Guldan suvo’tlargacha


Download 29.83 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi29.83 Kb.
#1699873
Bog'liq
Guldan suvo\'tlar


Guldan suvo’tlargacha
1.Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilmagan gullarga ... ning guli misol bo'ladi. 1)o'sma 2)qo'ypechak 3)g'o'za 4)olma 5)karnaygul 6)nok 7)lola 8)marmarak 9)boychechak
A)1,3,4,6,8,9 B)2,5,8,9 C)1,3,4,6,7,9 D)barchasi
2.Gulining gulqo'rg'ono yo'qolib ketgan yoki tangachaga aylangan o'simliklarni aniqlang. 1)karnaygul 2)tol 3)tut 4)qarag'ay 5)qo'ypechak 6)terak 7)marmarak 8)yong'oq
A)2,3,6,8 B)1,5,7 C)2,4,6,8 D)barchasi
3.Qiyshiq gulga ... misol bo'ladi. 1)olma 2)gladiolus 3)na'matak 4)nastarin 5)isfarak 6)behi 7)rayhon 8)marmarak 9)shaftoli 10)kiyiko't 11)burchoq 12)loviya 13)beda 14)qo'ng'iroq gul 15)gunafsha 16)lola 17)parpi 18)suvyig'ar 19)angishvonagul
A)1,3,4,6,9,14,16,18 B)2,4,5,7,8,10,11,12,13,15,17,19 C)2,4,5,6,8,10,11,12,13 D)3,5,7,8,9,11,12
4.G'o'za guli olma gulidan nimasi bilan farq qiladi? 1)gulkosachasining tashqi tomonida yirik tishchali uchta bargchasi (ostgulkosachasi) bo'lmaydi 2)gulkosachasining tashqi tomonida yirik tishchali uchta bargchasi (ostgulkosachasi) bo'ladi 3)g'o'zaning urug'chisi o'ziga xos tuzilgan 4)gulkosachasi rivojlanmagan
A)1,3 B)2,3 C)2,4 D)barchasi
5.Murakkab shingil-ro'vak hosil qiladigan o'simliklarni aniqlang. 1)shashir 2)bug'doyiq 3)tok 4)sholi 5)bodiyon 6)qamish 7)kungaboqar 8)kartoshkagul 9)nastarin 10)shuvoq 11)bo'tako'z 12)kelin supurgi 13)sachratqi 14)otquloq 15)ermon 16)rovoch 17)karrak
A)3,4,6,9,12,14,16 B)7,8,10,11,13,15,17 C)1,2,5,12,15,17 D)3,4,6,9,12,14,15
6.Urug'lar unib chiqishi uchun zarur haroratni aniqlang. 1)qovun 2)g'o'za 3)bodring 4)pomidor 5)makkajo'xori 6)sabzi 7)bug'doy a)3C b)5C v)8C g)10C d)12C e)13C j)15
A)1-j; 2-e; 3-d; 4-g; 5-v; 6-b; 7-a B)1-a 2-e; 3-d; 4-g; 5-v; 6-b; 7-j
C)1-j; 2-b; 3-d; 4-g; 5-v; 6-e; 7-a D)1-e; 2-j; 3-g; 4-d; 5-v; 6-a; 7-b
7.Meva atrofini o'rab olgan qanotchalari hisobiga uchib tarqaladigan o'simliklarni aniqlang. 1)terak 2)qayrag'och 3)shumtol 4)tol 5)saksovul 6)cherkez 7)qoqio't 8)boyalich 9)baliqko'z 10)qo'g'a 11)zarang 12)rovoch 13)jud
A)1,4,7,10 B)2,3,5,6,8,9,11,12,13 C)2,3,5,6,8,9,10,12,13 D)1,5,6,8,9,10
8.Qora ituzum o'simligining sistematik birliklari tartibi to'g'ri berilgan qatorni aniqlang. 1)bo'lim 2)sinf 3)oila 4)turkum 5)tur a)ituzum b)ituzumdoshlar v)ikki urug'pallali (magnolyasimon) g)gulli o'simliklar (magnoliyatoifa) d)qora ituzum
A)1-g; 2-v; 3-b; 4-d; 5-a B)1-g; 2-v; 3-b; 4-a; 5-d C)1-v; 2-g; 3-b; 4-a; 5-d D)1-g; 2-b; 3-v; 4-a; 5-d
9.Sariq do'lana o'simligining sistematik birliklari tartibi to'g'ri berilgan qatorni aniqlang. 1)bo'lim 2)sinf 3)oila 4)turkum 5)tur a)do'lana b)ra'nodoshlar v)ikki urug'pallali (magnolyasimon) g)gulli o'simliklar (magnoliyatoifa) d)sariq do'lana
10.Ba'zi bakteriyalarning sporalari ... gacha issiqqa va ... sovuqqa bardosh beradi.
A)140 C; 253 C B)253 C; 140 C C)100 C; 240 C D)70 C; 140 C
11.Bakteriyalarning faoliyati natijasida vujudga keladigan jarayonlarga qarab qanday guruhlarga bo'lish mumkin? 1)chirituvchi 2)aerob 3)anaerob 4)achituvchi 5)tugunak
A)1,4,5 B)2,3 C)1,2,3,4 D)barchasi
12.Xlamidomonadaning xlorelladan qanday farqi bor? 1)shakli yumaloq 2)shakli ovalsimon yoki noksimon 3)ikkita xivchini bor 4)bitta xivchini bor 5)stigma (qizil "ko'zcha"si bor 6)jinssiz yo'l bilan ko'payadi 7)jinsiy yo'l bilan ko'payadi 8)avtospora hosil qiladi 9)zoospora hosil qiladi
A)2,4,5,6,9 B)1,3,6,7,8 C)1,4,7,8,9 D)2,3,5,6,7,9
13.Ulotriksga xos xususiyatlarni aniqlang? 1)ipsimon tizilgan bir xil hujayralardan iborat 2)shoxlandi 3)shoxlanmaydi 4)rizoidi bilan suv ostidagi toshlarga birikadi 5)suvda muallaq o'sadi 6)iplari yirik silindrsimon hujayralardan tuzilgan 7)bo'yi bir metrgacha yetadi 8)belbog' ko'rinishidagi xromatoforasi bor 9)spiral ko'rinishidagi xromatoforsi bor 10)jinsiy yo'l bilan ko'payadi 11)jinsisiz yo'l bilan ko'payadi 12)jinsiz ko'payganda 16,32 hujayralarga bo'linadi 13)yosh hujayrasida 4 ta xivchini bo'ladi 14)yosh hujayrasida 2 ta xivchini bo'ladi 15)avtospora hosil qiladi 16)zoospora hosil qiladi
A)2,5,6,7,9,14,15 B)1,3,4,8,10,11,12,14,16 C)1,3,4,8,10,11,12,13,16 D)1,3,4,9,10,11,12,13,15
14. Quyidagi o’simliklarni ularning to’pguliga moslashtiring?
a-bodiyon, b-rediska, c-karrak, d-rovoch, 1-oddiy shingil, 2-savatcha, 3-shoxlangan soyabon, 4-oddiy qalqonsimon, 5-rovak, 6-to’pgul xosil qilmaydi,
a) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b b) 6-b, 2-c, 3-a, 5-d c) 1-b, 2-c, 3-a, 5-d d) 2-a, 3-b, 4-c, 6-d
15. Qanday to’pgul hosil qiluvchi o’simliklar asosan daraxtlrdan iborat?
a) ro’vak b) boshoq c) savatcha d)kuchala
16. Quyidagi o’simliklarni ularning to’pguliga moslashtirining.
1-kovrak, 2-karrak, 3-javdar, 4-oqqayin, 5-qurttana . a-oddiy shingil, b-kuchala, c-savatcha, d-murakkab soyabon, e-murakkab boshoq
a) 1-c,2-d,3-e,4-b,5-a b) 1-e,2-c,3-d,4-b,5-a c)1-b,2-d,3-c,4-a,5-b d)1-d,2-c,3-e,4-b,5-a
17. Mevalarni juftlab ko’rsating ?
1-oq akatsiya, 2-chuchmoma, 3-olcha, 4-zirako’t, 5-qayrag’och, 6-turp, 7-terak
a-dukkak, b-uchma meva, c-qo’zoq, d-qanotchali, e-ko’sak, g-danakli
a) 1-a,2-e,3-g,4-a,5-d,6-c,7-d b) 1-a,2-e,3-g,4-a,5-d,6-c,7-b
c) 1-g,2-a,4-c,5-g,6-b,7-e d) 1-b,2-g,3-a,4-d,5-c,6-e,7-b
18. Dorivor (1), ziravor (2) va zeb-ziynat (3) sifatida foydalanilgan o’simliklarni juftlang.
a-marmarak, b-alqor, c-sedana, d-qalampir-munchoq, e-zubturum, g-murch, j-yersovun, i-tasbehmunchoq, y-na’matak
a) 1-a,b,c; 2-d,e,g; 3-j,i,y b) 1-a,e,y; 2-b,c,g; 3-d,j,i c) 1-d,j,i; 2-b,c,g; 3-a,e,y d) 1-b,c,g; 2-a,e,y; 3-d,j,i
19. Urug’ida oqsil(I), moy(II), kraxmal(III), efir moylari(IV) saqlaydigan o’simliklarni juftlang?
1-mosh, 2-makkajo’xori, 3-no’xat, 4-bug’doy, 5-o’rik, 6-zira, 7-shaftoli, 8-shivit, 9-bodom
a) I-5,7,9; II-1,3; III-6,8; IV-2,4 b) I-1,3; II-5,7,9; III-2,4; IV-6,8
c) I-1,3; II-5,7; III-2,4,9; IV-6,8 d) I-6,3; II-5,8, III-1,7; IV-2,4,9
20. Makkajo’xori-1; g’o’za-2; o’simliklarining murtagida nechtadan urug’palla bo’ladi?
a)bitta, b)ikkita, c)birnechta
a) 1-a; 2-b b) 1-b; 2-a c) 1-c; 2-a d) 1-c; 2-b
21. Urug’ va mevalari ichki bosim pallalarining chatnashi hisobiga tarqaladigan o’simliklar guruhini aniqlang.
1)yorongul, 2)tol, 3)o’qotar, 4)boyalich, 5)burchoq, 6)cherkez
a) 1,2,3 b) 2,4,6 c) 1,3,5 d) 2,3,4
22. Mevalari suv o’tkazmaydigan qobiqqa ega bo’lgan o’simliklar guruhini aniqlang?
1)cherkez, 2)kurmak, 3)machin, 4)boyalich, 5)zarpechak, 6)jud, 7)rovoch, 8)qurttana
a) 1,2,3,4 b) 2,3,5,8 c) 3,4,5,7 d) 2,4,6,8
23. Bakteriyalar xujayrasining shakillari bo’yicha juftlang ?
1-sharsimon 2-tayoqsimon 3- slindrsimon 4-bukilgan
a-spirilla b-batsilla c-kokklar d-batsidiyalar
a) 1-a;2-b;3-c;4-d b) 1-c;2-d;3-a;4-b c) 1-c;2-b;3-b;4-a d) 1-d;2-b;3-c;4-a
24. Bakteriyalar nimalar ta’sirida tez halok bo’lishadi?
1-quyosh nuri 2-yorug’lik 3-past harorat 4-qorong’ulik 5-havoning namligi 6-havoning quruqligi
a) 1,2,3 b)2,4,6 c)1,3,5 d) 1,3,6
25. Xlorella(1), ulotiks (2), spirogira (3), laminariya (4)ning qancha turi tarqalgan ?
a) 25 b) 340 c) 40 d) 30 e) 5
A) 1-a; 2-b; 3-c 4-d B) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d
C) 1-e; 2-b; 3-a; 4-d D) 1-e; 2-a; 3-b; 4-d
26. Qaysi o’simlikning zigotasi to’rtga bo’linib, har biridan yangi organizm
rivojlanadi?
A) ulotriks B) nostok C) ossilatoriya D) funariya
27. Payvandlash uchun qanday novdalar tanlanadi?
1) kurtaklari bo’rtib chiqqan; 2) kurtaklari tinim davridagi; 3) quyoshda toblangan; 4) 45-50 sm ga ega; 5) bir yillik novda
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4
28. Soxta mevali o’simliklarni belgilang.
A)olcha,olxo’ri,shaftoli B)olxo’ri,itqovun,olma
C) itqovun, qozonyuvg’ich, na’matak D) olma, olxo’ri, shaftoli
29. Kokos poyasining shaklini aniqlang.
A) shoxlanmagan B) bargli C) ilashuvchi D) shoxlangan
30. O’simlik to’qima va hujayralarini ularga xos bo’lgan xususiyatlari bilan juftlang.
а) elaksimon nay; b) asosiy to’qima; c) po’kak to’qima; d) kambiy;
e) epiderma; f) o’tkazuvchi nay
1) hujayralari yupqa, elastik;2) hujayralari tirik, zich joylashgan, bir qavat;
3) hujayra qobig’i suberin moddasi bilan shimilgan;4) halqa shaklida o’rnashgan;5) deyarli bir xil, yupqa devorli hujayralardan iborat;
6) epiderma ostidagi etli qavatda joylashgan;
7) barglarda hosil bo’lgan organik moddalarni o’tkazadi.
A) a-7; b-6, 5; c-3; e-2; d-4, 1B) a-7; b-4; c-3; d-2; e-5; f-1
C) a-4, 7; b-2, 1; c-3; d-5; f-6D) a-1, 2; b-6; c-3; d-5; e-4
31. Qaysi o’simliklar shakli o’zgargan poyalar hosil qiladi?
1) tok; 2) qulupnay; 3) zirk; 4) no’xat; 5)do’lana; 6) giatsint; 7) xrizantema;
8) akatsiya
A) 1,6, 7,8 B) 3, 4,8 C) 1,2,5,6 D) 2, 3, 5
32. Quyidagi meva xillari xos bo’lgan o’simliklarni juftlab ko’rsating.
1) don; 2) ko’sak; 3) qo’zoqcha; 4) rezavor; 5) qanotchali; 6) dukkak
a) qayrag’och; b) zirako’t; c) qo’ypechak; d) makkajo’xori; e) achambiti;
f) ituzum
A) 1-d; 2-c; 3-e; 4-f; 5-a; 6-b B) 1-d; 2-e; 3-c; 4-f; 5-b; 6-a
C) 1-d; 2-c; 3-b; 4-e; 5-a; 6-f D) 1-d; 2-a; 3-b; 4-f; 5-c; 6-e
33. Qoqio’t kuz oylarida....
a) gullashda davom etadi; b)urug’idan unib chiqib to’pbarg hosil qiladi;
c) mevasining asosiy qismi pishib, uchki qismidagi gullar ochilib turadi;
d) birinchi sovuqdayoq nobud bo’ladi
A) a, b B) a, b, c C) d D) a, b, c, d
34.Maysa(a) va murtak(b) nimahisobiga oziqlanadi?
1) endospermdagi organik moddalar; 2) rivojlanguncha oziqlanmaydi;
3) fotosintez mahsulotlari
A) a-3; b-2 B) a-3; b-1 C) a-1, b-2 D) a-1, b-1
35. Anor o’simligiga xos belgilarni ajrating.
1) mevasi ko’sak; 2) anordoshlar oilasiga mansub; 3) gulxayridoshlar oilasiga mansub; 4) hayotiy shakli buta; 5) hayotiy shakli daraxt; 6) qalamchasidan vegetativ usulda ko’paytiriladi
A) 2, 4, 6 B)3, 4, 6 C) 1, 3, 5 D)2, 5, 6
36. Qo’shimcha ildiz hosil qiladigan o’q ildizli o’simliklarni aniqlang.
1) qulupnay; 2) makkajo’xori; 3) kartoshka; 4) ajriq
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3 D)2, 3
37. Poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3 metr, bitta yoki bir nechta poya hosil qiluvchi sershox ko’p yillik o’simliklarni aniqlang.
1) zirk; 2)tobulg’i; 3) tog’olcha; 4) kalina; 5) floks; 6) duragay gibiskus;
7) budleya; 8)lipa; 9) uchqat; 10)giatsint; 11) gortenziya
A) 1,2, 6, 9, 11 B) 2,3,6, 7, 8, 10 C) 1,2, 4,5, 10, 11 D) 1,2,4, 7, 11
38. Poyasining ko’ndalang kesimi yumaloq (a), qanotli (b), to’rtqirrali (c) bo’lgan o’simliklarni ajrating.
1) burchoq; 2) qovoq; 3) olg’i; 4) rayhon; 5) bug’doy; 6)yovvoyi sabzi
A) a-5; b-4; c-1B)a-6; b-1; c-3 C) b-1; c-4; a-5D)a-2; c-4; b-6
39. Quyidagi o’simliklarni to’pgulining tuzilishiga ko’ra ajrating.
1-shoxlangan soyabon; 2-gullari to’pgul o’qiga uzun bandi bilan o’rnashadi; 3-turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi; 4-asosiy gulpoyasi osilib turadi; 5-atrofi o’rama bargchalar bilan o’ralgan.
a) oqqayin; b) ermon; c) qamish; d) behi; e) bo’tako’z; f) olcha; g) qurttana; h) zubturum; i)shashir; j)bug’doyiq; k) tol
A) 1-e,b; 2-g,h; 3-d,f; 4-a,i,k; 5-c B) 1-i,j; 2-c,g; 3-b,h; 4-d,k; 5-a,e
C) 1-i; 2-g; 3-f; 4-a,k; 5-b,e D)1-c,e; 2-d,f; 3-b,i; 5-j
40. To’pgulli o’simliklarni toping.
1) olma; 2) makkajo’xori; 3) yong’oq; 4) ko’knor; 5) gunafsha; 6) binafsha; 7) ermon; 8) zubturum
A) 4,6,8 B) 4,5,6 C) 1,5,7 D) 1,2,3,7,8
Download 29.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling