Qodir aka kuldi:
Qaissadan bunday oʻrinlarni koʻplab keltirish mumkin. Biroq, muhimi bu emas, muhimi yozuvchining mahorati. Inson obrazini toʻlaqonli yaratish vositalaridan barchasini oʻz oʻrnida, oʻz me'yorida qoʻllay bilish asarning mana shunday haqqoniy chiqishiga sabab boʻlgan. Hayotiy haqiqatlarga va inson oʻzligini uygʻotuvchi daʼvatlarga toʻla ushbu qissa sizning ham hislaringizga taʼsir etmay qolmaydi. Unda tasvirlangan koʻplab insonlar bizning ham oramizda uchraydi. Balki, kimlardir ayrim personajlar orqali oʻzini topgandir. Nima boʻlganda ham eng muhimi toʻgʻri xulosa chiqarishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Dilmurod Quronov “Adabiyotshunoslikka kirish”.
Abduqayum Yoʻldoshev “Osmon ogʻushi” qissa va hikoyalari toʻplami.
T.Boboyev “Adabiyotshunoslik asoslari”.
Hotam Umarov “Adabiyot nazariyasi”.
Abdurauf Fitrat “Adabiyot qoidalari”.
Do'stlaringiz bilan baham: |