Qum va tosh-shag’al yostiqlar, qalinligi 20 sm dan oshmaydigan qatlamlar yig’indisidan barpo etiladi. Har qaysi qatlam to’kilgach, suv bilan namlanib, maxsus gurzilar yoki mexanik zichlovchilar yordamida shibbalanadi. - Qum va tosh-shag’al yostiqlar, qalinligi 20 sm dan oshmaydigan qatlamlar yig’indisidan barpo etiladi. Har qaysi qatlam to’kilgach, suv bilan namlanib, maxsus gurzilar yoki mexanik zichlovchilar yordamida shibbalanadi.
- Ayrim hollarda, yostiq sifatida qum, tosh-shag’allardan tashqari, gilli gruntlardan ham foydalaniladi. Ularni sizot suvlari satxi chuqur joylashgan maydonlardagina qo’llash tavsiya etiladi. Chunki, suvlar ularning tuzilishini keskin bo’zib yuborishi mumkin
-
- 1 – rasm. Bo’sh gruntlarni sochiluvchan gruntli yostiqlar bilan almashtirish
Zamin gruntlarini zichlash yuzaki va chuqur turlarga bo’linadi. - Zamin gruntlarini zichlash yuzaki va chuqur turlarga bo’linadi.
- Yuzaki zichlashda g’altaksimon moslamalar va gurzilardan foydalaniladi.
- Dastlab gruntlar yengil g’altak (0,5...1 t) yordamida zichlanadi. So’ngra, o’rtacha og’irlikdagi (5...10 t) g’altaklar ishlatiladi. Zichlashni yakunlash og’ir g’altaklar bilan amalga oshiriladi. Bu usullardan asosan, keng maydonli gilli va namlangan qumli gruntlar sharoitida foydalaniladi.
- Gurzilar yordamida zichlash ham qurilish amaliyotida keng qo’llaniladi. Temirbeton yoki metall quyma gurzilarni (massasi 1...3 t) maxsus yuk ko’taruvchi moslamalar yordamida 4...5 m balandlikdan bir yerga 8...10 marta urib, grunt zichlanadi.
Qumli yoki gruntli qoziqlar yordamida zichlash. Bu usul bo’yicha bo’sh grunt, uning sirtidagi belgilangan joylarda metall quvur qoqish yoki tebratish yordamida cho’ktiriladi. Belgilangan chuqurlikga yetgach, quvurga qum yoki qum-tosh aralashmasi oz-ozdan solinib va shibbalanilib, quvur esa asta-sekin yuqoriga ko’tarilib boriladi - Qumli yoki gruntli qoziqlar yordamida zichlash. Bu usul bo’yicha bo’sh grunt, uning sirtidagi belgilangan joylarda metall quvur qoqish yoki tebratish yordamida cho’ktiriladi. Belgilangan chuqurlikga yetgach, quvurga qum yoki qum-tosh aralashmasi oz-ozdan solinib va shibbalanilib, quvur esa asta-sekin yuqoriga ko’tarilib boriladi
- Tebratkich yordamida o’rnatiluvchi quvurlar uchiga to’rt tomonga ochiladigan maxsus qanotli moslama kiygiziladi. Qoziqning chuqurlashish jarayonida moslama yopiq holda (uchi nayza shaklida) bo’ladi. Quvur loyihaviy chuqurlikka yetgach, uning ichki bo’shligi namlangan qum bilan to’ldiriladi, so’ngra, tebratgich ishga tushiriladi. Bunda moslamaning og’zi ochilib, qum quvur bo’shlig’ini to’ldiradi va grunt zichlana boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |