Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi


Download 1.03 Mb.
bet14/162
Sana12.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1700031
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162
Bog'liq
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс

Nazorat savollari:

  1. Jismoniy tarbiya tizimining tamoillarini sanab ko’rsating.

  2. Shaxsni har tomonlama va garmonik rivojlantirish tamoiliga tavsif bering.

  3. Ushbu tamoilni amalga oshirish uchun qanday talablarga rioya qilinishi kerak?

  4. Jismoniy tarbiya tizimining sog’lom lashtirish yo’nalishidagi tamoiliga tavsif bering.

  5. Ushbu tamoilni amalga oshirish uchun qanday talablarga rioya qilinishi kerak?

  6. Jismoniy tarbiya tizimining mehnat va har biy amaliyot bilan bog’liqlik tamoiliga tavsif bering.

  7. Ushbu tamoilni amalga oshirish uchun qanday talablarga rioya qilinish kerak?



4– asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarni O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asoslari to’g’risidagi maxsus bilimlar bilan ko’rollantirish.

Identiv o’quv maqsadlari:



  1. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asoslarini sanab ko’rsatadi.

  2. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asoslariga tavsif beradi.

4-asosiy savolning bayoni:


O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asoslari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Ijtimoiy – iktisodiy asoslar;
Huquqiy asoslar;
Uslubiy asoslar;
Dasturiy – me’yoriy asoslar;
Tashkiliy asoslar;
Ijtimoiy – iktisodiy asoslar.(5)

Jismoniy tarbiya tizimi jamiyatning iktisodiet, siesat, fan va madaniyat kabi boshqa iktisodiy – ijtimoiy tizimlari bilan ham chambarchas bog’liqdir. Jamiyat munosabatlari paydo bo’lishining bir tarmogi sifatida u ushbu tizimlarda bo’laetgan o’zgarishlar asosida rivojlanadi.


Bu bog’liqliklarning ob’ektiv asosi bo’lib jismoniy tarbiya tizimining jamiyat ishlab chikarishidagi ishtiroki hisoblanadi. Lekin, u jamiyat ishlab chikarishiga bevosita ta’sir ko’rsatmaydi. Lekin, u bu tarmokka ishlab chikarish munosabatlarining sub’ekti bo’lgan – inson orkali bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
O’zining turli ko’rinishlari bilan jismoniy tarbiya tizimi insonning barcha asosiy ijtimoiy faoliyatlarida ishtirok etadi. U insonning nafaqat harakatlarga bo’lgan biologik extiejini balkim ijtimoiy - shaxsni shakllantirishdagi, jamiyat munosabatlarini takomillashtirishdagi extiejini ham kondiradi.
Albatta, insonning jismoniy rivojlanishi biologik qonuniyatlarga mos ravishda, tabiiy holda ham amalga oshishi mumkin. Lekin, zamonaviy insonning harakat faollligi darajasi uning jismoniy imkoniyatlarini zarur darajada ta’minlash uchun etarli emas. O’zining sepesifik funktsiyalarini amalga oshirish bilan jismoniy tarbiya tizimi bilan insonlarning harakat faolligiga bo’lgan extiejlarini tulaligicha kondiradi va yukori sog’lik darajasini hamda ish qobiliyatini ta’minlaydi.
O’zining tarbiyaviy – pedagogik funktsiyalarini amalga oshirish bilan jismoniy tarbiya tizimi ahloqiy, nafosat, mehnat va intellektual rivojlanish vazifalarini hal qiladi. Shuning bilan birgalikda jamiyatning ijtimoiy, iktisodiy va ma’naviy xaeti bilan bog’liq barcha holatlar jismoniy tarbiya tizimining o’zida aksini topadi. Jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy rivojlanganlik darajasi qanchalik baland bo’lsa, uning fukarolari xaet tarzida jismoniy tarbiyaning ahamiyati shunchalik tularok namoen bo’ladi, jismoniy tarbiya maqsadlariga sarflanadigan milliy foyda xajmi shunchalik ko’p bo’ladi, insonlarning sogligi mustaxkamlanadi, umri o’zayadi.
Jismoniy tarbiyaning insonni har tomonlama rivojlantirish ishidagi muxim ahamiyatini to’g’ri anglagan xukumatimiz raxbariyati mustaqil likka erishgan dastlabki yillamizdanok bu masalalarga murojaat etib kelmokda. (1992,1993,1997,2000 yillarda qabul qilingan Qonun va karorlar).
Jismoniy tarbiya tizimi iktisodiy munosabatlarning rivojlangan tarmogi hisoblanadi. O’zining tashkiliy tuzilishiga ko’ra murakkab bo’lgan bu tizim kelib chiqishiga ko’ra turlicha bo’lgan moliyaviy va moddiy - texnik ta’minot maanbalariga ega: davlat byudjeti, jamoatchilik fondlari, kasaba uyushmalari tashkilotlarining mablaglari.
Huquqiy asoslar: O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimi o’zining faoliyatini tartiblashtirib turuvchi aniq normativ xujjatlarning xujjatlarning yig’indisiga asoslanadi. Bu xujjatlar turli xil yuridik kuchga ega. (Qonunlar, karorlar, ko’rsatmalar) Bo’larning ichida eng asosiy urini O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi egallaydi. Konstituttsiyada O’zbekiston fukarolarining jismoniy tarbiya bo’yicha huquqlari ko’rsatib utilgan. Bundan tashkari fukarolar jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi tashkilotlarning faoliyatlarini aniqlovchi bir qancha boshqa me’yoriy xujjatlar ham mavjud. (bolalar bogchasi,maktablar,kasb – xunar litseylari, oliy o’quv yurtlari va xakozo.)
Uslubiy asoslar: O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining uslubiy asoslari jismoniy tarbiyaning qonuniyatlaridan va ularga mos ravishda ta’lim va tarbiya tamoillarini amalga oshirish bo’yicha berilgan tavsiyalarda hamda axolining har bir ijtimoiy guruxi bilan o’tkaziladigan mashg’ulot shakllari,usullari va vositalarida ochib berilgan.
Uslubiy asoslarda O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimiga xos bo’lgan asosiy xususiyat- uning ilmiyligi namoen bo’ladi. dastlabki nazariy fikrlar va ularni amalga oshirish usullari fundamental fanlarga (falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, biologiya va xakozo) asoslanib ishlab chiqiladi.
Dasturiy-me’yoriy asoslar: O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining dasturiy – me’yoriy asoslari fukarolarning jismoniy ma’lumoti va rivojlanganligi darajasiga kuyiladigan uch bosqichli o’zaro bog’liq me’yoriy talablarda namoen bo’ladi:

  1. Jismoniy tarbiya bo’yicha yagona davlat dasturlari bolalar bogchasida, umumta’lim maktablarida, akademik va kasb – xunar litseylarida, oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladigan jismoniy tarbiyaning majburiy minimumini belgilab beradi. Bu dasturlarda jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va esh, jins va o’quv yurtining tipidan kelib chikkan holda jismoniy rivojlanganlik va jismoniy ma’lumot darajasiga kuyiladigan talablar keltirilgan.

  2. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test sinovlari o’quvchilar, talabalar, eshlar va katta eshdagilar axolining jismoniy tayergarligiga kuyiladigan dasturiy – me’yoriy talablarning asosi hisoblanadi. «Alpomish» testlari erkaklar uchun «Barchinoy»testlari xotin – kizlar uchun mo’ljallangan.

  3. Yagona sport klassifikatsiyasi O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimi dasturiy – me’yoriy asoslarining eng oliy yakuniy bosqichi hisoblanadi.

Bu klassifikatsiyada mamlakatdagi barcha sport tashkilotlari uchun sport razryadlari va unvonlarini berish bo’yicha bir xil bo’lgan koida va tamoillar berilgan.Yagona sport klassifikatsiyasining maqsadi sportni ommaviylashtirishga, sportchilarni har tomonlama tarbiyalashga, ularni tayerlash jarayonini sifatini oshirishga va shu asosida yukori sport natijalariga erishishga kumaklashishdir. Sport razryadlari va unvonlari faqat gina rasmiy musobaka koidalari va tavkimlariga ega bo’lgan sport turlari uchun urnatiladi.
Tashkiliy asoslar: O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari o’zida boshqaruvning davlat va jamoatchilik, kungilli shakllarining organiq birligini namoen qiladi. Bu birlik jismoniy tarbiya tizimining yagona maqsadiga, uning vazifalariga, tamoillariga va asoslariga tayanadi.
O’zbekiston fukarolari jismoniy tarbiyasini tashkil etishning ikki xil shakli mavjud:
A) davlat shakli;
B) kungilli – jamoatchilik shakli;
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning davlat shakli majburiy hisoblanadi. U tug’rukxonalarda, bolalar bogchasida, maktablarda, litseylarda, oliy o’quv yurtlarida, Qurolli kuchlar safida amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning kungilli - jamoatchilik shaklining asosiy xususiyati – u kungilli ravishda tashkil etiladi.

Nazorat savollari:



  1. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asoslari qaysilar?

  2. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining ijtimoiy – iktisodiy asosiga tavsif bering.

  3. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining dasturiy – me’yoriy asoslariga tavsif bering.

  4. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining huquqiy asoslari qanday xujjatlari berilgan?

  5. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining uslubiy asoslariga tavsif bering.

  6. Jismoniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari qaysilar?


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling