Gravitatsiya usulida boyitishning nazariy asoslari Gravitatsiyali boyitish
Cho`ktirish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari
Download 410 Kb.
|
2 52042869872462444
Cho`ktirish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari
Cho`ktirish mashinasi gravitatsiyali boyitish mashinasi, unda boshlangich material cho`ktirma galvirda suyuqlik yoki havoning vertikal o`zgarishlari ta`siri ostida ajraladi. Cho`ktirish mashinasi (54-rasm) ikkita o`zaro aloqada bo`ladigan konsentratsiya bo`limidan I va pulslanish bo`limidan II tuzilgan. Konsentratsiya bo`limida minerallar ajraladigan galvir 1 mahkamlangan. Pulslanish bo`limidagi mashina kamerasida to`ldirilgan suvning qaytma-ilgarilanma harakatini bildiruvchi qurilma mavjud. Boyitiladigan foydali qazilmalar suv bilan birga galvirga tushadi, u mashina bo`ylab to`shama deb ataluvchi qatlamli bir tekis taqsimlanib, tashiladi. Materialning galvirda joylashgan butun massasi, hosilalar va jinslar to`shama 3 deyiladi. Galvirdagi teshik orqali yuritmadan tezligi bo`yicha o`zgaruvchan va yo`nalishi bo`yicha ko`tariluvchi-pasayuvchi suv oqimi hosil bo`ladi. Ko`tariluvchi-pasayuvchi oqimlarning ko`p martali ta`siri natijasida to`shama qavatlarga ajraladi: yengil minerallar ko`tariluvchi oqim bilan yuqori qatlamlarga chiqadi, ogir minerallar esa, ogirlik kuchi ta`siri ostida muhit qarshiligini yengib, to`shamaning pastki qatlamiga to`planadi. Tashish suvining bo`ylama oqimlari hisobiga to`shama mashina bo`ylab galvirning boyitish mahsulotlarini qatlamlab tushirish sodir bo`layotgan tushirish oxiriga 2 siljiydi. Mayda ogir zarralar galvir orqali mashina kamerasiga yuklanadi, eng yiriklari galvir bo`ylab siljiydi va galvir oxiridagi tirqish orqali tushiriladi, yengil zarralar esa quyish bilan birga chiqarib yuboriladi. Cho`ktirish mashinalarida 0,25 dan 50 mm.gacha yiriklikdagi rudani va 0,5 dan 13 mm.gacha yiriklikdagi ko`mirni boyitish mumkin. Boyitish samaradorligini oshirish uchun ruda yirikligi bo`yicha sinflarda elashga duch qilinadi va har bir sinf alohida cho`ktirma mashinada boyitiladi. Zarralar yirikligi ko`lamini aniqlash uchun har bir sinfda zarralar teng tushishi koeffitsientidan foydalanish mumkin. 3-rasm. Cho`ktirish mashinasining umumiy sxemasi Masalan, agar zichligi 2600 kg/m3 kvarts zarrasi va zichligi 7000 kg/m3 kassiterit zarrasi aralashmasi cho`ktirishga duch qilinsa, erkin tushish sharoitlarida zarralar teng tushish koeffitsientini quyidagi formula bo`yicha hisoblash mumkin bunda, dkv, d kas kvarts va kassiterit zarralari yirikligi; δkv, δ kas - ushbu zarralar zichligi. Shunga ko`ra, bunday aralashmani cho`ktirish bilan samarali boyitish uchun har bir sinfda kvarts va kassiterit zarralari diametrlari nisbati 4 oshmasligi lozim. Qisilgan tushish sharoitlarida teng tushish koeffitsienti katta va tasnif shkalasini kengroq (4 dan yuqori) olish mumkin. Cho`ktirma mashinalarni qo`llashning turli sharoitlari ko`p sonli tuzilmali ko`rinishlar yaralishiga olib keldi. Cho`ktirma mashinalar maqsadli vazifalari, yuritmaning ishlash tartibi, ajralish mahsulotlarini tushirish usullari, belgilangan mahsulotlar soni va boshqa belgilar bo`yicha tasniflanadi. Ajralish muhiti turiga bogliq holda, barcha mashinalar gidravlik (suvli ishchi muhitli) va pnevmatik (havoli ishchi muhitli) turlarga bo`linadi. Konsentratsiya bo`limida suvning pulslanishini ta`minlovchi yuritma ishlashining qoidalari bo`yicha cho`ktirma mashinalar porshenli, diafragmali, havoli-pulslanuvchi (porshensiz) va qo`zgalma galvirli turlarga bo`linadi. Porshenli cho`ktirma mashinalarda (OMP) suvning pulslanishi porshenning qaytma-ilgarilanma harakati bilan yuzaga keladi. Porshenli mashinalar 2-40 mm yiriklikdagi marganetsli, qalayli, volfram rudalarini boyitish uchun qo`llaniladi. Diafragmali cho`ktirma mashinalarda (MOD) muhit pulslanishi konusli ostning harakatlanishi va diafragma bilan yuzaga keladi. Mashinalar boyitish materialining 0,5-15(30) mm yirikligida qora, noyob metallar va oltin tarkibli sochilmalarni boyitish uchun qo`llaniladi. Havoli-pulslanuvchi (porshensiz) cho`ktirma mashinalarda muhit pulslanishi (OPM, OPO) siqiq havoning davriy chiqishi bilan hosil qilinadi. Mashinalar 0,5(0,3)-13(25) mm yiriklikdagi ko`mirni boyitishda va kam hollarda ajraladigan material yirikligi 0,5-4(60) mm bo`lgan rudalarni boyitishda keng qo`llanilishga ega. Qo`zgalma galvirli cho`ktirma mashinalarda muhit o`zgarishi galvir harakati bilan yaratiladi. Mashinalar juda kam hollarda ajraladigan material yirikligi 3-40 mm bo`lgan temir va marganets rudalarini boyitishda qo`llaniladi. Havoli-pulslanuvchi (porshensiz) cho`ktirish mashinalari eng taraqqiy etgan va tez yeyiladigan detallarga deyarli ega emas, chunki cho`ktirish bo`limida tebranishlarni hosil qilish uchun siqiq havodan foydalaniladi. Havoni kiritishda havoli bo`limda suv sathi pasayadi, cho`ktirish bo`limida esa oshadi, atmosferaga havoni chiqarishda teskari holat yuz beradi. Shu tufayli cho`ktirish bo`limida suvning tebranma harakati amalga oshiriladi. Porshensiz cho`ktirish mashinasi MOBM-10 (OMP1) (55-rasm) cho`ktirish bo`limidan to`siqlar (galvir ostida) bilan ajratilgan, havo kameralarining yon tomonda joylashuvili, bo`ylama to`siqlar bilan cho`ktirish va havoli bo`limlarga ajratilgan bir nechta (2-6) kameralarga ega. Porshensiz cho`ktirma mashina quyidagi tuzilmaviy elementlarga ega: korpus 1, suvning tebranuvchi massasi uchun oquvchi qismi V va boyitiladigan material uchun idishga mashinaning barcha tugunlari uchun biriktiruvchi tuzilma bo`lib xizmat qiladi (ikkita pogonada ifodalangan: jinsli va oraliq mahsulotli); ishchi to`shama qatlami uchun tayanch bo`lib va shu bilan birga uning pulslanishi jarayonida suvning o`tishiga yo`l qo`yuvchi va ogir mahsulotning eng mayda zarralarini galvir ostidagi qismga tushirishga xizmat qiluvchi cho`ktirish panjarasi 2; 4-rasm. Porshensiz cho`ktirish mashinasi tashish suvi va shlamning ortiqchalarini ajratib oladigan qurilmalar (tushirish-shlamsizlantirish qurilmasi) bilan ko`pincha birga qo`shiladigan, dastlabki materialni tushirish uchun qurilma 3; galvir usti qismida berilgan chastotali suvning ko`tariluvchi va pasayuvchi harakati almashinishini ta`minlovchi pulsator 4; pulsatorlar yuritmasi 5; cho`ktirish chiqindilarini tushirishni nazorat qilish va tartibga solish uchun po`kakli datchik 6; cho`ktirishning ogir mahsulotlari to`planib qolgan zonadan ularning uzluksiz chiqarib tashlanishini ta`minlovchi tushirish qurilmasi 7. Download 410 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling