Grammatik aksiomalar


Download 0.59 Mb.
bet5/6
Sana04.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1324523
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aksiomatik nazariya

Amerikalik olim Jozef Grinberg universaliyalarni aniqlashda yangicha bir yondashuvni taklif etdi. Unga ko‘ra, universaliyalar implikatsiya asosi­da aniqlanadi. Bu implikativ universaliya deb nomlanadi. Olim 45 ta implikativ universaliyani aniqlagan.

  • Masalan:
  • 1. Agar til uzluksiz affikslarga ega bo‘lsa, unda yo prefiksatsiya yoki suffiksatsiya yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
  • 2. Agar til istisnoli tarzda suffiksal bo‘lsa, u posleloglarga, kelishiklarga boy bo‘ladi.
  • 3. Agar til istisnoli tarzda prefiksal bo‘lsa, u predloglarga boy bo‘ladi.
  • 4. Agar til VSO modelida bo‘lsa, unda predloglar dominantlik qiladi.

Fonologiya, morfologiya, sintaksis, semantika sohalarida aniqlangan

  • Fonologiya, morfologiya, sintaksis, semantika sohalarida aniqlangan
  • lingvistik universaliyalar 2000-yilga kelib 1600 tani tashkil etdi. Germaniyaning Konstanz universitetida lingvistik universaliyalarning bazasi (Universals Archive) yaratildi va u har yili yangi ma’lumotlar bilan boyitib boriladi.
  • Uni obrazli qilib D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvaliga o‘xshatish mumkin. Davriyjadvalda keyinroq aniqlanishi mumkin bo‘lgan elementlar uchun bo‘sh kataklar qoldirilgan. Xuddi shunga o‘xshab universaliyalar bazasini toldirib borish uchun imkoniyat mavjud.28 Mazkur baza Internetda http://www.ling.uni-konstanz.de/pages/proj/ sprachbau.htm saytiga joylangan.

Lingvistik universaliyalar g‘oyasi ta’sirida metagrammatika haqida qarashlar, nazariy va amaliy tadqiqotlar yuzaga keldi. Ilmiy adabiyotlarda metagrammatika atamasiga turlicha ta’riflar mavjud:

  • Lingvistik universaliyalar g‘oyasi ta’sirida metagrammatika haqida qarashlar, nazariy va amaliy tadqiqotlar yuzaga keldi. Ilmiy adabiyotlarda metagrammatika atamasiga turlicha ta’riflar mavjud:
  • 1. Metagrammatika (yunoncha «metha» - «keyin», «grammatike» - «o‘qish va yozish san’ati») - metaqoidalarga asoslangan grammatika.
  • 2. Metagrammatika - tavsifiy grammatika, formal grammatika, transformatsion grammatika bosqichlaridan so‘ng yuzaga kelgan, qayta yozilgan grammatika.
  • 3. Metagrammatika - programmalash tillarini tavsiflash uchun tabiiy til grammatikasi modeli asosida ishlab chiqilgan metaqoidalar to‘plami.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling