Ehtimollar nazariyasining predmeti


Download 69.93 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi69.93 Kb.
#1020540
  1   2   3   4
Bog'liq
7-maruza


ʻʻMavzu: Ehtimollar nazariyasining predmeti.Tasodifiy hodisalarning turlari. Ehtimolning klassik ta’rifi. Kombinatorikaning asosiy formulalari.

REJA

  1. Ehtimollar nazariyasining predmeti.

  2. Tasodifiy hodisa .Tasodifiy hodisalarning turlari.

  3. Ehtimolning klassik ta’rifi .

  4. Nisbiy chastota

  5. Kombinatorika elementlari.


Ehtimollar nazariyasining predmeti
Ehtimollar nazariyasining predmeti. Biz kuzatiladigan hodisalarni (voqealarni) quyidagi uch turga ajratish mumkin: muqarrar, ro‘y bermaydigan va tasodifiy hodisalar.
Muqarrar hodisa deb tayin shartlar to‘plami S bajarilganda albatta ro‘y beradigan hodisalarga aytiladi.
Mumkin bo‘lmagan hodisa deb shartlar to‘plami S bajarilganda mutlaqo ro‘y bermaydigan hodisaga aytiladi.
Tasodifiy hodisa deb shartlar to‘plami S bajarilganda ro‘y berishi ham, ro‘y bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisaga aytiladi.
Agar bir xil shartlar to‘plami S bajarilganda ko‘p karra kuzatilishi mumkin bo‘lgan hodisalar qaraladigan bo‘lsa, ya’niy ommaviy bir jinsli hodisalar haqida gap boradigan bo‘lsa, u holdaish boshqacha bo‘ladi. Yetarlicha ko‘p sondagi bir jinsli tasodifiy hodisalar o‘zlarining konkret tabiatlaridan qat’i nazar tayin qonuniyatlarga, chunonchi ehtimoliy qonuniyatlarga bo‘ysunar ekan, ehtimollar nazariyasi ana shu qonuniyatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Shunday qilib, ehtimollar nazariyasining predmeti ommaviy bir jinsli tasodifiy hodisalarning ehtimoliy qonuniyatlarini o‘rganishdir.
Ehtimollar nazariyasi metodlari tabiatshunoslik va texnikaning turli sohalari: ishonchlilik nazariyasi, ommaviy hizmat ko‘rsatish nazariyasi, nazariy fizika, geodeziya, astronomiya, otish nazariyasi, kuzatish xatoliklari nazariyasi, avtomatik boshqarish nazariyasi, umumiy aliqa nazariyasida va boshqa ko‘p nazariy va tatbiqiy fanlarda qo‘llaniladi.
So‘ngi yillarda ehtimollar nazariyasi metodlari fan va texnikaning turli sohalariga keng kirib bormoqda va ularning taraqqiyotiga yordam bermoqda.

Download 69.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling