Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi


Download 1.03 Mb.
bet2/162
Sana12.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1700031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Bog'liq
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс

MA‘RUZA MATERIALLARI



1-mavzu

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari



Reja:
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotiga kirish
2. Jismoniy tarbiya nazariyasi predmeti, uning vazifalari va mazmuni.
3. Fannning asosiy tushunchalarining ta’rifi.


Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
Jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiya uslubiyoti, jismoniy tarbiya nazariyasi predmeti, jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy kamolot, sport, jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya tizimi.


Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining paydo bo’lish manbalari va rivojlanish bosqichlari.
1-savol bo’yicha darsning maqsadi:
Jamiyatda jismoniy tarbiya va sportning tutgan o’rni haqida talabalarga tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Jismoniy tarbiya va sportning mohiyatini ochib beradi.
2. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga e’tibor haqida gapirib beradi.
3. O’qituvchilik kasbi va uning sog’lom avlod tarbiyasi jarayonidagi o’rni haqida gapirib beradi.


1 – asosiy savolning bayoni:
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi-5112000 “Jismoniy madaniyat” yo’nalishi Davlat ta’lim standarti va o’quv rejasida o’zining mustahkam o’rniga ega fandir.Jismoniy madaniyat madaniyat nazariyasi va metodikasi jismoniy madaniyat va sport sohasida professional faoliyat olib borish uchun zamin yaratadigan fundamental bilimlar tizimini shakllantiruvchi kasbga yo’naltirilgan o’quv fani hisoblanadi.

Fanning maqsadi: talabalarni professional faoliyatning samarali usullari va priyomlari to’g’risidagi zarur nazariy va uslubiy bilimlar bilan qurollantirish,ushbu faoliyat davomida ta’limiy,tarbiyaviy va sog’lomlashtiruvchi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish asoslarini ochib berishdan iborat.


Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani quyidagi 4 ta bo’limdan iborat:

  1. Jismoniy madaniyat va sport nazariyasining umumiy tavsifi.

  2. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining mazmuni va metodikasi.

  3. Turli yosh davrlarida jismoniy madaniyat bilan shug’ullanishning o’ziga xos xususiyatlari.

  4. Sport nazariyasi.

Birinchi bo’limda jismoniy madaniyat va sport nazariyasiningxususiyatlari, ilmiy va o’quv fani sifatida uning “Jismoniy madaniyat”mutaxassisligi fanlari orasida tutgan o’rni ochib beriladi.Jismoniy madaniyat va sport nazariyasining asosiy tushunchalariga tavsif beriladi va ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlar to’g’risida dastlabki ma’lumotlar beriladi.Alohida mavzularda jismoniy madaniyatning ijtimoiy aspektlari va O’zbekiston jismoniy madaniyat tizimiga tavsif berilgan.
Ikkinchi bo’limda jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining masalalari yoritib berilgan.Jismoniy tarbiya tamoillari,vositalari va metodlari,mashg’ulot shakllari,harakatlarga o’rgatish nazariyasi va metodikasining asoslari ochib berilgan.
Uchinchi bo’lim shug’ullanuvchilarning yosh va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tashkil qilish muammolariga bag’ishlangan.
Sport nazariyasi bo’limida sportning umumiy tavsifi,sport trenirovkasi asoslari,sportchini tayyorlash tizimida rejalashtirish va kompleks nazorat masalalari yoritilgan.
Ushbu fanni o’rganishda L.P.Matveev, A.D.Novikov, V.M.Zatsiorskiy, V.N.Platonov, B.A.Ashmarin, A.A.Abdullaev, Sh.X.Xonkeldiev, Yu.M.Yunusova,K.Mahkamjonovlarning darslik va o’quv qo’llanmalaridan foydalaniladi.

Nazorat savollari:



  1. Mustaqillikka erishilgandan so’ng O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport to’g’risida qanday Qonun va karorlar qabul qilindi?

  2. Tarbiya qanday jarayon?

  3. Zamonaviy o’qituvchi qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak?



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling