Gruntlarning mexanik xossalari


Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi


Download 54.37 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi54.37 Kb.
#1543862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Los guruntlar va ularni xossalari

Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi. Sof qum, tosh yoki shag`aldan tashkil topgan gruntlarning mustahkamligi, asosan ularning qattiq zarrachalari orasidagi ichki ishqalanish kuchlariga bog`liqdir. Chunki, zarrachalar orasidagi bog`lanish (tishlashish) kuchlari bunday gruntlarda juda kichik va ularning ta`sirini inobatga olmasa ham bo`ladi. Sochiluvchan gruntlarning mustahkamligi (siljishga qarshiligi) asosan ularning g`ovakligiga bog`liqdir. Sof sochiluvchan gruntlar uchun с = f(p) bog`lanishining grafigi 6 – rasm (a) da ko`rsatilgan va uning analitik ko`rinishi quyidagicha:

с = p tg  , (20)


bu yerda tg = f – ishqalanish koeffitsienti;  - ichki ishqalanish burchagi.


(20)-bog`lanish 1773-yilda frantsuz olimi Sh.Kulon tomonidan o`rnatilgan bo`lib, siljishga qarshilik va normal kuchlanishlar orasida to`g`ri mutanosiblikni tavsiflovchi ushbu bog`lanish Kulon qonuni deb ataladi.
Sochiluvchan gruntlarning tarkibida ko`pincha, chang va gil singari mayda zarrachalar ham mavjud bo`ladi. Bu esa o`z navbatida, grunt qattiq zarrachalarining qisman tishlashishiga olib keladi. Agar bunday gruntni sinash natijalari bo`yicha с = f(p) bog`lanishining grafigi qurilsa, u 6-rasm(b) dagi kabi ko`rinishga ega bo`ladi. Ushbu bog`lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:

с = p tg  + се , (21)


bu yerda се – zarrachalar orasidagi bog`lanish miqdorini baholovchi solishtirma tishlashish kuchi.



6 – rasm. Gruntlarniing siljishga qarshilik bog`lanishlari: a – sof sochiluvchan gruntlarda; b – chang va gil aralashmali sochiluvchan gruntlarda; с – gilli gruntlarda

Tajribalarning ko`rsatishicha, zarrachalari kuchsiz bog`langan sochiluvchan gruntlarda se ning qiymati asosan ularning g`ovakligiga bog`liqdir. Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi ularning namlanish darajasiga bog`liq emas.


Gilli gruntlarning siljishga qarshiligi. Gil, sog` va qumok tuproqlarda mineral qattiq zarrachalar bir biri bilan u yoki bu darajada o`zaro bog`langan bo`ladi. Bog`lanish kuchlari o`z navbatida, gruntning namligi va zichlanish darajasiga bog`liqdir. Bunda namlik ta`siri konsistentsiya ko`rsatkichi orqali, zichlanish darajasi esa g`ovaklik koeffitsienti yordamida hisobga olinadi.
Ko`plab o`tkazilgan tajribalarning ko`rsatishicha, gilli gruntlar zarrachalari orasidagi solishtirma tishlashish kuchining qiymati, zarrachalari kuchsiz bog`langan sochiluvchan gruntlarnikiga qaraganda birmuncha yuqori bo`lib (6-rasm, с), gilli gruntlarning siljishga qarshiligi:
с = p tg  + с , (22)

bu yerda с – gruntning konsistentsiya ko`rsatkichi va g`ovaklik koeffitsientiga bog`liq bo`lgan solishtirma tishlashish kuchi.





Download 54.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling