Guliston davlat Universiteti
Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari kafedrasi
Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish fanidan Mustafaqulova Rayhonning
KURS ISHI
Mavzu: Nogironlikni tushunishda genetik yondashuv.
Kurs ishi rahbari: Jabborov Jahongir
GULISTON-2022
MUNDARIJA:
KIRISH
I.BOB. Nogironlar va ularning oilalari bilan ijtimoiy ish.…….………........6-15
1.1. Salomatlik tushunchasi va genetik yondashuv..............................................6-15
1.2.Nogironlikning genetik yondashuv tushuncha, omillari va yondashuvlari..15-25
II.BOB. Nogironlikni tushunishga genetik yondashuv.................................25-35
2.1. Keksa yoshda tibbiy ijtimoiy muammolar..................................................25-35
2.2.Keksa yoshdagi insonlarga qaratilgan ijtimoiy siyosatni shajillantirilishi...35-40
XULOSA……………………………………………………………………...40-46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..........46
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi;Bu soha ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan professinal soha bo‘lib, u jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta'minlash vazifasini bajaradi, shuningdek davlatning zamonaviy ijtimoiy siyosatini amalga oshirishini, zaif aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmatlarningsifati va ommabopligini ta'minlash uchun xizmat qiladi
Mamlakatimizning nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri – nogironligi boʻlgan shaxslarga Konstitutsiyamizda nazarda tutilgan fuqarolik, iqtisodiy, siyosiy va boshqa huquq va erkinliklarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari hamda prinsiplari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash hisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etar ekan, Oʻzbekistonda alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlagani bejiz emas.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash hamda himoya qilish masalalari bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinmoqda. Bu oʻrinda Konstitutsiya, 40 dan ortiq qonun va 160 dan ortiq qonunosti hujjati koʻzda tutilgan.
2020-yil 15-oktyabrda “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Joriy yilda Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |