Gravitatsiya usulida boyitishning nazariy asoslari Gravitatsiyali boyitish
Cho`ktirish usulida boyitish asoslari
Download 410 Kb.
|
2 52042869872462444
Cho`ktirish usulida boyitish asoslari
Cho`ktirish suv yoki havoning vertikal pulslanuvchi oqimida gravitatsiyali boyitish. Cho`ktirish jarayonining mohiyati ajraladigan aralashmaga nisbatan vertikal yo`nalishda o`zgaradigan (pulslanadigan) suvli yoki havoli muhitda zichligi bo`yicha zarralar aralashmasi ajralishidan iborat. Turli zichlikdagi mineral zarralar aralashmasidan iborat bo`lgan dastlabki mahsulot (53-rasm) galvirga beriladi, uning teshiklari orqali yo`nalishi bo`yicha o`zgaruvchan va tezligi ko`tariluvchi va pasayuvchi suv oqimi o`tadi. Ko`tariluvchi oqimning nolli tezligidagi boshlangich holatda mineral zarralari jipslashgan holatda joylashgan bo`ladi. Zarralarning berilgan zichligi va yirikligining siqilgan tushishidan katta bo`lgan υ tezlik bilan harakatlanadigan ko`tariluvchi oqim harakati davrida material o`lchanadi va turli zarralar tushishi tezliklariga muvofiq zichlik qatlamlari bo`yicha uning qaytadan guruhlanishi sodir bo`ladi. 2-Rasm. Suvning pulslanuvchi oqimida turli zichlikdagi minerallar aralashmasi qatlamlanib ajralishi sxemasi: a,b va c - tizimning boshlangich, oraliq, oxirgi holati; 1- yengil zarralar; 2 va 3 oraliq zichliklar va ogir zarralar Pasayuvchi oqim harakati davrida o`xshash jarayon sodir bo`ladi, lekin material pasayadi va zichlanadi. Ma`lum vaqt davomida, suvli oqim o`zgarishlari chastotasi va amplitudasiga bogliq holda, zarralarning zichlik qatlamlari bo`ylab to`liq ajralishi sodir bo`ladi; eng zichlari pastki qatlamda (mashina galvirida) to`planadi, eng yengillari yuqori qatlamda to`planadi. Haqiqiy jarayonlarda cho`ktirish jarayonida zarralarning qatlamlarga ajralishi zichligi va yirikligi bo`yicha sodir bo`ladi. Bunda mineral zarralar harakati qonunlari juda murakkab va bir xil nazariy asosga ega emas. Cho`ktirish jarayonida qatlam yumshashi uncha yuqori bo`lmasligi bois, zarralarning ajralishi muallaq qatlamda ajralish qonuniyatlari bo`yicha hamda segregatsiya qonuniyatlari bo`yicha sodir bo`lishi mumkin. Hozirgi vaqtda cho`ktirish jarayonidagi zarralarning qatlamlanib ajralishi hodisalarini o`rganishda ikkita asosiy model ma`lumdir: deterministik va statitistik. Deterministik modelning ilmiy qoidalari cho`ktirish mashinasi to`shamasidagi yengil va ogir mineral zarralar harakati tezliklaridagi tafovutga asoslangan. Ogir zarralar o`z harakatida yengillarni quvib o`tadi va cho`ktirish mashinasi galviriga tezroq yetishadi. Ogir zarralar galvir yuzasidagi pastki qatlamda to`planadi. Tezlik harakatida orqada qolgan yengil zarralar to`shamaning yuqori qatlamiga o`rnashadi. Bu faraz bilan o`lchami bo`yicha kam farq qiladigan zarralarning mashina to`shagidagi holatini izohlash mumkin. Haqiqiy sharoitlarda cho`ktirish, zarralarning ommaviy harakatida ularning mexanik tarzdagi o`zaro ta`siri hisobga olinmasdan, keng tasniflangan aralashmalarga duch qilinadi. Statistik modelning ilmiy qoidalari cho`ktirishda zarralar ajralishining energetik, suspenziyali va ehtimolli-statistik farazlariga asoslanadi. Energetik faraz cho`ktirish jarayoniga tizim potensial energiyasi minimumiga intilish qoidasini qo`llashdan iborat. Suspenziyali farazda cho`ktirish mashinasidagi to`shama ogir zarralar cho`kadigan, yengil zarralar qalqib chiqadigan suspenziya kabi ko`rib chiqiladi. Ehtimolli-statistik faraz cho`ktirishni stoxastik jarayon kabi ko`rib chiqadi. Cho`ktirishni ommaviy jarayon kabi ko`rib chiqib, va massa harakati qonunini qo`llab, jarayonning kinetikasi (ajralish tezligi) tenglamasini quyidagi ko`rinishda yozish mumkin (6.21) bunda, Pt - vaqtning berilgan paytida t cho`ktirish mashinasi to`shamasida tor oddiy fraksiya miqdori; k qatlamlarga ajralish jarayoni tezligining konstantasi. Tenglamani yechish quyidagi ifodani beradi: (6.22) bunda, Pv o`z qatlamida ajralib turadigan tor oddiy fraksiya miqdori; Pi boshlangich mahsulotdagi shu fraksiya miqdori. Bu tenglama cho`ktirish kinetikasini, ya`ni, fraksiya siljishi jarayonining ajralish tegishli mahsulotlariga tezligini tavsiflaydi. Download 410 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling