Gruntlar mustahkamligini oshirishga yunaltirilgan usullar Reja: Umumiy ma‘lumotlar
Download 287.13 Kb.
|
Norquvvatov Asqarali 3
Gruntlarni suyuk shisha yordamida qotirishda, ularning g’ovaklariga eruvchan shisha bilan kaltsiy xlor aralashmasi, suyuq holda, maxsus moslama yordamida yuboriladi. Bu ikkala modda aralashmasi gruntda tez qotish xususiyatiga ega bo’lib, ularning kimyoviy birikishi natijasida, qattiq modda -- gel kremniy kislotasi hosil bo’ladi. Bu usuldan lyossli gruntlarni sun‘iy kuchaytirishda ham keng foydalanish mumkin.
Gruntlarni sun‘iy kuchaytirishda, shuningdek, elektr yordamida qotirish usulidan ham foydalanish mumkin. F.F.Reys tomonidan tavsiya etilgan bu usul gruntlardagi suvning elektroosmotik harakatlanishga doir xususiyatiga asoslangan. Ma‘lumki, gilli grunt zarrachalarini ko’p miqdordagi suv pardalari o’rab turadi. Agar, gilli gruntga o’zgarmas elektr toki ta‘sir etish bilan bir vaqtda, unga maxsus suyuq qorishma yuborilsa, musbat o’tkazgichdan (anod) manfiy (katod) tomonga qarab, suv harakati boshlanadi. Bu esa, o’z navbatida suv bilan birga grunt zarrachalarining harakatlanishiga va natijada ularning zichlanib, qotishiga olib keladi.
Download 287.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling