Grammatikalar sintaksis bo'yicha darslik va tarjimashunoslik fanidan o'quv qo'llanmalar yaratishda material sifatida xizmat qilishi tabiiy
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilidagi qoshma gaplarning ozbek tilidagi qiyosiy tahlili
(3) ( Ketma-ket bog’lanish)
Ketma-ket bog’lanish
1
3 1 2 3 1
10
Ergash gapli qo’shrna gap atamasi o’rnida ergash gap ishlatiladi. Ilish ergashgan qo’shma gaplarni o’rganishda yangi yo’l – juftlab o’rganish fikrini oldinga surdi. Uning tadqiqiga ko’ra ergash gaplar yoxud ikki sodda gap tobe-hokim munosabatda biri ikkinchisiga bog’lanishda ishtirok etadlgan bog’lovchilarni «relative clause» atamasi bilan bog’lab ular orasidagi munosabatni nisbiy ergashish deb topdi. Ilish nazariyasi bo’yicha ikki sodda gapni bir-biriga tobe-hokim munosabatda bog’laydigan nisbiy olmoshlar yoki nisbiy ravishlar ular orasidagi nisbiy ergashishni keltirib chiqaradi. «The term «relative clause» may very well be applied to any clause introduced by a relative pronoun or relative adverb.» B. Ilish o’zining «The Structure of Modern English» nomli asarida ergash gapli qo’shma gaplarni uchta guruhga bo’lib tadqiq qilgan. Bu tadqiqot qo’shma gaplarni ham O. Jepersenning ingliz tilida ergash gapli qo’shma gaplarni tarkibidagi ergash gapning qaysi gap bo’lagini to’ldirib, izohlab, aniqlab kelishiga ko’ra uch turga bo’linadi degan fikrni asos qilib olgan. B.Ilish nazariyasida ergash gapli qo’shma gaplar ega va kesim ergash gapli qo’shma gaplar (subject and predicative clauses), to’ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar (object clauses and attributive clauses) va ravish ergash gapli qo’shma gap (adverbial clause). Ravish ergash gapli qo’shma gapning turlari bilan birgalikda B. Ilish ingliz tilida ergashgan qo’shma gaplar sonini 12 ta deb topdi. Ularni quyidagicha turlarga ajratdi:
11
B. Ilish ingliz tilidagi ergash gapli qo’shma gaplarni yuqorida ko’rsatilgandek turlarga ajratdi. Umuman olganda, ergash gapli qo’shma gaplarning turi ba’zan 10 ta deb, ba’zida 14 tagacha aniqlangan. Ergash gapli qo’shma gaplarni Ilish yana bir turga taqlid va taqqoslash (clauses of manner and comparison) ko’paytirdi. 70-yillarga kelib rus olimi V. Kaushanskaya boshliq bir guruh rus olimlari ingliz tilida qo’shma gaplarni o’rganishda an’anaviy yo’lni davom ettirdilar. Ular o’zining «A grammar of the English language» asarida K. Kuper boshlab bergan Ganshina davom ettirgan yo’Idan borib, murakkab qo’shma gaplar (The complex sentence) ning tarkibidagi sodda gaplar ikki xil bog’lanishga ega, ya’ni bog’lovchilar yordamida (syndetically) va bog’lovchi yoki yuklamalarsiz (asyndetically) bog’lanuvchi qo’shma gaplar degan fikrni ilgari surdilar. Kaushanskaya va Barxudarovlar ham O. Jespersen tadqiqotidan voz kechmagan holda ergash gapli qo’shma gaplarni grammatik vazifasiga ko’ra, asosan, uch turga bo’linadi degan ta’limotini davom ettirdi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling