Grant Repetitorlik Markazi 6-Sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami


Download 0.79 Mb.
bet9/10
Sana29.11.2020
Hajmi0.79 Mb.
#154814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-sinf 2020


38-mavzu. Rim respublikasi (20 ta)

  1. Qachondan Rim respublika bo’ladi?

  1. Mil. Avv. VI asr oxirida

B) Mil. Avv. VI asr boshlarida

C) Mil. Avv. V asr oxirida

D) mil. Avv. V asr boshlarida


  1. Rimda Xalq majlisida qanday masalalar ko’rib chiqilgan?

  1. Urush e’lon qilish 2) sulh tuzish

3) qonunlarni tasdiqlash 4) qonunlarni bekor qilish

5) Armiyaga, qurilishga mablag’ ajratish

6) mansabdorlarni vazifasiga tayinlash

A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,3,4,6

C) 1,4,5,6 D) 1,2,3,4,6


  1. Xalq majlisi qarorini _____ tasdiqlagan.

  1. Konsul B) Imperator

C) Senat D) Beshyuzlar kengashi

  1. Rimning tub joy aholisi (a) va Rimga ko’chib kelganlar (b) nima deb atalgan?

  1. Plebey 2) Periek 3) metek 4) patritsiy 5) dictator

  1. a-1,b-4 B) a-2, b-3

  2. C) a-2, b-5 D) a-4, b-1

  1. Respublika so’zining ma’nosi nima?

  1. “Xalq ishi”

B) “Xalq hokimyati”

C) “Oqsaqollar kengashi”

D) “cheklanmagan hokimyat”


  1. Senat so’zining ma’nosi nima?

  1. “Xalq ishi”

B) “Xalq hokimyati”

C) “Oqsaqollar kengashi”



D) “cheklanmagan hokimyat”

  1. Respublika davrida Rim kim tomonidan boshqarilgan?

  1. Imperator B) Prezident

C) Konsul D) Senator


  1. Kimlar hech qanday saylovsiz umrbod konsul bo’lgan?

  1. Imperator B) Prezident

C) Konsul D) dictator

  1. Rimda konsullar soni nechta bo’lgan?

  1. 1 ta B) 2 ta

  2. C) 3 ta D) 4 ta




  1. Rimda senatorlar soni nechta bo’lgan?

  1. 100 ta B) 150 ta

C) 200 ta D) 300 ta

  1. Konsullarnig nechtagacha faxriy qorovullari – liktorlari bo’lgan?

  1. 8 ta B) 12 ta

C) 16 ta D) 20 ta

  1. Urush boshlangan paytda yoki qo’zg’olon ko’tarilgan paytda kimlar qo’shinlar boshlig’I etib tayinlanardi?

  1. Konsul 2) Senator 3) dictator 4) imperator 5) Diktator yordamchisi

  1. 1,2 B) 2,4

C) 3,5 D) 1,4

  1. Nima uchun liktorlar yelkalarining o’rtasiga boltacha sanchilgan qiyishqoq arqonchalardan bog’lama taqib yurishgan?

  1. Jang paytida qulay bo’lishi uchun

  2. O’zini himoya qilish uchun

  3. Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligini alomati sifatida

  4. Ularning sevmli quroli bolta bo’lgani uchun ularni doimo olib yurishgan

  1. Rim qonunlari kimlarga taluqli emas edi?

  1. Impratorlarga B) zodagonlarga

C) Konsullarga D) qullarga


  1. Konsullar yil davomida Rim respublikasini boshqarib, rimliklarni sud qilar edilar. Har yili ular ______ ga hisobot berar edilar.

  1. Senat B) Diktator

C) Xalq tribuni D) Xalq majlisi


  1. Rimda qashshoq rimliklar manfaatini qaysi organ himoya qilar edi?

  1. Senat B) Diktator

C) Xalq tribuni D) Xalq majlisi


  1. Rimda qaysi organ “Veto” huquqiga ega edi?

  1. Senat B) Diktator

C) Xalq tribuni D) Xalq majlisi


  1. Plebeylarning talabi bilan nechta patritsiylardan iborat hay’at tuzilib, qonunlarning yozma majmuasini tuzish buyurildi?

  1. 8 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 14 ta




  1. Rim qo’shinlari asosan kimlardan iborat bo’lgan?

  1. Patritsiylarda B) Plebeylardan

C) Qullardan D) Gladiatorlardan


  1. Nechanchi asrga kelib Rimning barcha fuqorolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigon qonunlar qabul qilindi?

  1. Mil.avv VI asr boshlarida

B) mil. Avv. V asr boshlarida

C) Mil. Avv. IV asr boshlarida

D) mil. Avv. III asr boshlarida
39 –mavzu ( 25 ta)

1.Rimda nima sababdan shaharlar ko’paydi?

a)hududi kengayib borgani uchun b) qullar soni ko’payib borgani sari

c)shaharda aholi soni ko’payib borgani sari d)qishloqliklar shaharga ko’chib kela boshlaganlari uchun

2.Rimda osma quvurlar nima deb atalgan?

a) charxpalak b)ko’prik c) akveduk d) freska

3.Rimliklarning kiyimi nima deb atalgan?

a)toga b) villa c) rido d) po’stin

4.Rim respublikasida odamlar qanday binolarda istiqomat qilishgan?

a)loydan qurilgan uylarda b)qamishdan yasalgan uylarda

c) ikki-uch qavatli bonolarda d) paxsa bilan o’ralgan uylarda

5.Badavlat odamlar uylarida qanday imkoniyatlarni yaratishgan?

a) hayvonlarni boqishgan b)markaziy isitish tizimi bo’lgan

c)hovuzlar qura boshlagan d) qullarni saqlashgan

6.Shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan sur’at nima deb atalgan?

a)freska b)mozaika c)toga d) akveduk

7.Rimda shohona uy-joylarni nima deb atashgan?

a) villa b) dala hovli c)g’ishtli uylar d) akveduk

8.Xom suvoqqa ishlangan rasmlar nima deb atalgan?

a)akveduk b)freska c)villa d)mozaika

9.Qullar sotiladigan bozor qaysi shaharda bo’lgan?

a)Pampey b)Italiya c)Rim d)har bir shahrida

10.Odamlarning jamiyatdagi o’rnini nima bildirib turgan?

a)kiyib yurgan liboslari b)qilgan ibodatlari c)qilgan ishlari d)bosh kiyimlari

11.14 yoshgacha bolalar qanday rangli toga kiyishgan?

a)sariq b)pushti c)yashil d) oq

12. Oppoq rangdagi togani kimlar kiygan?

a)14 yoshli kattalar b)12 yoshdan kattalar c)10 yoshdan kattalar d)ayollar

13.Rimliklar jangda mag’lubiyatga uchrashsa qanday xayolga borishgan?

a)qurbonlik qilmadik deb o’ylashgan b) xudolar sharafiga gulxan yoqish kerak

c)urush Xudosi Marsning jahlini chiqardik d)Xudolar bizni qarg’adi.

14.Rim davlatining homiysi kim bo’lgan?

a)Mars b) Morfey c)Fortuna d) Yupiter

15.Neptun qaysi xudo?

a) dengiz b) uyqu c) osmon d) taqdir ilohasi

16.Uyqu xudosi kim bo’lgan?

a) Diana b)Vulqon c) Morfey d)Yupiter

17.Sevgi xudosi kim bo’lgan?

a)Venera b) Morfey c) Baxus d) Vulqon

18.Baxus kim bo’lgan?

a)bahor xudosi b) yashin xudosi

c) ov xudosi d) may xudosi

19.Sudlov ilohasi kim bo’lgan?

a) Yustitsiya b)Fortuna c) Yupiter d) Diana

20.Qurbonliklar baxsh etiladigan ko’tarma joy nima deb atalgan?

a)akveduk b) villa c) forum d) altar

21. Yupiterning haykali qayerda o’rnatilgan?

a)bozorlarda b) ibodatxona c)saroylarda d)agorada

22.Marosimlarni o’tkazilishi ustidan nazorat qilgan kohinlarni kim deb atashgan?

a)avgurlar b) kohinlar c)pontifiklar d)vestalkalar

23.Fol ochuvchi kohinlarni kim deb atashgan?

a)avgurlar b)kohina c)pontific d) vestalkalar

24.Ayol kohinalar kim deb atalgan?

a)avgurlar b) pontifiklar c) kohinlar d) vestalkalar

25.Vestalkalarni majburiyatlari nimadan iborat edi?

a)fol ochish b)olovni saqlash c)marosimlarni o’tkazish d)xudolar bilan maslahatlashish




40- mavzu (18 ta)

1.Rim armiyasida necha yoshli erkaklar xizmat qilishgan?

a)15 yoshli b)18 yoshli c)17 yoshli d) 20 yoshli

2.80 kishilik jangchi guruhi nima deb yuritilgan?

*a)senturiyalar b)kogorta c)legion d)qo’shin

3.Legionni nechta kogorta tashkil etgan?

a)5 ta b) 8 ta c)10ta d) 15 ta

4.Bir nechta senturiyadan tashkil topgan qo’shin nima deb atalgan?

a) Legion b) kogorta c) jangchilar d) senturiya

5.Triumf nima?

a) g’alaba b) legion c) kogorta d)senturiya

6.Rim Italiyani nechanchi asrda zabt etdi?

a)mil. avv II asrda o’rtalarida

b)mill. Avv III asr o’rtalarida

c)mill. Avv I asrda

d) mil.avv V asrda

7.Karfagen armiyasiga kim boshchilik qilgan?

a)SSipion b)Yuliy Sezar c) Gannibal d)Aktavian

8.Sitsiliya orolining G’arbiy qismini kimlar egallab olgan edi?

a) Rimliklar b) Spartaliklar

c) Sitsiliyaliklar d) Karfagen quldorlari

9.Rim va Karfagen o’rtasidagi urushga nima sabab bo’ldi?

a)soliqlarni to’lamaganlari

b) chegaralar mustahkam qo’riqlanmagani

c) Sitsiliya masalasi

d)Xudolarga qurbonlik qilinmagani uchun

10.Rimliklar Karfagen bilan necha marotaba urush qildi?

a) 2 marta b) 3 marta c) 4 marta d) 5 marta

11.Rim armiyasiga kim boshchilik qildi?

a)Gannibal b) Ssipion c) Aktavian d) Sezar

12.Nechanchi yilda nechanchi Puni urushida Gannibal g’alaba qozondi?

a)ikkinchi urush ,mil avv.216 yilda

b)birinchi urush mill avv 146 yilda

c)uchinchi urush mill avv 216 yilda

d) ikkinchi urush mill avv 146 yilda

13.Ikkinchi Puni urushida qancha rimliklar halok bo’lgan?

a)70 ming Legioner b) 60 ming legioner c) 50 ming legioner d) 80 ming legioner

14.Gannibal qo’shini qachon mag’lubiyatga uchradi?

a)mill avv 216 yilda b) mill avv V asrda

c) mill avv 202 yilda d) mill avv 146 yilda

15.Karfagen qachon butunlay vayron etildi?

a)mill avv 216 yilda b) mill avv V asrda

c) mill avv 202 yilda d) mill avv 146 yilda

16.Provinsiya nima?

a)olingan o’ljalar b) asirlar

c)bosib olingan yerlar d) chegaralar

17.Prokonsullar kimlar?

a)provinsiya noibi b) qullar c) quldor d)sarkarda

18.”Bo’lib tashla, hukmronlik qil” tamoyili asosida kimlar ish ko’rgan?

a) Rimliklar b) Karfagen

c) Spartaliklar d) Sitsiliyaliklar
41-mavzu: Qullar va gladiatorlar (34 ta)

1.Nima sababdan Rimda qullar soni nihoyatda ko’payib ketdi?

A) Zafarli yurishlar natijasida

B) Rimga boshqa xalqlarning ko’plab kelishi natijasida

S) Kambag’al aholining qarzga botishi natijasida

D) Qul bozorlari savdosi tufayli

2.Erkin rimliklar firicha…

A) Qullar Rim fuqarolarining mulki edi

B)Qul butunlay quldorning ixtiyoridagi bir buyumdek edi

S) Qullarning qadri bo’lmagan,chunki u judayamm arzon bo’lgan

D) B va S

3.Qullar mehnatining unumdorligi kamayib ketishining sabablari nima edi?

A) Qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi mutlaqo bo’lmagan.

B) Qullar kaltaklab ishlatilganligi tufayli

S) Mehnat qurollarining takomillashmaganligi tufayli

D)Qullar va quldorlar o’rtasida munosabatning yomonligi sababli

4.Qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo’lgach…

1.Ko’plab quldorlar qullarni yer ijarachisiga aylantira boshladilar; 2 Ularga haq to’lamadilar 3.Zamindorlar o’z yerlarini kichik kichik mulklarga bo’lib tashladilar 4 .Erkin kambag’allarga ijaraga tarqatib bera boshladilar 5.O’z yerlaridan voz kechdilar

A) 1,2,3 B) 2,3,4, S) 1,3,4 D) 3,4,5

5.Mayda yer ijarachilari nima deb atalgan?

A) Barzikorlar B) Yarimchilar

S) Mardikorlar D) Kolonlar

6. Yerdan foydalanganligi uchun ijarachilar yer egasiga qanday to’lov to’laganlar?

A) O’zlari yetishtirgan mahsulotlari bilan B) Pul bilan to’laganlar S) Ishlab brish bilan D) Hech narsa to’lamagan

7.”Kulbali qullar “- qanday kelib chiqqan?

A) Ayrim yer egalarining qullarga kichik yerlarni ijaraga berishi natijasida

B) Mehnat qurollari, urug’lik bilan berishi natijasida

S) Dehqonlarning qarzga botishi natijasida

D) A vaB to’g’ri

8. Rimliklarning sevimli mashg’ulotlari bu…

A) Gladiatorlar jangi bo’lgan B) Buqalar jangi bo’lgan S) Teatr tomoshasi bo’lgan

D) Masxarabozlar tomoshasi bo’lgan

9.Aslida gladiatorlarlar kimlar bo’lgan

A) Jangchilar va asirlar B) Qullar va jinoyatchilar

S) Harbiylar D) Hayvon o’rgatuvchilar

10.Gladiatorlarqayerda ta’lim olar edilar

A) Qamoqxonalarda B) Harbiy tayyorgarlik vaqtida

S) Maxsus yopiq maktablarida D) Sport musobaqalarida

11.Gladiatorning hayot-mamoti kimlarga bog’liq edi?

A) Quldorlarga B) Konsullarga S)Eng kuchli gladiatorga D) Tomoshabinlar xohish istagiga

12.Agar tomoshabinlar o’ng qo’lining bosh barmog’ini yuqoriga ko’tarsa…

A) Yengilgan gladiator tirik qolar B) Yengilgan gladiatorlar tomoshabinlar ko’z o’ngida o’ldirilardi

S) Gladiatorlar jangi yana davom ettirilardi

D) Jang to’xtatilar edi

13.Aksincha tomoshabinlar o’ng qo’li bosh barmog’ini pastga qaratsa…

A) Yengilgan gladiator tirik qolar

B) Yengilgan gladiatorlar tomoshabinlar ko’z o’ngida o’ldirilardi

S) Gladiatorlar jangi yana davom ettirilardi

D) Jang to’xtatilar edi

14.Janglar qayerda bo’lib o’tardi

A) Amfiteatrda B) Stadionlarda

S) Harbiy maktablarda D) Teatr tomoshalarida

15.Kolizeyga qancha tomoshabin siqqan edi?

A) 30000 B) 40000 S) 50000 D) 60000

16. Ba’zida gladiatorlar kat- kata guruhlarga bo’linib jang qilishgan shunda…

1.Sahna jang maydoniga o’xshab qolardi, 2.O’ldirilgan,yaralangan, jon berayotgan gladiatorlar hammayoqda ag’anab yotardi.3.Eng kuchlilar kurashardi 4. G’oliblarga pul tikilardi

A)1,4 B) 1,2 S) 2,3 D) 3,4

17.Gladiatorlar qanday qurollar bilan kurashganlar?

A) Biri qilich va qalqon bilan,boshqasi esa to’r va changak bilan

B) Biri qilich va qalqon bilan boshqasi qurolsiz tushgan

S) Biri to’r va changak bilan boshqasi qilich, nayza bilan

D)Biri xanjar va qalqon boshqasi to’r va changak bilan

18.Gladiatorlarning olishuvlari qanday hayvonlar bilan ham o’tkazilgan?

A)Yovvoyi hayvonlar, darg’azab ho’kizlar bilan B) Yo’lbarslar, darg’azab ho’kizlar bilan

S)Yovvoyi arslonlar,qoplonlar,darg’azab ho’kizlar bilan D) Yovvoyi arslonlar, qoplonlar va ayiqlar bilan

19.Spartak qo’zg’oloni qachon boshlangan

A) 71 yilda B) 72 yilda S) 73 yilda D) 74 yilda

20.Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni qanday qo’zg’olon edi?

A) Dunyodagi eng ommaviy va uyushgan qo’zg’olonlardan biri bo’ldi B) Dunyodagi eng kata qullar qo’zg’oloni bo’ldi S) Quldorlarga qarshi ko’tarilgan kata qo’zg’olon bo’ldi

D) Uyushmagan,stixiyali qullar va gladiatorlar qo’zg’oloni bo’ldi

21. Spartak asli qayerlik edi?

A) Rimlik B) Afinalik S) Spartalik D) Frakiyalik

22. Spartak qaysi shahardagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan edi?

A) Rim B) Kapuya S) Sparta D) Frakiya

23.Spartak nima uchun gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan?

A) Afina armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun B) Rim konsuliga suiqasd qilganligi uchun S) Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun D) Qamoqdan qochganligi uchun

24.Spartak va uning… ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladilar va qochib ketadilar.

A)200 B) 300 S) 400 D) 220

25.Spartak va uning tarafdorlari qaysi tog’dagi qoyalarga chiqib olganlar?

A) Olimp tog’I B) And tog’I

S) Vezuviy tog’i D) Karfagen

26.Spartak qo’zg’olonchilarining safi kengayib ularning soni qanchaga yetdi?

A) 30000ga B) 20000 ga S) 15000ga D)10000 ga

27.Qo’zg’olon ko’targan qullarni tor mor qilishga qancha qoshin yuborildi?

A) uch ming kishilik B) to’rt ming kishilik S) besh ming kishilik D) olti ming kishilik

28.Spartak rim qoshini qamalidan qanday chiqqanligini tartib bilan joylang.

2. Spartak dadil rejani amalga oshirdi 1. Qullar uzum novdalaridan narvon to’qishdi 3.Ko’rinmaydigan tarafdan cho’qqidan pastga tushib oldilar 1.Rimliklar orqasidan zarba berdi

A)1,2,3,4 B) 1,3,2,4 S) 2,1,3,4 D)1,2,4,3

29.Spartak qo’zg’oloni nima sababdan yengildi?

1.Qozg’olonchilar o’rtasida ixtilof paydo bo’ldi 2.Xiyonat sodir bo’ldi 3. Qullarning biq qismi Rimni tark etib, o’z yurtlariga qaytishni afzal bildilar 4.Ko’pgina qullar Rimni tor mor etib quldorlardan o’ch olishni ahd qildilar 5.Spartak qo’zg’olonining hujumkor rejasi yo’q edi.

A) 1,3,4 B) 1,2,3 S) 2,3,4 D) 1,3,5

30.Spartakka qarshi qaysi sarkarda boshchiligida qo’shin jo’natildi?

A) Mark Antoniy B) Mark Krass S) Yuliy Sezar D) Oktaviyan Avgust

31. Hal qiluvchi jang qachon bo’ldi?

A) Mil.av.73 yilning bahorida B) Mil.av.72 yil bahorida S) Mil. Av.71yil bahori D) Mil.av.74 yil bahorida

32.Qancha asirlar Rim Kapuya oralig’idagi yo’l boyidagi xochlarga mixlab tashlandi?

A)3000dan ziyod B) 4000 dan ziyod S) 5000 dan ziyod D) 6000 dan ziyod

33.Qo’zg’olon ko’targanlarning alohida to’dalari kurashni yana qancha vaqt davom ettirdilar?

A) 5 yil B) 8 yil S) 10 yil D) 12yil

34. Rim hukmdorlarining ramzi nima edi?

A) Burgut B) Lochin S) Arslon D) Bo’ri
42-mavzu: Rim Respublikasining qulashi (35 ta)

1.Qullar qo’zg’olonlari quldorlarni qattiq qo’rquvga solib qo’yishi quldorlar qarshisida qanday masalani ko’ndalang qilib qo’ygan edi?

A)Qullarni ozod qilish masalasini B) Qullarni yanada asoratga solishni S)Kuchli harbiy diktatura o’rnatishni D)Qullarga ozodlik berish masalasini

2.Qaysi asrda harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar?

A) Mil. Av. I asrda B) Mil. Av. II asrda

S) Mil.av. III asrda D) Milodiy I asrda

3.Yollanma askarlarni nima qiziqtirgan?

A) Rim davlatini kuchayishi B) Davlatning kuchayishi S) Faqat o’lja qiziqtirgan D) Urush qilishva yangi yerlarni bosib olish

4.Spartak qo’zg’oloni bostirilganidan keyin hokimiyat uchun kimlar kurash olib bordilar?

A) Krass va Sezar B) Krass va Pompey

S) Pompey va Oktaviy D) Antoniy va Sezar

5.Rim davlati uchun olib borilayotgan urushlarda kim halok bo’ldi?

A) Pompey B)Krass S) Sezar D) Antoniy

6.Pompey uchun birdan bir xavfli raqib kim edi?

A) Mark Krass B) Mark Antoniy

S)Yuliy Sezar D) Oktaviyan

7.Sezarning nufuzi va obro’yi oshishiga qaysi urushdagi g’alabalar sabab bo’ldi?

A) Galliya urushidagi g’alabalar B) Karfagen urushidagi g’alabalar S) Zama yonidagi g’alabasi D)Rubikon yonidagi g’alabalar tufayli

8.Sezarni sarkardalik qobiliyati va Senatdagi nufuzini kimlar qo’llab quvvatlaganlar?

A) Harbiylar va senat a’zolari B) Senatorlar va kambag’allar S) Dehqonlar va hunarmandlar D)Yollanma askarlar va kambag’allar

9. Yuliy Sezar qachon yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi?

A) Mil av. 44 yilda B)Mil.av 49 yilda S) mil.av. 54 yilda D) Mil. Av.55 yilda

10.Pompey qo’shinlari qayerda edi?

A) Italiyada B) Ispaniyada S) Germaniyada D) Galliyada

11.Sezar Pompey ustidan g’alabaga erishgach... 1.Rim imperatori va diktatoriga aylandi 2.Rim respublikasiga asos soldi 3. Sezarning xoxish irodasi Rim uchun qonun kuchiga aylandi 4.U hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslarni tayinlardi 5.O’z atrofiga do’stlarini yig’di 6.Senat va Xalq majlisiga hisobot bermay qo’ydi

A) 1,3,4,6 B) 1,2,3,4 S) 2,3,5,6 D) 1,2,4,5

12.Sezardan norozi bo’lgan senatorlarning maqsadlari nima edi?
A) Sezarni o’ldirish va imperiyani saqlab qolish edi

B) Sezarni o’ldirish va Senatning oldingi mavqeini qaytarish edi

S)Sezarga o’z talablarini qo’yish edi

D) Sezarni hokimiyatdan chetlatish edi

13.Fitnaga kim rahbarlik qildi?

A) Oktaviy B) Mark Antoniy S) Brut D) Trayan

14.Yuliy Sezar hukmronligi qachon tugadi?

A) Mil.av.45 yilda B) mil.av 44 yilda S) Mil.av.43 yilda D) Mil.av.42 yilda

15.Yuliy Sezarning o’ldirilishi …

A) Respublikani tiklanishiga olib kelmadi B) Sarkardalar o’rtasida kurashni boshlab ytubordi

S) Mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi.

D) A,B,S

16.Brut va uning tarafdorlari qayerga qochib ketdilar?

A)Yunonistonga B) Makedoniyaga

S) Misrga D) Galliyaga

17.Brut va uning tarafdorlariga qarshi kim kurash boshladi?

A) Mark Antoniy B)Trayan S) Oktaviy D) Kleopatra

18.Oktavian Brutga qarshi kim bilan ittifoq tuzdi?


A) Trayan bilan B)Mark Antoniy bilan S) Kaligula bilan D) Neron bilan

19. Rim davlatining G’arbiy qismi kimga tegdi?

A)Oktavianga B) Mark Antoniyga S) Trayanga D) Brutga

20. Rim davlatining Sharqiy qismi kimga tegdi?

A)Oktavianga B) Mark Antoniyga

S) Trayanga D) Brutga

21.Misr malikasi Kleopatraga kim uylanadi?

A)Oktavian B) Mark Antoniy S) Trayan D) Brut

22.Antoni Kleopatraga to’y sovg’asi tariqasida qayerni bergan?

A) Rimning g’arbiy qismlarini *B) Rimning Sharqiy qismlarini S) Rimning janubiy provinsiyalarini D)Rimning shimoliy qismlarini

23.Yunoniston qirg’oqlarida Antoniy vaOktavian flotlari o’rtasida jang qachon bo’ldi?

A) Mil.av 44 yuilda B)Mil.av.40 yilda

S)Mil.av.33 yilda D)Mil.av.31yilda

24.Kleopatra va Antoniy qaysi shaharga qochadilar?

A) Misrga B) Rimga S)Aleksandriyaga D) Afinaga

25.Oktavian qaysi yil qoshin bilan Misrga boradi?

A) Mil av.30 yil B) Mil.av.30 yil S) Mil.av.29 yil D) Mil.av.31 yilda

26.Qachon Oktavian Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini olgan?

A) Mil av.30 yil B) Mil.av. yil

S)Mil.av.29 yil D) Mil.av.31 yilda

27.Oktavian Avgust Rim imperiyasi asoschisiga aylangach qanday islohotlar o’tkazdi?

1.Imperator keng ko’lamda qurilish ishlarini olib bordi. 2. Uning davrida Rimda ko’plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi.3.Senatorlar va Rim armiyasi legionlari sonini qisqartirdi. 4.Qo’shni davlatlarga tez tez yurishlar qildi. 5.Rim imperiyasi “Oltin asr”deb ataldi.

A) 1,3,4 B) 3,4,5 S)1,3,5 D) 1,2,3

28. Oktavian Avgust vafotidan keyin uning davomchilari kimlar bo’ldi?

A) Kaligula va Trayan B) Kaligula va Neron S)Trayan va Romul D) Neron va Trayan

29.Kimlar davrida Rimda inqiroz boshlandi?

A) Kaligula va Trayan B) Kaligula va Neron S)Trayan va Romul D) Neron va Trayan

30.Rimning kuch qudrati qachon qayta tiklandi?

A) Milodiy II asrda B)Milodiy III asrda S) Milodiy IV asrda D) Milodiy V asrda

31.Bu davr(milodiy II asr) Rim imperiyasining qanday davri deb ataldi?

A) Yemirilish davri B) Tushkunlik davri

S) Uyg’onish davri D) Oltin asri

32. Trayan Rim taxtini qachon egalladi?

A) Milodiy 98 yilda B)Milodiy 99 yilda

S) Milodiy 97 yilda D) Milodiy 96 yilda

33.Trayan kimlarga qarshi urushlar olib brogan?

A)Dunay daryosi bo’yida yashovchi skiflarga

B) Ural daryosi bo’yida yashovchi slavyanlarga

S)Dunay daryosi bo’ylarida yashovchi daklarga

D) Reyn daryosi bo’yida yshovchi germanlarga qarshi

34.Trayan ustunining balandligi 40 metr bo’lib unda…

A)Dunay daryosi bo’yida yashovchi skiflarga qarshi jang manzaralari tasvirlangan

B) Ural daryosi bo’yida yashovchi slavyanlarga qarshi jang manzaralari tasvirlangan

S)Dunay daryosi bo’ylarida yashovchi daklarga qarshi jang manzaralari tasvirlangan

D) Reyn daryosi bo’yida yshovchi germanlarga qarshi qarshi jang manzaralari tasvirlangan

35.Trayan davrida Rim imperiyasi tarkibiga qaysi hududlar kirgan?

A) Suriya va Bobil B)Suriya va Mesopatamiya

S)Misr va Mesopatamiya D) Bobil va Yunoniston



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling