Grammatik kategoriya, grammatik ma'no va grammatik shakl munosabati
Download 243.5 Kb.
|
Grammatika kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Grammatik shakl munosabati ifodalanish usullari
Grammatik kategoriya, grammatik ma'no va grammatik shakl munosabati Rеjа:
Kirish Asosiy qism I bob. Grammatik ma’no va kategoriyaning nazariy asoslari I.1.Grаmmаtik mа’nо hаqidа umumiy tushunchа. Grаmmаtik vа lеksik mа’nо munоsаbаti. I.2.GM turlаri. UGM, ОGM, ХGM hаqidа.GM tаrkibi. Kаtеgоriаl, yondоsh vа hаmrоh mа’nо. II bob. Grammatik shakl munosabati ifodalanish usullari 2.1.UGMni оchish yo’llаri.Grаmmаtik mа’nо ifоdаlаsh usullаri. 2.2.Grаmmаtik shаkllаrning tuzilishigа ko’rа turlаri.Grаmmаtik kаtеgоriya. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish Kurs ishining dolzarbligi: Grammatika tilshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, tilshunoslikning boshqa sohalari bilan aloqasi ko‘p qirrali va murakkabdir. O‘tmishda grammatika to‘ғri yozish va gapirishga yordam beruvchi qonun va qoidalarni o‘rgatadi deb tushunilgan. Bugungi kunda grammatika termini tilshunoslikda ikki ma`noda qo‘llaniladi. Grammatika deyilganda, birinchidan, tilning grammatik qurilishi, ikkinchidan, tilning grammatik qurilishi haqidagi fan tushuniladi. Ikkinchi ma`noda grammatika so‘zlarning ma`lum turkumlarga bo‘linishi, ularning har biriga xos formalar, nutqning grammatik qurilishi haqadagi fandir. Ma`lumki, til kishilik jamiyatida fikr almashish quroli sifatida xizmat qiladi. Kishilarga fikr almashish imkoniyatini yaratib berish uchun har bir til ma`lum miqdordagi grammatik vositalarga ega bo‘lishi kerak. Lekin gapning hosil bo‘lishi uchun so‘zlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Gapda so‘zlar har bir tilning grammatik va fonetik qoidalari asosida birlashib, ma`lum bir fikrni ifodalaydi. Tilning grammatik qurilishi o‘z kategoriyalari va birliklariga ega. Bular so‘z formalari, so‘z birikmalari va gaplardir. Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiyada so‘z turkumlari, uning kategoriyal va nokategoriyal shakllari o‘rganiladi. Sintaksis nutqning grammatik qurilishi haqidagi ta`lim bo‘lib, so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklarni o‘z ichiga oladi. Grammatikaning quyidagi turlari mavjud: - tarixiy grammatika - falsafiy grammatika - umumiy (universal) grammatika - qiyosiy grammatika - tasviriy grammatika (deskriptiv) - transformatsion grammatika. Download 243.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling