Gruntni mustahkamlashda innavatsion materiallardan foydalanish


Gruntlarni qotirish usullari


Download 42.92 Kb.
bet4/10
Sana15.11.2023
Hajmi42.92 Kb.
#1776143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GRUNTNI MUSTAHKAMLASHDA INNAVATSION MATERIALLARDAN FOYDALANISH.111

4. Gruntlarni qotirish usullari
Gruntlarni maxsus kimyoviy qorishmalar yoki issiqlik ta`sirida qotirib, ularning yuk ko`tarish qobiliyatini oshirish mumkin.
Qotirish usullari turli tuman bo`lib, ularni asosan qorishmaning turi bo`yicha bir-biridan farqlaydilar. Gruntlarni tsement qorishmasi, suyuk shisha, maxsus smolalar (masalan, karbomid smolasi), bitum va boshqa materiallar yordamida qotirish mumkin.
Gruntlarni tsementlash, oldindan tayyorlangan chuqurlikka maxsus moslama tushirib, uning yordamida bosim ostida grunt g`ovaklariga tsement qorishmasini yuborishga asoslangan. Mazkur usulni yirik zarrachali g`ovak gruntlar sharoitida qo`llash yaxshi samara beradi.
Turli organik moddalar va changsimon zarrachalarga boy gruntlarga tsement qorishmasini yuborishdan oldin, ular bosim ostida suv bilan yuviladi. Gruntlarni qotirishda yuqori markali tsementlardan foydalaniladi.
Gruntlarni suyuk shisha yordamida qotirishda, ularning g`ovaklariga eruvchan shisha bilan kaltsiy xlor aralashmasi, suyuq holda, maxsus moslama yordamida yuboriladi. Bu ikkala modda aralashmasi gruntda tez qotish xususiyatiga ega bo`lib, ularning kimyoviy birikishi natijasida, qattiq modda -- gel kremniy kislotasi hosil bo`ladi. Bu usuldan lyossli gruntlarni sun`iy kuchaytirishda ham keng foydalanish mumkin.
Bitum yordamida gruntlarni qotirishda, 2000 S atrofida qizdirilgan bitum, maxsus moslamalar yordamida, skvajina orqali grunt g`ovaklariga yuboriladi. Bu moslamalar qozondan, nasosdan, uzatuvchi quvurdan va in`ektordan tashkil topadi.
Gruntlarni sun`iy kuchaytirishda, shuningdek, elektr yordamida qotirish usulidan ham foydalanish mumkin. F.F.Reys tomonidan tavsiya etilgan bu usul gruntlardagi suvning elektroosmotik harakatlanishga doir xususiyatiga asoslangan. Ma`lumki, gilli grunt zarrachalarini ko`p miqdordagi suv pardalari o`rab turadi. Agar, gilli gruntga o`zgarmas elektr toki ta`sir etish bilan bir vaqtda, unga maxsus suyuq qorishma yuborilsa, musbat o`tkazgichdan (anod) manfiy (katod) tomonga qarab, suv harakati boshlanadi. Bu esa, o`z navbatida suv bilan birga grunt zarrachalarining harakatlanishiga va natijada ularning zichlanib, qotishiga olib keladi.
Sun`iy mumlar (smolalar) yordamida asosan qumli va lyossli gruntlar qotiriladi. Hozirgi davrda karbomid va furfurol kabi mum turlari qurilishda keng qo`llanilmokda. Ular suvda yaxshi eriydi.
Gruntga yuborishdan oldin, mumlar suv bilan aralashtiriladi, natijada ularning qovushqoqligi kamayib, grunt g`ovaklariga kirib borish xususiyati oshadi. Gruntga yuborilgan mumning qotish jarayonini tezlashtirish uchun tuz kislotasining 2...5 foizli qorishmasidan foydalaniladi.
Bo`sh gruntlarni issiqlik ta`sirida qotirish usulini o`ta cho`kuvchan lyossli va serg`ovak qumli yoki gilli gruntlar sharoitida qo`llash mumkin. Issiqlik ta`sirida qotirishning ikki xil usuli keng ishlatiladi. Birinchisi -- issiq gazdan foydalanishga asoslangan bo`lib, bunda oldindan qazilgan chuqurlarga 600...8000 S atrofidagi issiq havo yuboriladi. Ikkinchi usul bo`yicha qotirishda, oldindan kovlangan chuqurlarga gazga aylanuvchi suyuq yoki qattiq holdagi yonilg`i tushiriladi. Yonish vaqtida hosil bo`ladigan 1000о S atrofidagi issiqlik harorati grunt zarrachalarining o`zaro mustahkam bog`lanishiga olib keladi Yonish jarayoni 5...10 kun davom etib, 1,5...2,5 m radius atrofidagi gruntni qamraydi. Shundan so`ng, hosil bo`lgan chuqurlik shibbalangan grunt bilan to`ldiriladi.

Download 42.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling