Gravitatsiya usulida boyitishning nazariy asoslari Gravitatsiyali boyitish
Suyuqlikning vertikal oqimida zarralarning ajralishi (bo`tana hajmida)
Download 410 Kb.
|
2 52042869872462444
Suyuqlikning vertikal oqimida zarralarning ajralishi (bo`tana hajmida)
Suyuqlikning vertikal ko`tariluvchi oqimida o`lchangan, har biri bir xil o`lchamdagi va zichlikdagi zarralardan tuzilgan qatlamlar o`zaro nisbatlardan aniqlanadigan ularning zichligini kamaytirish bo`yicha pastdan yuqoriga joylashadi. Agar ikki komponentli muallaq zarraning umumiy balandligi ikkita qatlamga ajralishi natijasida o`zgarsa, unda (6.13) tengsizlikka muvofiq, ajralish sharoiti quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi bunda, m1 , m2 - turli qatlamlar yumshatilishi koeffitsientlari. Muallaq zarralarning tushishi siqilgan tushish qonunlariga bo`ysunganligi uchun, qatlamlarning har biri uchun quyidagi tenglik mosdir bunda, υCB1 , υCB2 – zarralar erkin tushishi tezligi; n1 , n2 - Reynold soniga bog’liq bo`lgan daraja ko`rsatkichlari, quyidagi formulalar bo`yicha keltirilgan o`zaro nisbatlarni hisobga olgan holda hisoblanadi: mayda zarralar uchun bunda, d1, d2 - ajraladigan zarralar diametrlari. Ajratiladigan zarralar diametrlari nisbati ular zichliklari farqi oshishi va m 2 yumshatish koeffitsienti kamayishi bilan oshib boradi. U yirik zarralar ajralishida, mayda zarralarning ajralishiga qaraganda ancha ko`p. Shunga ko`ra, gravitatsiya jarayonlari bilan mayda zarralarni boyitishda tasniflash shkalasi yiriklarni boyitishga qaraganda ancha torroq bo`lishi lozim. Muallaq zarralarda ushbu zarralarning ajralishi sodir bo`lmaydigan vertikal oqim tezligi kritik υ kr tezlik deyiladi. υ <υ kr bo`lganda, og’ir mayda zarralar pastga tushadi, υ > υ kr bo`lganda esa yiriklardan yuqori bo`ladi. Kritik tezlik ajraladigan zarralar diametriga va zichligiga bog’liq va (6.16) tenglikdan hamda σ1 = σ2 sharoitdan aniqlanadi. (6.16) tenglikda darajalar ko`rsatkichlari n doimiy hisoblangan yirik yoki yetarlicha mayda zarralar uchun kritik tezlik quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: Suyuqlikning vertikal oqimidagi qatlamlarda zarralarning ajralishi zarralar o`rtasida turli o`lcham va zichlikda bo`lgan zarralarga ta`sir etadigan kuchlarning muvozanatsizligi tufayli sodir bo`ladi. Bo`tana hajmida vertikal oqimlardagi ajralish ogir muhitli separatorlarda va cho`ktirma mashinalarda amalga oshiriladi. Download 410 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling