Gul tuzilishi va to‘pgullar. O‘simliklarning gullash davri, changlanish, urug‘lanish va ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ppt


Download 194.48 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi194.48 Kb.
#1746003
1   2   3   4
Bog'liq
To\'pgul

GULNING TUZILISHI
GULNING TUZILISHI
Gulkosa. U kosachabarglarga ega. Gulkosa barglari gulni g’uncha vaqtida tashqi tomondan o’rab turadi. Gulkosa bargchalarida xlorofill donachalari bo’lganligi sababli qo’shimcha fotosintez organi hisoblanadi.
Gultoj. tojibarglarining yig’indisiga gultoj deyiladi. Gultojbarglar qizil, po’shti, oq, havo rang va boshqa ranglarga bo’yalgan bo’lib, hasharotlarni o’ziga jalb qiladi.
Gulkosa va gultoj barglari o’zaro qo’shilgan yoki qo’shilmagan, erkin bo’ladi. Erkin gulkosa va gultojli gullar juda kam uchraydi. Masalan, karamning gulida gulkosa hamda gultoj barglari erkin o’sgan. Pechakda esa ular birikib o’sib qo’ng’iroqsimon gultojlarni hosil qilgan.
GULNING TUZILISHI
Changchilar. Bular morfologik tabiati va funksiyasiga ko’ra mikrosporafillardan hosil bo’lgan. Har bir changchi chang ipiga, ikkita chang xaltachalariga va bog’lag’ichga ega. Chang xaltachalarida ikkita mikrosporangiy bo’ladi va ba‘zan ular chang uyalari ham deyiladi. Demak, har qaysi changchi 4 ta mikrosporangiyga ega. Changchisi rivojlanmay qolgan ba‘zi gullarga staminodiy deyiladi. Masalan, zig’ir gulida ko’rish mumkin.
Guldagi changchilarning to’plami androtsey deb ataladi. Changchilar gulda erkin yoki chang ipi bilan birikib o’sadi.
GULNING TUZILISHI
Urug’chi yoki mevabargcha (karpella)lar. Gulning o’rtasida mevabargchalar o’rnashgan bo’lib, ular megasporabargchalar hisoblanadi yoki urug’chi deyiladi. Urug’chilarning to’plami genetsiy deb ataladi. Urug’chining tumshuqchasi, ustunchasi va tugunchasi mavjud.
Urug’chi tumshuqchasi bir, ikki, uch va undan ortiq bo’laklarga bo’linishi mumkin, bu bo’laklar urug’chining nechta meva bargchadan hosil bo’lganligini bildiradi. Urug’chining tumshuqchasi chang hujayralarini qabul qilib oladi, ya‘ni urug’chining tumshuqchasida changlanish jarayoni o’tadi.

Download 194.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling