1-bob bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Jismoniy tarbiya nazariyasining predmeti


Download 72.31 Kb.
bet1/39
Sana24.12.2022
Hajmi72.31 Kb.
#1058944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
1-мавзу Болалар ЖТ


1-BOB BOLALAR JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI.


Jismoniy tarbiya nazariyasining predmeti

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya­lash nazariyasi fani bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy k,onuniyatlaridan bilim beruvchi fan bo‘lib, bola shaxsining shakllanishi va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o‘rgana borib, umumiy jismoniy tarbiya nazariyasiningg‘oyaviy va metodologik asoslaridan kelib chiqadi va uning muhum tarmokdaridan biri hisoblanadi. Bu fan bolalar jismoniy barkamolligini, xar tomonlama taraqqiy etgan yuksak madaniyat va axloqiy tarbiyalash bo‘yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda ko‘rishni belgilaydi. Shuningdek, amaliy fan tarbiyachisini (o‘qituvchisini) bolalar jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to‘g‘risidagi maxsus bilimlar bilan qurollantiradi, maxsus va tegishli harakat ko‘nikmasi hamda malakalarni shakllantiradi.


Jismoniy tarbiya nazariyasidagi asosiy tushunchalar;
1. Jismoniy rivojlanish.
2. Jismoniy tayyorligi.
3. Jismoniy kamolot.
4. Jismoniy tarbiya.
5. Jismoniy tayyorgarlik.
6. Jismoniy ta’lim.
7. Jismoniy mashqlar.
8. Harakat faoliyati.
9. Sport.
10. Jismoniy madaniyat.
11. Jismoniy harakatlar.

Jismoniy rivojlanish – bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo‘llanilganda, u antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, qaddi-qomatining holati) va boshqalar. «Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo‘llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko‘z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.


Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko‘rsatkichidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan. Ular «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturida ko‘rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot – bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog‘liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir.
«Jismoniy kamolot» o‘sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o‘sishiga qarab o‘zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo‘nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U aniq kasb xususiyatiga ko‘ra o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o‘tkazish metodikasining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy ta’lim – jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar – harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi.
Sport – bu musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatdir.
Jismoniy madaniyat – umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir.
Moddiy boyliklarga sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal, kiradi, shuningdek kishilarning jismoniy kamolot darajasi ham kiradi.
Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) mansub.
Jismoniy harakat – ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini ko‘zda tutadi.



Download 72.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling