Lyossli o’ta cho’kuvchan gruntlarni suvlash yordamida zichlash usuli kanallar va ulardagi inshootlar qurilishida keng qo’llaniladi. Kanallarni beton bilan qoplashdan ilgari, ularning o’zani birmuncha davr suv ta‘sirida bo’lishi lozim. Bir joyga yig’ilgan gidrotexnika inshootlarini barpo etishda, qurilish maydonchasida bir qancha kichik o’lchamli handakchalar qaziladi va ularga suv quyiladi. Suvning gruntga erkin sizib o’tishini ta‘minlash uchun, handakchalar tovoniga 10 sm qalinlikkacha qum sepiladi. Odatda handaklar oraligi 4...7 m qabul qilinadi. - Lyossli o’ta cho’kuvchan gruntlarni suvlash yordamida zichlash usuli kanallar va ulardagi inshootlar qurilishida keng qo’llaniladi. Kanallarni beton bilan qoplashdan ilgari, ularning o’zani birmuncha davr suv ta‘sirida bo’lishi lozim. Bir joyga yig’ilgan gidrotexnika inshootlarini barpo etishda, qurilish maydonchasida bir qancha kichik o’lchamli handakchalar qaziladi va ularga suv quyiladi. Suvning gruntga erkin sizib o’tishini ta‘minlash uchun, handakchalar tovoniga 10 sm qalinlikkacha qum sepiladi. Odatda handaklar oraligi 4...7 m qabul qilinadi.
- Suv yordamida tebratib zichlash usuli qumli va yirik bo’lakli gruntlar sharoitida yaxshi samara beradi. Tebratish paytida, bunday gruntlarning bo’laklari orasidagi ishqalanish kuchlari kamayadi, natijada ular orasida o’zaro siljish yuz berib, grunt o’zining xususiy og’irligi ta‘sirida zichlanadi.
- Gruntlarni qotirish usullari
- Gruntlarni maxsus kimyoviy qorishmalar yoki issiqlik ta‘sirida qotirib, ularning yuk ko’tarish qobiliyatini oshirish mumkin.
- Qotirish usullari turli tuman bo’lib, ularni asosan qorishmaning turi bo’yicha bir-biridan farqlaydilar. Gruntlarni tsement qorishmasi, suyuk shisha, maxsus smolalar (masalan, karbomid smolasi), bitum va boshqa materiallar yordamida qotirish mumkin.
- Gruntlarni tsementlash, oldindan tayyorlangan chuqurlikka maxsus moslama tushirib, uning yordamida bosim ostida grunt g’ovaklariga tsement qorishmasini yuborishga asoslangan. Mazkur usulni yirik zarrachali g’ovak gruntlar sharoitida qo’llash yaxshi samara beradi.
- Turli organik moddalar va changsimon zarrachalarga boy gruntlarga tsement qorishmasini yuborishdan oldin, ular bosim ostida suv bilan yuviladi. Gruntlarni qotirishda yuqori markali tsementlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |