan mustakil bўlib yashashga asos soldi. Avstriyani Germaniyaga kushish Anshlyus ni takikladi. Shunday kilib Sen Jermen sulgi xam eng reaksion shartnomalardan biri edi. Trianon-sulg shartnomasiga kura Vengriya ўz xududining 70% dan ajraldi. Transilvaniya va Banat Ruminiyaga, Slovaniya Yugoslaviyaga, Burgenland Avstriyaga berildi. Vengriya Chexoslavakiya va Yugoslaviya mustakilligini tan oldi. Venger armiyasining soni 35 000 kishidan iborat kilib belgilandi. Sevr- sulg shartnomasiga kura Turkiya ўz xududining 75% dan maxrum bўldi. Turkiyaga krashli Falastin va Irok Angliya nazoratiga, Suriya va Livan Fransiya nazoratiga topshirildi. Armaniston mustakilligini tan oldi. Turkiya Moliyasini boshkarish Xalkaro moliya komissiyasiga topshirildi. 1922-1923 yillarda Sulton monarxiya rejimini bekor kildi. Versal sistemasining ўziga xos xususiyati shuki, u sobik SSSR ga karshi karatilgan edi. Shuningdek, Germaniyani SSSRga karshi kurash boshlashiga yul ochib berdi. Bu sistema zaif va uning barbod bўlishi mukarra edi. Yevropada mustaxkam tinchlik ўrnata olmadi. Urushda golib va maglub mamlakatlar ўrtasida ziddiyatlarni kuchaytirdi. Germaniya mustamlakalarning aksari Angliya va Fransiyaga ўtdi. Angliya Yakin Sharkda, Xindiston va Britaniya dominionlariga borish yullariga xukmron buldi. Dunyo ikki sistemaga bўlinib ketdi. Fransiya Angliyaning Yakin Sharkda xukmron bўlishiga karshi edi. 1921 y Fransiyaning yordami bilan va uning ta'siri ostida Kichik Antanta tuzildi. Fransiya-Polsha bilan siyosiy iktisodiy aloka urnatdi. Birok AQSH Yevropa va jaxon siyosatiga aralashishni davom ettirdi. 1920-1921 yillarda ruy bergan iktisodiy inkiroz zaminida imperializmning barcha ziddiyatlari eng asosiy ziddiyatlar bulib koldi. Uzok Sharkda jiddiy nizo vujudga keldi. Yaponiya Shandunda ўz pozisiyasini kuchaytirib olganligi Amerika imperializmning agressiv muddaolariga zid edi. AQSH ittifokchilarining AQSHdan karzi 11 mlrd dollarni tashkil kilar edi. AQSH karzlarni kistash yuliga ўtdi. Reparassiya masalasida 1920-1921 yillarda bir necha marta konferensiya bulib ўtdi. 1921 yil yanvardagi Parij konferensiyasida reparasiya tulovi 226 mlrd oltin marka mikdorida kilib, tulov muddati 42 yil kilib belgilandi. Reparasiyaning 52% Fransiyaga, 22% Angliyaga, 10% Italiyaga va kolgan kismi boshka davlatlarga berildi. Germaniyaning iltimosi bilan reparasiya tulovi 1 yilga kechiktirildi. 1923 yilda tulov muddatini uzaytirishni Germaniya suradi. Fransiya bunga karshi yangi nizolar kila boshladi. Angliya karzlari 30% kamaytirilib, tulash muddati 62 yil kilib belgilandi. Lekin AQSH bilan uning urtasidagi ittifokchilar ўrtasida ziddiyatlar vakti-vakti bilan keskinlashib turdi. 1921 yil martda xokimiyat tepasiga kelgan prezident Garding boshchiligidagi respublikachilar xukumati Parij konferensiyasining Uzok Sharkka doir karorlarini kayta kurib chikishni ўzining asosiy vazifalaridan biri kilib kuydi. AQSH Angliyaning dengizdagi xukmronligini yukotishga, Angliya-Yaponiya ittifokini tugatishga, Yaponiyaning Xitoyda kuchaygan pozisiyasiga putur yetkazishga xamda Xitoyda “ochik eshiklar “ va teng imkoniyatlar “ prinsipiga rioya kilish baxonasi bilan Xitoyning AQSH tomonidan asoratga solinishi uchun sharoit yaratishga zўr berib intildi . AQSH ўzining iktisodiy va moliyaviy kuvvatiga tayanib, ўzidan boshka iperialistik davlatlarning Uzok Shark rayonlaridagi ziddiyatlaridan foydalandi. AQSHning tashabbusi bilan yangi xalkaro konferensiya-Vashington konferensiyasi chakirildi. 1921y 12 noyabrdan 1922y 6 fevralgacha davom etdi. Konferensiyada 9 davlat: AQSH, Angliya,Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya. Yaponiya, Xitoy katnashdi. Bu konferensiyada AQSH asosiy rol ўynadi. Konferensiyada Xitoyning manfaatlari, xukuklari va konuniy talablari e'tiborga olinmadi. Vashington konferensiyasi Xitoyga va Rossiyaga karshi karatilgan edi. 1.Xitoy va Rossiya masalasi, ya'ni AQSH delegasiyasi Rossiyaga karashli Sharkiy Xitoy temir yўli (K.V.J.D) ustida xalkaro nazorat va rejim ўrnatishga urinib kўrdi. 2. AQSH, Angliya, Fransiya va Yaponiyaning 1921y 13 dekabrda kabul kilingan “Tўrt davlat shartnomasi”ga kўra Tinch okeanidagi orollar daxlsizligi kўrsatildi. 3. Konferensiyaning yana bir xujjati AQSH , Angliya,Yaroniya, Fransiya, Italiya 1921 yilda 6- fevralda kabul kilingan “Dengiz kurollarini cheklash tugrisida shartnoma”bўlib, bu 5 davlat shartnomasi edi. AQSH Angliya floti bilan teng darajada bulishga erishdi. Yaponiya ixtiyorida kulay xarbiy flotlar koldi. 4. Xitoyga nisbatan 9 davlat shartnomasi edi. Bunga kura davlatlar Xitoyning suverintetini, mustakilligini, xududiy daxlsizligini tan oldilar. Yaponiya Shandanning Angliya Vey Xayveydan voz kechdi. 5. Umuman 9 davlat shartnomasi imperialistik davlatlarning Xitoyning talash usullari tugrisidagi bitim edi. AQShning maksadi Xitoydagi boshka davlatlarning konkurensiyasining yengib, ularni Xitoydan sikib chikarib, ўz xukmronligini ўrnatishga intildi. Vashington sistemasi Versal sistemasining davomi edi. Bu sistema AQSH bilan Yaponiya ўrtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirib yubordi. 1921 yil dekabrda Londonda Angliya, Fransiya, Italiya bosh vazirlarining Parijda Angliya, Fransiya, ITaliya, Belgiya ekspertlarining kengashlari bўlib utdi.1922 yil yanvarda Antanta Oliy sovetining kengashi Markaziy va Sharkiy Yevropani iktisodiy tiklash programmasini ishlab chikish uchun Genuyada xalkaro iktisodiy konferensiya chakirishga karor kildi. Bunga Rossiya, Germaniya, Avstriya, Vengriya va Bolgariya taklif kilindi. Genuya konferensiyasi 1922 yil 10 apreldan 19 maygacha davom etdi.34 mamlakat deligasiyasi ishtirok etdi. Angliya va Fransiya asosiy rol ўynadi. AQSH vakili kuzatuvchi bulib katnashdi.Konferensiyada Rus delegasiyasi zaxarli gazlar ishlab chikarishni, kurol-yarogni kiskartirishni taklif etdi. Imperalistik davlatlar Genuya konferensiyasida ўz maksadlariga erisha olmadilar, Muzokaralar Gaaga Konferensiyasida 1922 yil 15 iyun-20 iyulda davom ettirildi. Xar kancha intilmasinlar kўzlangan natijaga erishalmadilar. 1922 yil 2-dekabrda Moskvada Rossiya, Polsha, Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiya tuknashib kurolli kuchlarni 2.5 ichida 75% ga kiskartirishga kelishildi. Download 225.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling