Oraliq baholash: fanning amaliy mashg‘ulot qismiga tegishli teng yarmi o‘tib bo‘lingandan so‘ng so‘ng OB olinadi. Bunda o‘tilgan mavzularga doir 1 ta amaliy ish (o‘tilgan mavzulardan kelib chiqib natura yoki kompozitsiya) bajariladi. Oldindan tuzilgan 1 ta amaliy ishni to‘liq bajargan talabaga maksimal 100 ball beriladi.
Yakuniy baholash o‘tilgan barcha mavzular bo‘yicha tuzilgan variantlar asosida o‘tkaziladi. Bunda har bir talabaning semestr davomida o‘tilgan mavzulari bo‘yicha auditoriya va mustaqil ishlari ko‘rgazmasi ko‘rib chiqiladi hamda 1 ta amaliy ish bajariladi. Talaba ko‘rgazma va amaliy ishning xar biridan maksimal 100 ball to‘plash imkoniyatiga ega. Umumiy baho o‘rtacha arifmetika asosida chiqariladi.
*Izoh. Nazoratlardagi har bir savol va topshiriqlar quyidagi baholash mezonlari bo‘yicha baholanadi.
Talabalar bilimini baholash mezonlari
a) “5” (a’lo) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
b) “4” (yaxshi) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Mustaqil mushohada yurita olish;
Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish;
v) “3” (qoniqarli) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish;
g) talabaning bilim darajasi “2” (qoniqarsiz) deb quyidagi hollarda baholanadi:
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
Javoblarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganlik;
Bilmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |