Gul tuzilishi va to‘pgullar. O‘simliklarning gullash davri, changlanish, urug‘lanish va ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ppt


Download 194.48 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi194.48 Kb.
#1746003
1   2   3   4
Bog'liq
To\'pgul

GULNING TUZILISHI
Gul yuzasidan bittadan ortiq simmetriya chizig’i o’tkazish mumkin bo’lsa, bunday gullar aktinomorf gullar deyiladi. Ko’pchilik gulli o’simliklarning gullari aktinomorf bo’ladi. O’rik, shaftoli, bodring, g’o’za, boychechak, gilos, pomidor va shu kabi o’simliklarning gullari bunga misol bo’la oladi. Gulli o’simliklarning evolyutsiyasi to’g’ri gullardan qiyshiq gullarni keltirib chiqargan.
Gul yuzasidan faqatgina bir yo’nalishda bitta simmetrik chiziq o’tkazish mumkin bo’lsa, ular zigomorf gullar deyiladi. Bunday gullar yalpiz, kiyiko’t, beda, sebarga akatsiya, shirinmiya va boshqa o’simliklarda uchraydi.
Gul yuzasidan birorta ham simmetrik chizig’i o’tkazib bo’lmasa, ular assimitrik (nosimmetrik) gullar deyiladi. Kanna, valeriana va boshqa o’simliklarda shunday gullar mavjud.
TO’PGULLAR
Aksariyat o’simliklarda gul hosil qiluvchi novda (behi, lola, lolaqizg’aldoq)da gullar yakka-yakka joylanishi mumkin. Ko’pchilik o’simliklarda gullar to’p-to’p bo’ladi va ular to’pgullar deyiladi. To’pgullarning shakli, kattaligi va gullarning soni har xil bo’lishi mumkin. Masalan, qo’g’a turkumining to’pgulida 300 ming gul borligi aniqlangan.
Korifa palmasi to’pgulining uzunligi 10 metr, gullarning soni esa 6 mln. To’pgullardagi mayda gullarni aniq ko’rish mumkin.
To’pgullarni ma‘lum tasniflash 1826 yildan boshlab to’pgullar shoxlanishiga ko’ra 2 ta asosiy guruhga: yon, (ochiq) monopodial va uchki, (yopiq, simoz) simpodial to’pgullarga bo’linadi.
Monopodial, botrik to’pgullarning asosiy o’qi rivojlangan va gullarining soni noaniq bo’ladi, shuning uchun ham ularni noaniq to’pgullar deyiladi. To’pgul o’qi o’sishi monopodial bo’ladi.
Monopodial to’pgullarda gullar to’pgulning birinchi tartib o’qida joylashgan bo’lsa oddiy monopodial to’pgul, aksincha, gullari ikkinchi yoki uchinchi tartibdagi o’qiga o’rnashgan bo’lsa murakkab monopodial to’pgul deyiladi.
Oddiy monopodial to’pgullar:

Download 194.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling