Gul tuzilishi va to‘pgullar. O‘simliklarning gullash davri, changlanish, urug‘lanish va ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ppt
Download 194.48 Kb.
|
To\'pgul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchala, sirg’asimon
- Murakkab soyabon
- Simpodial to’pgullar
- 1. Monoxaziy
- 3. Pleyoxaziy
TO’PGULLAR
TO’PGULLAR Soyabon - to’pgulning asosiy o’qi, qisqargan gulbandi bir xil uzunlikda bo’lib, gullari bir nuqtada o’rnashgan. Piyozdoshlar oilasida uchraydi. Boshcha yoki kallakcha to’pgulning o’qi juda qisqargan. Gullari bandsiz, bir-biriga juda zich joylashgan. Bunga sebarga turkumi misol bo’ladi. Savatcha. To’pgulning yuqori qismi savatcha singari kengaygan bo’lib, unda bandsiz mayda gullar joylashgan. Savatcha to’pgul yassi, ko’zachasimon yoki gumbazsimon bo’lishi mumkin. Savatcha to’pgulning atrofini gulyonbarglar o’rab turadi. Kungaboqar, andiz, bo’tako’z o’simliklarining to’pgullari savatcha to’pgulga misol bo’ladi. Kuchala, sirg’asimon to’pgulning o’qi osilib turadigan shingildir. Oqqayin, tol, terak va yong’oqning erkak to’pguli bunga misol bo’la oladi. TO’PGULLAR Murakkab monopodial to’pgullar: Murakkab boshoq to’pgulning o’qida oddiy boshoqcha mavjud. Buni bug’doy va arpaning to’pgulida kuzatish mumkin. Murakkab soyabon to’pgulning birlamchi qabilasidagi o’qining uchida oddiy soyabonchalar o’rnashgan. Ziradoshlar oilasi vakillari to’pgullarini o’rganish kifoya qiladi. Murrakkab shingil yoki ro’vak to’pgulning asosiy o’qida oddiy shingil to’pguli joylashgan. Sholi va qo’ng’irbosh , sulining to’pgullari bunga misol bo’ladi. TO’PGULLAR Simpodial to’pgullar. Simpodial to’pgullar simoz yoki aniq (uchki, yopiq) to’pgullar deyiladi. Simpodial to’pgullarning o’qi qisqa bo’lib, gul bilan tugaydi. Gullar uchki guldan boshlab ochiladi. Simoz to’pgullarning quyidagi turlari uchraydi: 1. Monoxaziy to’pguli ikki xil bo’ladi. a) gajak to’pgul o’qi bir tomonlama o’rnashib buralgan to’pguldir, ularni kampirchopondoshlar va iuzumdoshlar oilalarining ayrim vakillarida ko’rish mumkin. b) ilonizi to’pgulining o’qi ikki tomonlama birin ketin o’rnashgan bo’lib, iloniziga o’xshaydi. Bu xildagi to’pgul mingdevona o’simligida uchraydi. TO’PGULLAR 3. Pleyoxaziy yoki soxta soyabon to’pgul. Pleyoxaziy to’pgulning asosiy o’qi ancha qisqargan bo’lib, uning atrofida doira holida o’rnashgan bir qancha o’qlardan tashkil topgan to’pgullar joylashadi. Buni sutlama o’simligida uchratamiz. Shuningdek, Tirs – murakkab to’pgul ham bo’lib, monopodial o’suvchi asosiy o’q va elementar yon to’pgullar simoidlarga ega. Yalpizdoshlar va sigirquyruqdoshlar oilalari vakillarida uchraydi. Download 194.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling