Gul tuzilishi va to‘pgullar. O‘simliklarning gullash davri, changlanish, urug‘lanish va ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ppt


Download 194.48 Kb.
bet1/4
Sana04.11.2023
Hajmi194.48 Kb.
#1746003
  1   2   3   4
Bog'liq
To\'pgul


MAVZU: GUL TUZILISHI VA TO‘PGULLAR.
Reja:
  • Gulning tuzilishi

  • 2.Gulning jinslarga ajralishi
    3.To’pgullar

GULNING TUZILISHI
Gulli o’simliklar uchun xos bo’lgan generativ organ hisoblanib, o’sishi cheklangan, shakli o’zgargan novdadir hamda maxsus vazifalarni bajarishga moslashgan. Ushbu o’simliklar jinsiy ko’payishi jihatidan boshqa o’simliklarga qaraganda yuqori bosqichda turadi. Gulda juda murakkab va muhim rivojlanish: mikro va makrosporogenez, changlanish, urug’lanish, murtakning shakllanishi va mevaning hosil bo’lish jarayonlari o’tadi.
Gulning a‘zolari yoki organlari shakli o’zgargan barglardir. Ularning bir qismi spora hosil qilishga moslashgan, qolganlari esa o’rama barglar sifatida xizmat qiladi. Spora hosil qiluvchi barglar mikro- va megasporofillar hisoblanadi. Gulda ularning biri changchilar va ikkinchisi urug’chilar deb ataladi.
Gulning umumiy sxematik tuzilishi:
1-tumshuqcha; 2-tuguncha; 3-ustuncha; 4-urug’kurtak; 5-changchi ipi; 6-bog’lovchi; 7-changdon; 8-chang donasi; 9-mikrosporalar va changchi; 10-tojbarg; 11-gul o’rni; 12-gul bandi; 13-gulkosa; 14-ostgulkosachabarg; 15-16-gulyonbarglar.
Gulqo’rg’on oddiy (perigonium) yoki murakkab bo’ladi. Gulqo’rg’oni hosil qiluvchi bir xil rangli barglarning necha qator bo’lib joylashishidan qatiy nazar oddiy gulqo’rg’oni deyiladi. Oddiy gulqo’rg’onli gullar gultojisimon yoki gulkosasimon bo’ladi. Oddiy gulqo’rg’onning gul barglari yashil rangda bo’lsa, bunday gullar gulkosasimon deyiladi va bunga lavlagi, otquloq, izen va boshqa o’simlik gullarini misol qilish mumkin. Oddiy gulqo’rg’onning gulbargi har xil ranglarda (sariq, qizil, binafsha, pushti, ko’k va hokazo) bo’lsa, ular gultojsimon deyiladi. Bu guruhga lola, boychechak, chuchmoma, gulsafsar, shirach kabi o’simliklarning gullari misol bo’la oladi.

Download 194.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling