Gruntni mustahkamlashda innavatsion materiallardan foydalanish
Zamin va poydevor tushunchalari. Poydevorsozlik sohasi rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 42.92 Kb.
|
GRUNTNI MUSTAHKAMLASHDA INNAVATSION MATERIALLARDAN FOYDALANISH.111
Zamin va poydevor tushunchalari. Poydevorsozlik sohasi rivojlanishining qisqacha tarixi
Inshootdan uzatiladigan bosimni o`ziga qabul qiladigan grunt qatlami zamin deyiladi. Bunda tabiiy va sun`iy zaminlar bir-biridan farqlanadi. Agar poydevor ta`sir zonasidagi gruntdan uning tabiiy tuzilishini o`zgartirmasdan foydalanilsa, u tabiiy zamin bo`ladi. Sun`iy zaminda esa grunt turli usullar bilan zichlanadi yoki qotiriladi. Ma`lumki, inshootni juda kamdan-kam holda yer sirti bo`ylab joylashtirish mumkin. Chunki, yer yuzasidagi gruntlar namlik, harorat, shamol, o`simlik dunyosi, inson faoliyati natijalari va shunga o`xshash omillar ta`sirida o`zlarining shakli va tuzilishini doimiy ravishda o`zgartirib turadi, natijada ularning yuk ko`tarish qobiliyati ko`pincha unchalik yetarli bo`lmaydi. Bundan tashqari yer sirti bo`ylab quriladigan inshootning ustivorligi ham birmuncha kam bo`ladi. Yuqorida bayon etilgan omillar inshootni yer sathidan biroz quyiroqda joylashtirish zarurligini ko`rsatadi. Inshootni zaminning ishonchli qatlami bilan bog`lovchi uning yer osti yoki suv ostida joylashadigan qismiga poydevor deyiladi. Poydevor inshootdan tushayotgan yukni o`ziga qabul qiluvchi va uni zaminga uzatuvchi hamda zaminning ustivorligini ta`minlovchi konstruktsiyadir. Zamin va poydevorlarni loyihalash va barpo etish bilan insoniyat juda qadim zamonlardan beri shug`ullanib keladi. Eramizdan bir necha ming yillar ilgari ham Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Arabiston, Markaziy Osiyo va Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida zaminga ko`p yuk uzatuvchi muhtasham bino va inshootlar barpo etilgan. Misol tariqasida Nil daryosi sohilida bundan 4,5 ming yil avval qurilgan, zaminga 120 N/sm2 bosim uzatuvchi Xeops piramidasini keltirish mumkin. Zamin va poydevor turlarini tanlash hamda ularni qurish haqidagi ma`lumotlar eramizdan bir asr ilgari yashab o`tgan rimlik me`mor Vitruviyning «Arxitektura haqida o`nta kitob» asarida ham yozib qoldirilgan. Agar tarixga nazar tashlasak, O`zbekiston hududida yashagan xalqlar ham qadimdan ishonchli poydevorlarni qurish bo`yicha katta tajriba va bilimlarga ega bo`lganligiga guvox bo`lamiz. Bobokolonimiz Abu Rayxon Beruniy o`zining geologiya va qurilishga oid asarlarida zamin tayyorlash ishlariga jiddiy e`tibor bilan yondoshish zarurligini alohida ta`kidlab o`tgan. Ajdodlarimizning poydevorsozlik bo`yicha bilim va tajribalari darajasini Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va ulardan keyingi davrlarda qurilgan inshootlar misolida ham ko`rish mumkin. Zamin va poydevorlarning birgalikda ishlashini ta`minlash ayniqsa yirik gidrotexnika inshootlari uchun juda muhimdir, chunki suvga to`yingan yoki suv ta`sirida bo`lgan gruntlarning xossalari, quruq holdagi gruntlarnikidan keskin farq qiladi. Ajdodlarimizning gidrotexnika inshootlarini qurish sohasida ham katta tajribaga ega bo`lganligini X-asrda Forish tumani hududida qurilgan Xon tug`oni yoki XVI-asrda barpo etilgan Abdullaxon tug`onlarining konstruktsiyalari tasdiqlay oladi. Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar fanining zamonaviy asoslarini yaratishda K.Tertsagi, N.M.Gersevanov, N.A.Tsitovich, M.I.Gorbunov-Posadov, D.Ye.Polshin, B.I.Dolmatov, N.N.Maslov, A.I.Simvulidi, S.S.Vyalov va boshqalarning katta hissalari bor. O`zbekiston olimlaridan G.O.Mavlonov, X.Z.Rasulov, T.SHirinqulov, Ye.S.Pesikov, I.O.Odilov va boshqalar fanning asosiy qoidalarini Markaziy Osiyo mintaqalari sharoitlariga muvofiqlashtirish va yanada rivojlantirish bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarganlar. Download 42.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling