"Gudbay Amerika!" qissasida inson obrazini toʻlaqonli yaratish vositalari


Shunday odamga uch gaz yer topilmaydimi?


Download 13.41 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi13.41 Kb.
#1037276
1   2   3
Bog'liq
Abdullajonova

Shunday odamga uch gaz yer topilmaydimi?

Aka-ukalardan biri javob qaytardi:

  • Topiladi, lekin....

Ikkinchisi gapni yakunladi:

  • Lekin juda qimmat. Bu yerda eng boy odamlargina oʻzlari, yaqinlari uchun oldindan qabristondan yer sotib olib qoʻyishadi. Qolganlar shunday...

Davronbek boshini chalgalladi, uning quruqshab ketgan tomogʻidan alamli faryod otilib chiqdi:

  • E Xudoyim...”

Ushbu dialogli parchadan anglashiladigan personaj ruhiy holati, avvalo, iztirob. Qanday iztirob, alamli iztirob. Oʻz yurtidan olisda, Vatanni qumsab dunyodan koʻz yumgan inson uchun qabr boʻla oladigan bir parcha yer topilmasligi va bu vaziyatga “shunchaki odatiy” deb qarab turgan oʻsha insonning farzandlari holati, chindan ham alam tuygʻusini uygʻotadi. Shu bilan birga Davronbekning iztirobi bizga Vatan tuprogʻi qanchalar qadrli va moʻtabar ekanligini, “Oʻzga yurda shoh boʻlguncha oʻz yurtingda gado boʻl” hikmati nechogʻlik haqiqatligini yana bir karra koʻrsatib beryapti. Yozuvchi qindik qoni toʻkilgan tuproq yurakning bir parchasi ekanligini asarning yana bir oʻrnida taʼkidlab oʻtgan. Ushbu holatni yana personaj nutqi orqali yuzaga kelganini guvohi boʻlamiz.
Fotihadan soʻng Adham bobo Nodir olib kelgan Toshkent patirini qoʻliga olib, uzoq hidladi:

  • Ox-ox, yurtning tuprogʻida pishgan-da bu.

Qodir akaning ishorasi bilan Nodir choʻntagidan tuguncha chiqardi:

  • Mana, bobo, oʻsha tuproqdan bir hovuch olib kelgandim.

Adham bobo entikib tuproqni qoʻliga oldi, baayni patirni hidlaganday toʻyib hidladi, koʻzlariga yosh keldi.


Download 13.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling