Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy soat (1-2-kurs) 240
- V. Kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
- VIII. Talabalar bilimini baholash tizimi
|
V. Kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar Talaba kurs ishini tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlari hisobga olgan holda quyidagi shakl va usullardan foydalanish tavsiya etiladi. - kurs ishlarining tarkibiy tuzilishi quyidagicha bo’lishi maqsadga muvofiqdir ya’ni titul varag’i, reja, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi; - darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini mukammal o’rganish; - mashqlar chizmasini chizish va mashq variantlarini ishlab chiqish hamda amaliy mashg’ulotlarda foydalanish; - maxsus adabiyotlar bo’yicha mavzular ustida ishlash; - talabaning o’quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish; - faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari; Tavsiya etiladigan kurs ishlarining mavzularidan namunalar: 1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida jismoniy tarbiyaning rivojlanishi. 2. Kollej, litsey va texnikumlarda jismoniy tarbiya darsida “Aylanma trenirovka” metodidan foydalanish xususiyatlari. 3. Qizlar bilan jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish. 4. Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish (quvnoq startlar, estafetalar, sport bayramlari). 5. Bolalarni sportga tanlash usullari, metodlari va ular bilan mashg‘ulot o‘tkazish. 6. Bolalarni katta sportga jalb qilishda sport turlarini o‘rni. 7. Bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy mashqlarni tanlash va o‘tkazish. 8. O‘quv muassasalarida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish ishlarida harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatidagi o‘rni. 9. Jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish. 10. Maktab o‘quvchilarini jismoniy tayyorgarligini aniqlash. 11. Jismoniy madaniyat nazariyasining shakllanish bosqichlari 12. Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy tushunchalari 13. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqot metodologiyasi 14. Jismoniy madaniyat ijtimoiy hodisa sifatida 15. Jismoniy madaniyatning tuzilishi 16. Jismoniy madaniyat funktsiyalari - jismoniy madaniyatning mahsus funktsiyalari - jismoniy madaniyatning umummadaniy funktsiyalari 17. O‘zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimining maqsadi va vazifalari 18. Jismoniy mashqlar texnikasi. Jismoniy mashqlarni bajarish davomida jismoniy yuklama va dam olish 19. Jismoniy tarbiya vositalari 20. Jismoniy tarbiya metodlari 21. Jismoniy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining bir qismi sifatida 22. Jismoniy madaniyat tizimi, uning asoslari va tamoyillari ishlash funktsiyalari 23. Shaxsni shakllantirishda jismoniy madaniyat vositalari va metodlari 24. Jismoniy tarbiyaning metodik tamoyillari 25. Harakatlanish faoliyatini o‘rgatish 26. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish.Kuch qobiliyatining tuzilishi. Kuchni rivojlantirishning vazifalari, vositalari va asosiy metodlari 27. Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish. ezkorlik qobiliyatining tuzilishi 28. Chidamlikni rivojlantirish. Chidamlilik turlari va ularning namoyon bo‘lishiga ta'sir qiluvchi omillar 29. Egiluvchanlikni rivojlantirish. Egiluvchanlikga umumiy xarakteristika. Egiluvchanlikni takomillashtirish metodikasi 30. Chaqqonlik qobiliyatlarini rivojlantirish. Chaqqonik qobiliyatining tuzilishi. Chaqqonlik qobiliyatlarining rivojlanish darajasini aniqlash uchun nazorat mashqlari va testlar 31. Koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirish. Koordinatsiya qobiliyatiga umumiy xarakteristika. Koordinatsiya qobiliyatlarini takomillashtirish uchun metodik yondashuv 32. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan o‘zaro aloqasi 33. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vositalari va metodlari 34. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (pedagog) shaxsiga qo‘yiladigan talablar 35. Jismoniy tarbiya darsida pedagogic nazorat: pulsometriya, xronometraj, pedagogic tahlil o’tkazish uslubiyati 36. Mashg‘ulot shakliga xarakteristika 37. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya 38.Mashg‘ulotning dars shakli 38.Dars mashg‘ulotlarini tasniflash 39. Darslarning sinfdan tashqari shakllari 40. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya. 41. Jismoniy tarbiya darsida og’zaki metodan foydalanish usullari. 42. Jismoniy tarbiya darsida ko’rgazmali metodan foydalanish usullari. 43. Jismoniy sifatlar haqida umumiy tushuncha. 44. Harakatlarga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari 45. Harakat ko’nikmalari va malakalari/ 46. Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi. 47. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalash. 48. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vositalari va shakllari 49. Jismoniy tarbiya jarayonida boslang’ich sinf o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlari. 50. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi boialarning jismoniy tarbiyasi. 51. Maktab o’quv rejasi bo’yicha umumiy jismoniy tarbiya kursi. 52. Jismoniy tarbiya darsida yuklamani me’yorlash uslubiyati. 53. Jismoniy tarbiya darsining xillari. 54. Jismoniy tarbiya darsida xronometraj va pulsometriya o’tkazish uslubiyati 55. O’quv kuni tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar): Fanni o‘rganish natijasida talaba egallashi kerak: ⁃ jismoniy madaniyat nazariyasining uslubiy (metodik) asoslarini egallash; ⁃ jismoniy tarbiya jarayonining mohiyati to‘g‘risida pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish; ⁃ harakatlanish faoliyatini o‘qitishning umumiy nazariya va metodikasi asosini o‘rganish; ⁃ odamning jismoniy qobiliyatlari mohiyati bo‘yicha pedagogik bilimlarni shakllantirish va uni rivojlantirishga yo‘naltirilgan umumiy metodik asosini o‘zlashtirish; ⁃ jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o‘tkazish nazariyasi va metodikasining umumiy asosini o‘rganish; ⁃ jismoniy tarbiyani rejalashtirish va samaradorligini nazorat qilishning umumiy asoslarini egallash; ⁃ jismoniy tarbiyaning yosh xususiyatlari bo‘yicha bilimlar tizimini shakllantirish; ⁃ maktabda jismoniy madaniyat bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishda bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish; ⁃ maktab o‘quv amaliyotiga talabalarning nazariy va metodik tayyorgarligini ta’minlash. Fanni o‘rganish natijasida talaba bilishi kerak: ⁃ jismoniy madaniyat nazariyasining metodik asoslarini; ⁃ jismoniy tarbiya jarayonining asosiy qonuniyatlarini; ⁃ harakat faoliyatlarini o‘rgatish nazariyasi va metodologiyasining umumiy asoslarini; ⁃ insonning harakat qobiliyatining mohiyatini va ularni rivojlanishga yo‘naltirilgan umumiy asoslarini; ⁃ jismoniy tarbiyaning yosh xususiyatlarini. Talaba bajara olishi kerak: ⁃ maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirishni; ⁃ turli yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishni; ⁃ jismoniy tarbiya samaradorligini nazorat qilishni. VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: ma’ruzalar; interfaol keys-stadilar; seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); guruhlarda ishlash; taqdimotlarni qilish; individual loyihalar; jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar. VIII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. Sillabusda belgilangan baholash tartibi asosida ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan talim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi. VIII. Talabalar bilimini baholash tizimi Talaba bilimini baholash kredit-modul tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling